«Audit asoslari» nomli uchinchi bo‘limda auditning mohiyati, turlari, maqsadi, vazifalari, auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, aditorlarning ishchi hujjatlari, auditda qo‘llaniladigan usul va
uslublarning mohiyati ochib berilgan. Ushbu bo‘limda auditni rejalashtirish va tashkil qilish bosqichlari, uni o‘tqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, balans moddalarining realligini auditorlik tekshiruvidan o‘tqazish ketma-ketligi, ular bo‘yicha auditorlarning mumkin bo‘lgan xatarlari, audit tekshiruvi natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish tartiblari ko‘rsatib berilgan.
O‘quv qo‘llanmadan joy olgan har bir bobda unga kiritilgan mavzular bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun test savol-javoblari berilgan. Mavzularni yoritishda talabaga eslab qolishga o‘ng‘ay va oson bo‘lishligi uchun tasniflashlar, baholash usullari, amaliy misollar va hujjatlar chizmalar, jadvallar va ilovalar ko‘rinishida keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bobida mavzularni chuqur o‘rganish uchun me’yoriy hujjatlar va maxsus davriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni Samarqand shaxri, Amir Temur ko‘chasi, 9-uyga yuborishlaringizni so‘rayman.
Muallif
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
6
1-BO‘LIM
BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI
1-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI
1.1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o‘rni
Har qanday jamiyatni rivojlanishi uni boshqarishni taqozo etadi. Boshqarish, o‘z navbatida, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar, xo‘jalik faoliyatini olib borayotgan sub’ektlarning mablag‘lari, ularni tashkil etish manbalari, erishayotgan natijalari va boshqa jihatlari to‘g‘risidagi axborotlarni mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday axborotlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi vosita bo‘lib xo‘jalik hisobi hisoblanadi.
Xo‘jalik hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, «xo‘jalik» va «hisob» so‘zlari yotadi. «Xo‘jalik» deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va
ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar bo‘lib bir butun mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‘jaliklari kiradi.
«Hisob» - bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‘lib, bu axborotlarni aniq, to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi.
Shunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan «xo‘jalik hisobi» xalq xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir.
Xo‘jalik hisobini u yoki bu belgilariga qarab turli turlarga ajratish mumkin (1-chizmaga qarang).
Xo‘jaliklarni moliyalashtirilishiga ko‘ra ularda yuritiladigan hisobni ikkiga bo‘lish mumkin: korxona hisobi, byudjet hisobi.
Korxona deganda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan, mustaqil faoliyat yuritadigan xo‘jalik tushuniladi. Ularga zavod va fabrikalar, firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari, qurilish tashkilotlari, banklar va boshqalar kiradi. Ushbu xo‘jaliklarda yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
7
-
Do'stlaringiz bilan baham: |