K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Alyuminiy        
Qadimgi  Rimliklar  achchiqtoshni  alumen  deb  nomlashgan.  Attorlar  hozir  ham 
bozorlarda sotadigan ushbu achchiqtosh aslida mineral bo‘lib, uning tarkibi KAl(SO
4
)
2
.12H
2
O) 
ko‘rinishida  bo‘ladi.  Ajdodlarimiz  bu  mineralni  yara-chaqalarni  davolashda,  ayniqsa  og‘iz 
bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan yaralarni tuzatishda ishlatishgan. Haqiqatan ham, achchiqtosh 
og‘izdagi  yarani  tez  tuzatadi  va  shu  sababli  ham,  uni  og‘izdagi  yaraga  qo‘yilganda,  uning 
achchiq ta’mi bilinadi. Rimliklar esa undan mato bo‘yashda ham foydalanishgan. Taxminlarga 
ko‘ra, lotinchadagi ushbu alumen nomi ham, o‘z navbatida, yunoncha alme so‘zidan yasalgan 
bo‘lishi mumkin. Bu so‘z esa qadimgi yunonlarda namakobni, ya’ni, sho‘r suvni ifodalagan. 
Alyuminiyni  ingliz  tilida  ikki  xil  ifodalanishi  ham  qiziq.  Britan  orollarida  bu  element 
aluminium deb yoziladi va o‘qiladi. AQSH va uning ta’siridagi ingliz tilli mamlakatlarda esa, 
bu aluminum tarzida ifodalanadi.   
Lantan        
1794-yilda  Finlyandiyalik  kimyogar  Yuxan  Gadolin  serit  mineralidan  yangi  «ittriyli 
yer» aniqlagan edi. 1803-yilda esa, aynan o‘sha mineralning o‘zidan Yens Yakob Berselius 
hamda, Vilgelm Xeyzinger birgalikda, yana bir «yer»ni kashf qilishdi va unga «seriyli yer» 
deb  nom  berishdi.  Ushbu  «yer»lardan  keyinchalik  yana  qator  siyrak  yer  elementlarining 
oksidlari aniqlandi. Shunday siyrak yer elementlaridan birini 1839-yilda ochilgan edi va unga 
Berseliusning  taklifiga  binoan  «lantan»  deb  nom  berilgan.  Yunonchada  «lanthano»  - 
«yashirinmoq», «pinhon» kabi ma’nolarni anglatadi. Bunday nom tanlanishiga sabab, ushbu 
element o‘n yillar mobaynida kimyogarlar ko‘zidan panada, yashirin qolib kelgani bo‘lgan.  


61 
 
Kremniy        
Mazkur  element  nomi  o‘zbek  tiliga  rus  tilidan  kirib  kelgan.  Uning  ma’nosi  qadimgi 
slavyan tilidagi «kremen» - ya’ni, «qattiq tosh» degan so‘zdan yasalgan. Elementning jahon 
tillarida keng tarqalgan xalqaro nomi – «Silicium»ning ma’nosining kelib chiqishi ham xuddi 
shunday.  Qadimgi  lotinchada  «tosh»,  hamda,  «qoya»  ma’nosini  beruvchi  silex  so‘zi, 
kremniyning  zamonaviy  Yevropa  tillaridagi  nomlanishi  uchun  ildiz  bo‘lgan.  Silikagel, 
silikatlar, silikon va boshqa ko‘plab shunday o‘zakli atamalarning ildizi ham aynan shu bilan 
bog‘liq.  Inglizlar  kremniyni  silicon  deb  yuritishadi.  Shu  o‘rinda,  kimyoga  oid  ilmiy 
tarjimalarda xushyor bo‘lishni talab qiluvchi  bir jihat  mavjud.  Inglizcha matnlarda  silicon – 
aynan kremniy elementi va uni kremniy deb tarjima qilish zarur. Agar uni silikon deb tarjima 
qilinsa,  professional  kimyogar  butunlay  boshqa  moddani  tushunadi.  Chunki,  inglizchada 
silicone  tariqasida  yoziladigan  va  biz  taraflarda  silikon  deb  yuritiladigan  modda  –  tarkibida 
kremniy  bo‘lgan  polimer  birikmadir.  Bunday  silikonlar  moylar,  kauchuklar,  smolalar  va 
implantlar tarkibida mavjud bo‘ladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish