K I r I sh : Xalqaro tashkilotlar



Download 98,91 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi98,91 Kb.
#256230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O'zbekistonning MDH tashkilotidagi ishtiroki va hamkorligi

Uchinchidan, O'zbekiston MDHga a'zo davlatlar bilan o'zaro ikki taraf uchun ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor va o'z tashqi siyosatida shunga intilib kelayapti. MDHga a'zo ko'p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib borilyapti.

O'zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlarning o'z mustaqilligini mustahkamlash yo'lidagi intilishlarini qo'llab-quvvatlamoqda va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar o'rtasidagi har taraflama hamkorlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. O'zbekiston barcha mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ularning chegaralari dahlsizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga o'sha mamlakatlarning ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqari, u MDHga a'zo ikki davlat o'rtasidagi munosabatlardan chetga chiqadigan masalalarni MDH miqyosida ko'rib chiqish tarafdori. O'zbekistonning yana bir nuqtai nazari shundan iboratki, MDH ichida hech bir davlatning quli baland kelishiga yo'l quymaslik kerak. Bu O'zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat'iy yo'li, O'zbekiston halqining hohish-irodasi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining vujudga kelishi tabiiy va ayni chog'da tarihiy hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suverenitetini saqlagan holda yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, urgimchak inidek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng huquqli hamkorlik sifatida jahon bozori me'yorlari va qonun-qoidalari bo'yicha hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan olgan haqiqatga tayangan mezon bo'lib qolmog'i kerak.

Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imtiyozlarga erishishni orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil davlatlar hamkorligi tamoyillaridan chekinish, o'zlariga ko'proq va kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog'i, katta og'achilik singari yaqin o'tmishdagi nufuzlarni yo'lga quyishga intilishlar bo'ldi. Bularga erishishning turli-tuman yo'llarini izlash. Jumladan, mustaqillikning endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning ayrim siyosatdonlari ikki fuqarolik muammosini kutarib chiqdilar. Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda rus millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o'z mamlakati qatorida Rossiya fuqaroligi ham berilishi zarur emish. Vaholanki, jahon davlatchiligi tarihi, halqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani kurmagan. Bu bevosita ma'lum bir davlat mustaqilligini mensimaslik, uning Konstitusiyasini tan olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga aralashish hamda millarlararo nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas. Bahtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mavjud iqtisodiy tanglik va yuz berayotgan qiyinchiliklarni osonlik bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik singari betayin siyosatni ochiqdan-ochiq qo'llab-quvvatladilar. Jumladan, Qirg'iziston va Qozog'iston shu yo'l bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni bartaraf etmoqchi bo'ldilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og'ir va ayanchligini aniq his qilgan Islom Karimov bunday g'oya asossiz va bir hovuch siyosiy luttibozlarning nayranglari ekanligini aytib, “Agar fuqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga millatiga qarab turli hil huquqiy maqom berilsa, bu ohir-oqibatda jamiyat barqarorligining buzilishiga kelib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir”, - deb masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham ma'naviy-ruhiy jihatlarini lunda qilib ochib berdi. U O'zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan 1993 yil 6 dekabrda bo'lib o'tgan tantanali yigilishda hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida so'zlagan nutqlarida ham o'z munosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u “Ikki davlat fuqarosi qaysi Vatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o'z mehrini, sadoqatini, vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi mamlakatga jonini ham fido etmoqqa tayyor bo'lishi kerak? Eng yahshisi – O'zbekistonda yashayotgan fuarolar o'zlarining naslu nasabi, irqi, millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar teng huquqli bo'lishi kerak”, - dedi Islom Karimov.

Bu O'zbekistonning qat'iy siyosatidan, hamdo'stlik doirasidagi qat'iy faoliyatidan dalolat beradi. O'zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridanoq teng huquqli hamkorlik yo'lini tutdi va bu yo'lda qat'iy turdi.

Vaqt o'tgan sari turli hildagi integrasiya tarafdorlari ham paydo bo'lishdi, integrasiya “uyinlari” avj oldi. Ba'zi davlatlar Yevroosiyo ittifoqini tuzish tashabbusi bilan chiqishdi. Bu ittifoqda yagona bozor, yagona pul birligi, yagona til, ularning huquqiy ehtiyojlarini himoya qiladigan yagona konstitusiya va ittifoqqa a'zo mamlakatlarning ishlab chiqarishni muvofiqlashtirib turuvchi ijro organi – Vazirlar Kengashi joriy etilishini o'rtaga tashlashdi. Bu sobiq SSSRning aynan yangi shaklda dunyoga kelishining o'zi edi. Ana shunday siyosiy nayranglar va turli-tuman shovqin-suron paytida ham O'zbekistonning qat'iy so'zi, qat'iy irodasi namoyon bo'lib turdi.



1996 yil 15 mart kuni Rossiya Davlat Dumasi kommunistlar tashabbusi bilan 1991 yil 8 dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorus davlatlarning Belovejskaya Pushada SSSRni tarqatish va uning o'rnida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini tashkil etish to'g'risidagi bayonotini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qildi. Ana shu qaror qabul qilinishi bilanoq huddi shu kuni O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Kengashining kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi. Unda Oliy Majlis rahbariyati, qumitalarning raislari, deputatlar fraksiyalari, siyosiy partiyalar va harakatlarning rahbarlari ishtirok etdilar. Majlisda Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasining sobiq SSSRni qayta tiklash to'g'risidagi qaroriga keskin munosabat bildirildi. Ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.


Download 98,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish