XY –bob. AUDITNING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
15.1.Auditning huquqiy asoslari
Audit, oldingi bobda aytib o‘tganimizdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan tizim. Bu ham ichki, ham tashqi auditga taalluqlidir.
Ichki auditning huquqiy-me’yoriy asoslari respublikamizda «Korxonalar to‘g‘risida Qonun», «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonun» hamda boshqa Qonunlar va me’yoriy hujjatlarda belgilangan. Ushbu Qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq xo‘jalik
-
yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari
|
ichki auditga doir
|
hujjatlarni ishlab chiqishlari va
|
ularga amal qilishlari lozim.
|
|
|
Tashqi auditning huquqiy –me’yoriy asoslari respublikamizda yuqorida keltirilgan
|
qonunlardan tashqari «Auditorlik
|
faoliyati to‘g‘risida
|
Qonun», hukumat qarorlari,
|
auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan.
29 ta moddadan iborat «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» auditning mohiyatini, uning turlari, maqsadi va vazifalarini, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning statusini, ya’ni ularni tuzish va yopish tartibini, auditorlik faoliyatini litsenziyalash, litsenziyalarni to‘xtatish va bekor qilish tartibini, auditorlik tashkilotlarining, shuningdek auditorlar va ularning yordamchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, auditorlik tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibini belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Qonunga muvofiq tashqi audit respublikamizda faqatgina maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlari
qonunlarga asosan faqat jismoniy shaxslar tomonidan xususiy korxonalar va kompaniyalar statusida (ma’suliyati cheklangan jamiyat, firma, yopiq aksionerlik jamiyati ko‘rinishlarida) tashkil etiladi. Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ta’sischiligida auditorlik tashkilotlarini tuzish qat’iyan man etiladi.
Auditorlik tashkilotlarini tuzishda, shuningdek ular faoliyatini litsenziyalashda ma’lum tartiblarga amal qilinadi, jumladan Qonunning 5-moddasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» 365-son qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori ta’sis etish sanasida eng kam ish haqining kamida 1200 barobariga teng bo‘lishi kerak;
ushbu ustav kapitalining eng kamida 51 foizi bitta yoki bir nechta auditorlarga tegishli bo‘lishi kerak;
auditorlik tashkilotining shtati kamida ikkita auditordan tashkil topishi lozim;
auditorlik tashkilotining rahbari albatta auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitalini shakllantirish muddati boshqa yuridik shaxslar singari tashkil etilgan kundan boshlab bir yil hisoblanadi. Ushbu muddatda o‘z ustav kapitalini shakllantirmagan auditorlik tashkilotlari yuridik statusga ega bo‘lmaydilar va qonun hujjatlariga muvofiq yopilishi lozim.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati bilan faqatgina litsenziya olgan kundan boshlab shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Litsenziya olgan kungacha o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvi qonuniy hisoblanmaydi, ushbu tartibga amal qilmagan auditorlik
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
247
tashkilotlarining faoliyati Moliya Vazirligining buyrug‘i bilan to‘xtatiladi, tegishli holda uning litsenziyasi bekor qilinadi.
Qonunga va Nizomga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Olingan litsenziya faqat besh yil muddatda kuchga ega. Ushbu muddat tugagach auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini faqatgina yangi litsenziya olgan kundan boshlab davom ettirishi mumkin.
Qonun auditorlik tashkilotlarining xodimlari statusini belgilab beruvchi asosiy hujjatdir. Bunday xodimlar bo‘lib auditorlar, auditorlarning yordamchilari hisoblanadi. Qonunga muvofiq (3,4-moddalar):
auditor – bu kvalifikatsion sertifikatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Bunday kvalifikatsion sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq maxsus kurslarni bitirgan va malaka sertifikati uchun ushbu vazirlikning buyrug‘i bilan tasdiqlangan davlat attestatsiyasi komissiyasiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |