Moliyaviy faoliyat bo‘yicha – ushbu guruhda olingan va to‘langan foizlar, olingan va to‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va kreditlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (110-180 satrlar) ko‘rsatiladi. Chet el valyutasidagi moliyaviy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning 263, 272- ustunchalarida ko‘rsatiladi.
Hisobotda daromad (foyda) va boshqa soliq to‘lovlari alohida guruhda (190-210 satrlar) ko‘rsatiladi.
221
Har bir guruhdan keyin hisobotning alohida satrlarida faoliyat turi bo‘yicha sof pul kirimi/chiqimi ko‘rsatiladi. Bu korxonada har bir faoliyat bo‘yicha hisobot davrida ko‘proq kirimga yoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon beradi.
Hisobotning alohida satrida (220-satr) korxonaning moliyaviy –xo‘jalik faoliyatining jami sof pul kirim/chiqimi barcha faoliyat turlari bo‘yicha birgalikda
ko‘rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul tushumlarining va to‘lovlarining guruhlangan summalarining ( 050,100,
180,210- satrlar) farqi ( +,- ) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi. Hisobotning oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda hisobot davrning
boshi va oxirida mavjud pul mablag‘larining qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Bunda 240-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining oxirgi qoldig‘i 230-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining bosh qoldig‘i va 220- satrda ko‘rsatilgan hisobot davrdagi pul mablag‘larining sof kirim/chiqim summalarining yig‘indisi yoki ayirmasiga teng bo‘lishi lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot korxonaning pul mablag‘lari hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlar ( 5000,5100,5200,5500,5600,5700 ) ning mos ravishdagi bosh qoldiq, oxirgi qoldiq, debet va kredit oborot summalarini korrespondensiyalangan schyotlarning yozuvlari asosida tuziladi.
9-son BHMS “ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq (15-band ) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning faoliyat turlari bo‘yicha kirim va chiqimini aks ettirishda ikki usuldan, ya’ni bevosita (to‘g‘ri ) usuldan va bilvosita (egri ) usuldan foydalanish mumkin. Bu ikkala usul ham pul mablag‘larining qoldig‘i, kirim va chiqimi bo‘yicha bir xil natijalarni beradi, lekinda ularda pul oqimlarini hisoblashda turli ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Bu faqatgina asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini hisoblashga taallluqlidir. Investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri pul mablag‘lari hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlarning (5000,5100,5200,5500,5600,5700) registrlaridan olinadi.
Asosiy faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri ) usullar asosida hisoblashning xususiyatlariga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |