K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YONILG‘I, 
SURKOV MATERIALLARI VA MAXSUS
SUYUQLIKLARNING ISHLATILISHINI
OQILONA TASHKIL QILISH
8. 1. 
Avtomobil transportida yonilg‘i va surkov
materiallarining ishlatilishini tashkil qilish
Avtomobil transporti suyuq yonilg‘ilarning asosiy iste’molchisi 
hisoblanadi. Avtomobil transportida barcha turdagi transportlarda 
ishlatiladigan energiya resurslarining yarmidan ortig‘i ishlatiladi. 
Avtomobil transportida ishlatiladigan energiya resurslarining so-
lishtirma sarfi temir yo‘l transportiga nibatan 19 barobar, daryo 
transportiga nisbatan esa 14 barobar ortiq. 
So‘nggi yillarda avtomobil parkining o‘sishi yonilg‘i va bosh-
qa neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni yana-da ortib ketishiga 
sabab bo‘ldi. Shuning uchun ATKlarda neft mahsulotlarini tejash 
bo‘yicha zarur chora­tadbirlarni (neft mahsulotlari sarfini qat’iy hi
-
sobga olish, ish turlari bo‘yicha haqiqiy yonilg‘i sarfini tahlil qilish, 
saqlashni oqilona tashkil etish, yonilg‘i va moylash materiallarini 
quyishni mexanizatsiyalashtirish, avtomobillarga yuqori sifatli xiz-
mat ko‘rsatish) qo‘llash dolzarb masalalardandir. 
Yonilg‘i-moylash materiallarini oqilona ishlatish, ularning isrof-
garchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik ko‘p jihatdan tashkiliy tizimlar va 
ATKdagi yonilg‘i-energetika resurslari bo‘limining (guruhi) faoli-
yatiga bevosita bog‘liq. 
Transport boshqarmalarida va ATKlarda yonilg‘i-energetika 
resurslaridan foydalanish xizmati faoliyat ko‘rsatadi, bu xizmat 
asosini bo‘lim yoki guruhlar tashkil etadi. ATKdagi avtomobil-
lar soni 300 tadan ortiq bo‘lganida, mustaqil faoliyat ko‘rsatuv-
chi yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi tashkil 
etiladi. Avtomobillar soni 300 tadan kam bo‘lganida esa, ishlab 


190
chiqarish-texnika bo‘limi tarkibiga kiruvchi yonilg‘i-energetika 
resurslaridan foydalanish guruhi tashkil etiladi. Bu bo‘lim (gu-
ruh) boshlig‘iga yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ma-
salalari bo‘yicha korxonadagi barcha haydovchilar, ta’mirlovchi 
ishchilar va boshqa xodimlar bo‘ysunadi. 
Yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi o‘z faoli-
yatini ATKni neft mahsulotlari, gaz, qattiq yoqilg‘i va elektr en-
ergiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ya’ni neft bazalari, avto-
mobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, ko‘mir omborlari, gaz 
to‘ldirish shohobchalari, elektr tarmog‘i tashkilotlari bilan hamkor-
likda tashkil etadi. 
– bo‘lim (guruh)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– korxona talabiga binoan yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘l-
gan ehtiyojni rejalashtirish, ularni qabul qilish, saqlash va tar qa tish;
–yonilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil 
etish, ularning sifatini nazorat qilish;
– yonilg‘i­energetika resurslari sarflanishini hisobga olish va bu 
bo‘yicha hisobot yuritishni tashkil etish;
– ishlatilgan moylarni to‘plash va saqlash, ularni tozalashga 
topshirish yoki ulardan samarali foydalanishni (utilizatsiya qilish) 
tashkil etish. 
Bo‘lim (guruh) yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, 
o‘zining funksional majburiyatlarini yonilg‘i-energetika resurslari-
dan foydalanish bo‘yicha Nizom asosida tashkil etadi. 
8. 2.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish