R efak siya
- tovaming narxi yoki og'irligidan uning buzilgan yoki
kamaygani uchun chegirma qilish.
Stagnatsiya
- iqtisodiyotda turg'unlikni anglatadi.
Stagflyatsiya
- iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda turg'unlik va
pulning qadrsizlanishi birgalikda hukm suradi.
Sug'urta
- kutilmagan sharoitlar yoki tavakkalchilikdan ko'rilgan
zarami qisman yoki to'liq qoplash, muhofaza qilish choralari.
Tadbirkor
- yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan
doimiy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxs.
Tadbirkorlik
- mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida
tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatish.
Tant’ema
- savdo, sanoat, bank, aksionerlar tashkilotlari foydasidan
bu tashkilotlaming boshqaruv xodimlariga to'lanadigan qo'shim cha
mukofot.
Tarif
- biror ish, xizmat uchun rasmiy hamda belgilangan to'lov.
Tashqi savdo balansi
- m a’lum davr (oy, chorak, yil) davomida
mamlakatga keltiriladigan va undan chiqariladigan tovariar qiymati
o'rtasidagi nisbat.
Tender
- birjada savdo o'tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish
tartibi savdoni o'tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
To'lov valyutasi
- tomonlarning kelishuvi bilan tovarlaming tashqi
savdo aloqalarida haqini to'lash yoki xalqaro kreditni qaytarishda
ishlatiladigan valyuta.
To'lovga qodirlik
- yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy
majburiyatlarini o 'z vaqtida bajara olish imkoniyati.
To'lov topshirig'i
- korxona, firma, tashkilotning unga xizmat
qiladigan o 'z schetidan mablag' o'tkazish zarurligi haqidagi topshirig'i.
Faktoring
- moliya-tijorat xizmatining turi bo'lib, bunda bank yoki
boshqa
moliya
tashkilotlari
xarid
qiluvchi
korxona
qarzlarini,
majburiyatlarni o'ziga oladi.
Fermer xo'jaligi
- o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan er
uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo'jaligi a’zolarining birgalikdagi
faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo'jalik
yurituvchi subyekt.
Firma
- ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik
faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Fondlarning aylanishi
- moddiy ashyoviy omillar qiymatining
ishlab chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayoni.
Xolding kompaniya
- mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan
hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital
- tadbirkoming eng muhim va hal etuvchi
ahamiyatga ega sarmoyasi.
Xalqaro Bazelb qo'mitasi
- rivojlangan mamlakatlar markaziy
banklari rahbarlari tomonidan 1974-yilda tashkil etilgan tashkilot. Uning
doirasida xalqaro bank faoliyatini tartibga solish muammolari muhokama
qilinadi. 1975-yilda qo'mita tomonidan Bazelb kelishuvi ishlab chiqilgan.
Keyinchalik Bazelb qo'mitasi bank faoliyati m e’yorlari bo'yicha xalqaro
tavsiyalar ishlab chiqa boshladi.
Xalqaro moliya tashkilotlari
- davlatlar o'rtasidagi valyuta va
moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlaming iqtisodiy
rivojlanishiga ko'maklashish, kredit ko'rinishida yordam berish maqsadida
davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlar. Bunday
tashkilotlar qatoriga Xalqaro hisoblashuvlar banki, Xalqaro valyuta fondi,
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assouiauiyasi,
Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa
investitsiya banki, mintaqaviy xalqaro rivojlanish banklari va boshqalarni
kiritish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
- ikki turdagi ishtirokchilari bevosita
davlatlardan iborat hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab
chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va firmalar, ilmiy jamiyatlar va
boshqalar kiruvchi nohukumat tashkilotlari.
Xalqaro valyuta jamg'armasi
- xalqaro savdo va valyuta
hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko'rsatish maqsadida 1944-yilda tashkil
etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jam g'aram asi
a ’zo davlatlar o'rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish
va ularga to'lov balansining kamomadi bilan bog'liq valyutaviy
qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar
berish yo'li bilan moliyaviy yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan
hukumatlararo tashkilot. XVJ o 'z amaliy faoliyatini 1947-yil 1 martdan
boshlagan.
Xususiy firma
- ayrim shaxs yoki oilaga tegishli yakka xususiy
mulkka asoslanib faoliyat yurituvchi korxona.
SHirkat firma
- bir necha tadbiroklaming o'zaro mulkiy birlashuvi
va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko'rishga asoslangan
sherikchilik korxonasi.
Erkin iqtisodiy zonalar
- qo'shma sohibkorlik hududlari, xorij
kapitalinig erkin amal qilishi uchun ajratilgan maxsus hudud.
Erkin savdo zonasi
- m a’lum bir hududlami iqtisodiy o 'z ichiga
olgan, boj to'lovlaridan ozod qilingan savdo hududi.
Qarz-kredit kapitali
- bank, budjet, moliya muassasalari yoki
boshqa korxonalarlan olinadigan kreditlar, chiqariladigan obligatsiyalar
evaziga shakllanadi.
Qo'shma kapital
- tezda jalb etilgan resurslar bo'lib, u asosan
aksiyalarni sotish, pay va kirish badallarini to'plash, korxonalarni
birlashtirish natijasida aktivlaming ko'payishi evaziga shakllanadi.
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т.: O'zbekiston, 2009.
-40b.
2. "Tadbirkorlik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. - Т.:
O'zbekiston, 1991.
3. "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish
to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. - Т.: O'zbekiston, 1995.
4.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni.
Ta’lim
muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish
borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 2010-yil 28-iyul.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Monopoliyaga
qarshi ishlami tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. 2010-yil 26-fevral, PF-4191-
son.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. «Barkamol avlod
yili» Davlat dasturi to'g'risida. 2010-yil 27-yanvar.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Mamlakatimizda
nooziq-ovq at iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni
rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 2009-yil 28-
yanvar, PQ-1050-son.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Oziq-ovqat
tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirishga doir
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 2009-yil 26-yanvar, PQ-1047-son.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyotning
real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini
ta ’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi
to'g'risida. 2008-yil 28-noyabr, PF-4058-son.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Tadbirkorlik
subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida. 2005-yil 14-iyun, PF-3619-son.
11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Mikrofirmalar
va kichik korxonalarni rivojlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida. 2005-yil 20-iyun, PF-3620-son.
12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Tadbirkorlik
subyektlarining xo'jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy
javobgarligini erkinlashtirish to'g'risida. 2005-yil 24-iyun, PF-3622-son.
13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Tadbirkorlik
subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish
va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish
to'g'risida. 2005-yil 15-iyun, PQ-100-son.
14. O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.
Bozomi iste’mol tovarlari bilan to'ldirishni rag'batlantirish hamda ishlab
chiqaruvchilar
va
savdo
tashkilotlarining
o'zaro
munosabatlarini
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. 2002-yil 13-noyabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |