Inventarizatsiya ob’ekti
|
Inventarizatsiyani o‘tqazish
|
Qaysi BXMSga muvofiq
|
|
muddatlari
|
|
|
Asosiy vositalar
|
Ikki yilda bir marta yillik
|
5- son BXMS,
|
|
hisobot oldidan
|
19-son BXMS
|
Kutubxona fondi
|
Besh yilda bir marta
|
5- son BXMS,
|
|
|
|
19-son BXMS
|
Tovar-moddiy boyliklar
|
Yiliga kamida bir marta
|
4-son BXMS,
|
(yoqilg‘i, oziq –ovqatlar,
|
|
|
19-son BXMS
|
qimmatbaho metallardan
|
|
|
|
tashqari)
|
|
|
|
Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar
|
Har chorakda
|
4 –son BHMS
|
|
|
|
19-son BXMS
|
|
|
|
|
Qimmatbaho metallar
|
Tarmoq
|
yo‘riqnomasiga
|
Maxsus yo‘riqnoma
|
|
muvofiq
|
belgilangan
|
|
|
muddatlarda
|
|
|
Pul mablag‘lari,
|
Har oyda bir marta
|
12- son BXMS
|
Pulli ekvivalentlar va
|
|
|
19—son BXMS
|
hujjatlar
|
|
|
|
Hisob-kitoblar
|
Bir marta
|
yillik hisobot
|
19-son BXMS
|
|
oldidan
|
|
|
Inventarizatsiyaning natijasida hisob ma’lumotlaridan chetlanishlar aniqlanishi mumkin. Bunday chetlanishlar bo‘lib kamomad va ortiqchalar hisoblanadi. Aniqlangan kamomadlar ning belgilangan me’yorlardan tashqarisi moddiy javobgar shaxslardan qonun doirasida o‘ndirilib olinadi. Aniqlangan ortiqchalar korxonaning daromadiga olinadi.
O‘z –o‘zini sinash uchun testlar
1. Bir yilda moddiy javobgar shaxslar ikki marta almashdi, bu ularning mehnat ta’tiliga taalluqli emas.Qanday inventarizatsiya turi o‘tqazilgan?
a) Rejali b) Rejadan tashqari v) Favqulotdagi g) Majburiy
Inventarizatsiya oldidan ombor mudiriga uni o‘tqazilishi to‘g‘risida bir kun oldin xabar topdi. Inventarizatsiyani o‘tqazishning qaysi xususiyati buzilgan?
a) Etika b) To‘satdan o‘tqazilishi
v) Rahbarlik xususiyati g) Qarindoshlik xususiyati
3.Aniqlangan ortiqchani buxgalter harajatlarni kamaytirilishiga olib bordi. U buxgalteriya hisobining qaysi tamoyilini buzdi?
a) Hisoblash tamoyilini b) Konservatizm tamoyilini
v) Baholash tamoyilini g) Ikki yoqlama yozish tamoyilini
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
43
3-testda keltirilgan xolatda ortiqchani buxgalter kanday schetga olib borishi kerak edi?
a) Harajatlar schetiga b) Daromadlar schetiga
v) Aktivlar schetiga g) Majburiyatlar schetiga
2.7.Moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lib hisobot hisoblanadi.
Hisobot – bu ma’lum davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Moliyaviy hisobot –bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi.
Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan Qoidalar va Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq moliyaviy hisobotning tarkibi hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:
-
Hisobot turlari
|
|
Hisobot shakllari
|
Yillik
|
1.
|
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
|
|
2.
|
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
|
|
3.
|
3-sonli shakl «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot»
|
|
4.
|
4-sonli shakl « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»
|
|
5.
|
5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot»
|
|
6.
|
2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida
|
|
|
ma’lumotnoma»
|
|
7.
|
2b –sonli shakl « Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati
|
|
|
to‘g‘risida ma’lumotnoma»
|
Yarim yillik
|
1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
|
|
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
|
|
3.4-sonli « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»
|
|
4.2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida
|
|
ma’lumotnoma»
|
|
|
Choraklik
|
1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
|
|
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
|
|
3..2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida
|
|
ma’lumotnoma»
|
|
|
|
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
44
Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi:
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgan omillarni o‘zida bayon etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‘yicha tavsifli jadvallar;
Moliyaviy hisobot bo‘yicha olingan xolis auditorlik xulosasi
Moliyaviy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari va sof foydani taqsimlash bo‘yicha
qaror;
Kelgusi yil uchun hisob siyosati.
Kichik biznes korxonalarida moliyaviy hisobot shakllari faqat yil yakuni bo‘yicha tuziladi.
Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‘ladi:
Titul qismi – unda hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank rekvizitlari, turli belgilari bo‘yicha berilgan statistik kodlari ko‘rsatiladi.
Asosiy qism – unda hisoboti berilayotgan hisob ob’ektiga doir yig‘ma ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Rasmiylashtirish qismi - unda korxona rahbari va bosh hisobchisining familiyasi, ismi-sharifi, hisobot tuzilgan sana ko‘rsatiladi. Shuningdek ushbu qismga ma’lumotlarni to‘g‘riligi hamda rahbar va bosh hisobchining imzolarini tasdiqlashga guvohlik beruvchi korxona muhri qo‘yiladi.
Moliyaviy hisobotning realligiga korxona rahbari javob beradi.
Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
Hisobot davri bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Hisobot yilida to‘liq yangi tashkiliy o‘zgarishlarsiz ishlagan korxonalar uchun – hisobot yilning 1 yanvaridan shu yilning 31 dekabr kunining oxirigacha olingan davr.
Hisobot yilida tuzilgan korxonalar uchun – tashkil topgan kunidan hisobot yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan davr, 1 oktyabrdan keyin tashkil topgan korxonalar uchun –tashkil topgan kundan boshlab keyingi yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan davr.
Hisobot yilida o‘z faoliyatini tugatgan korxonalar uchun –hisobot yilning boshidan tugatilgan kungacha bo‘lgan davr.
Moliyaviy hisobotda ma’lumotlar ming sum hisobida yaxlitlangan holda ko‘rsatiladi. Unda tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq ma’lumotlarni o‘chirish, buzib to‘g‘rilash hollari bo‘lmasligi shart.
Moliyaviy hisobot quyidagi instansiyalarga majburiy holda topshiriladi:
Soliq idorasiga;
Bankga;
Statistika organiga.
Yuqori tashkiloti bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotini unga topshirishlari lozim. Moliyaviy hisobotlar tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuqorida nomlari zikr etilgan
organlarga quyidagi muddatlarda topshirilishi lozim:
Choraklik hisobotlar –chorakdan keyingi oyning 25 sanasigacha bo‘lgan muddatda;
Yillik hisobotlar – keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda, qo‘shma korxonalar esa –keyingi yilning 15 martigacha bo‘lgan muddatda.
Vazirliklar –keyingi yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda.
Moliyaviy hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi va ulardan foydalanish to‘g‘risida darslikning keyingi alohida bobida to‘xtalib o‘tamiz.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
45
Do'stlaringiz bilan baham: