Foyda (daromad) solig‘i ( Nf) summasi korxonaning soliqga tortiladigan foydasi summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirib va 100% ga bo‘lish bilan topiladi, ya’ni:
Nf = Stf *Sm : 100%
Infrastrukturani rivojlantirish solig‘i (Ninf) summasini topish uchun soliqgacha foyda summasidan ( Sft) foyda solig‘i summasi (Nf) chegiriladi, topilgan summa ushbu soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytiriladi va 100% ga bo‘linadi, ya’ni:
Ninf = (Sft –Nf ) *Sm : 100%
Korxona soliq to‘lashning ixchamlashtirilgan tizimida (yagona soliq, yalpi tushumdan yagona soliq ) ishlayotgan bo‘lgan hollarda ushbu soliqlarning summasi Soliq Kodeksi va harakatdagi yo‘riqnomalarga muvofiq yalpi tushum (yalpi daromad) summasini ushbu soliqlarning belgilangan me’yorlariga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Yil oxirida 9800-schyotning debetida to‘plangan soliq to‘lovlarining summalari uning kreditida va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotining debetida aks ettiriladi va shu asosda foydaning ishlatilishi hisobi schyotlari yopiladi.
12.4.Hisobot yilining sof foydasi (zararlari) va ularni taqsimlanishining hisobi
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotiga foydani ishlatilishi hisobi schyotini, ya’ni 9800 –schyotni, yopilishi bilan korxonaning hisobot yil yakuni bo‘yicha sof foydasi (qoplanmagan zarari)ni aniqlash imkoni bo‘ladi. Buning uchun 9900 –schyotning debet va kredit oboroti taqqoslanadi. Ushbu schyotning kredit oborotini debet oborotdan katta bo‘lishi korxonaning sof foydasini, kredit oborotdan debet oborotini katta bo‘lishi korxonaning qoplanmagan sof zararini bildiradi.
Aniqlangan sof foyda summasi 9900 –schyotning debetiga va 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotining kreditiga o‘tqaziladi. Yil yakuni bo‘yicha zarar bilan chiqilgan bo‘lsa, ushbu zarar summasi 9900-schyotning kreditiga va 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotining debetiga o‘tqaziladi. Ushbu yozuv bilan 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyoti to‘lig‘icha yopiladi.
Hisobot yili oxirida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) “ schyotida aks ettirilgan sof foyda (qoplanmagan zarar) taqsimlanishi yoki taqsimlanmay qolishi mumkin. Bunday taqsimotni amalga oshirish korxonaning mulkiy va tashkiliy shakliga bevosita bog‘liq hisoblanadi.
O‘rtoqchilik jamiyatlarida, masalan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xususiy korxonalarda, ularning ustavi va ta’sis shartnomalari talablaridan kelib chiqgan holda hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) ta’sischilar yig‘ilishining qaroriga asosan taqsimlanishi yoki taqsimlanmasdan korxona ixtiyorida jamlangan foyda (qoplanmagan zarar) hisobiga qoldirilishi mumkin. Bu tipdagi
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
200
korxonalarda ta’sischilar yig‘ilishi qaroriga asosan hisobot yilning sof foydasini
taqsimlash quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Ta’sischilarga dividend (foiz) ko‘rinishida bo‘lingan sof foyda summasiga Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari) “
Do'stlaringiz bilan baham: |