Byudjetga to‘langan bo‘naklarning hisobi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lashga muvofiq korxonalar soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirib borishlari lozim. Bunday bo‘nak to‘lovlari, jumladan, aksiz solig‘i, QQS va daromad(foyda) solig‘i va boshqa soliqlarga bevosita dahldordir. 21-son BXMS ga muvofiq byudjetga to‘langan bo‘nak to‘lovlari bilan bog‘liq debitorlik qarzlarning hisob-kitoblari 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotida aks ettiriladi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida soliqlar va yig‘imlarning har bir turiga alohida schyotlarni ochishlari mumkin, masalan, 4411 “QQS bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari”, 4412 “Aksiz bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” 4413 “ Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” va shu kabi boshqalar. Ushbu schyotlarning debet tarafida va 5110 « Hisob–kitob schyoti»ning kreditida byudjetga o‘tqazilgan bo‘nak to‘lovlari to‘lov topshiriqnomalari yoki soliq idorasining inkasso topshiriqnomalari asosida aks ettiriladi. Hisobot davri tugagach, soliq bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilganda, ushbu schyotlar oxirgi qarzni topishda e’tiborga olinadi, ya’ni:
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»
Kredit 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)”
Agar bo‘nak to‘lovlari hisoblangan qarzlardan ko‘p bo‘lsa, u holda 6410-schyot (soliq turlari bo‘yicha) yopilib, qoldiq 4410-schyotda (soliq turlari bo‘yicha) qoladi. Agar hisoblangan qarzlar bo‘nak to‘lovlaridan ko‘p bo‘lsa, u holda 4410-schyot (soliq turlari bo‘yicha) yopilib, qoldiq 6410-schyotda (soliq turlari bo‘yicha) qoladi.
Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga va sug‘urtaga to‘langan bo‘naklarning hisobi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar soliqlardan tashqari davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga belgilangan
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
147
miqdorlarda va tartiblarda majburiy ajratmalarni amalga oshiradilar, shuningdek o‘zlarining mulklarini va xodimlarini sug‘urta qilishlari ham mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga Pensiya fondi, Yo‘l fondi va Ish bilan bandlik fondi kiradi. Ushbu byudjetdan tashqari davlatning maqsadli fondlariga korxonalar tomonidan majburiy ajratmalar va ushlanmalarning miqdorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jumladan bu ajratmalar va ushlanmalar 2003 yil uchun quyidagi miqdorlarda belgilangan edi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |