2.1. Buxgalteriya balansi
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi
Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar
matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
24
Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma’lum bir
davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‘ich holatini
bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan
yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi. Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», ya’ni
«ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‘zi na faqat tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi hujjati sifatida ham talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning shakli, tarkibi va tuzish tartibi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- son buyruq bilan tasdiqlangan « Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish Qoidalari» bilan, balansni taqdim etish tartibi esa Moliya Vazirligining 2000 yil 15 iyundagi 47- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan « Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida Nizom» da belgilangan.
Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi. Ham tenglik, ham hujjat sifatida e’tirof etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli , jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‘ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‘jalik aktivlari turlari bo‘yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‘jalik aktivlari tashkil topish manbalari bo‘yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‘rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari summalarining yig‘indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi.
Jadval ko‘rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‘limlardan, bo‘limlar esa- alohida moddalardan iborat bo‘ladi.
Balans bo‘limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib raqamlari ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikki bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |