184
Radiatsion fizika va materialshunoslik bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar
nafaqat fan va texnika, balki xalq xo‘jaligi uchun ham muhimdir. Bu
yo‘nalishda radioaktiv nurlarning yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar, sopollar,
yuqori temperaturali o‘ta o‘tkazuvchan materiallarning elektr o‘tkazuv-
chanligi, mexanik, optik va boshqa xossalariga ta’siri o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda yuqori energiyalar fizikasi sohasida olib borilayotgan
ishlar ham talaygina. Bunday izlanishlar «fizika-quyosh»
ishlab chiqarish
birlashmasining fizika-texnika institutida, O‘zbekiston Milliy universitetida
va samarqand davlat universitetida olib borilmoqda.
1970-yilda Cherenkov hisoblagichlari asosida zarralarning yadro bilan
o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi ulkan qurilma yaratilib, hosil bo‘lgan zarralarning
xarakteristikalari o‘rganildi.
Tezlashtirilgan zarralar va yadrolar ta’sirlashuvlarini o‘rganish maqsadida
pufaksimon kameralardan olingan filmli axborotlarni qayta ishlash markazi
tashkil qilindi. Markazning samarali tadqiqotlari natijasida
komulativ izobarlar
hosil bo‘lishi o‘rganildi va massalari 1903, 1922, 1940, 1951 va 2017 MeV
bo‘lgan tor, ikki barionli rezonanslar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi.
Quyosh atmosferasida bo‘ladigan hodisalar Yerdagi hayotga bevosita
ta’sir etishi mumkinligi uchun ham, uni o‘rganish sohasidagi tadqiqotlar
muhim ahamiyatga egadir. aynan shuning uchun ham O‘zbekiston fanlar
akademiyasining astronomiya instituti 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlab
fransuz olimlari bilan hamkorlikda, Quyoshning
global tebranishini tadqiq
etish sohasida izlanishlar olib borilgan.
O‘zbek olimlarining yadro fizikasi sohasida olib borayotgan ishlari
ko‘lami ancha katta va ularning natijalari xalq xo‘jaligida ham muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda.
O‘zbekistondagi birinchi tadqiqotlarning o‘ziyoq bevosita xalq xo‘jaligiga
aloqador bo‘lgan. Bunga U. Orifov tomonidan ishlab chiqilgan «gamma-
nurlar yordamida pilla ichidagi ipak qurtini o‘ldirish» usuli misol bo‘ladi.
keyinchalik esa suv, tuproq, mevali daraxtlar, yovvoyi va madaniy o‘simlik-
larning tabiiy radioaktivligi o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti
radioaktiv izotoplar,
jumladan, farmatsevtik radioaktiv preparatlar ishlab
chiqarish bo‘yicha yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu yerda
1995-yilda 60 dan ortiq nomdagi mahsulot ishlab chiqarilgan.
radioaktiv va gamma-nurlarning o‘simliklarga ta’sirini o‘rganish ham
qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, urug‘shunoslik sohasida muhim ahamiyatga ega.
185
O‘zbekistondagi g‘o‘za navlarining radio aktiv nurlarga sezgirligini o‘rganish,
g‘o‘za seleksiyasida bu usuldan foydalanilayotganligi – yadro fizikasining
bevosita ishlab chiqarishga qo‘llanilayotganligining yaqqol dalilidir.
Yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlarning tibbiyotda keng qo‘llani-
layotganligi ham ma’lum. Bunga, ayniqsa, radioaktiv nurlar va zarralar
oqimi yordamida saraton kasalligini davolashni ham misol sifatida keltirish
mumkin. rentgenologiya va radiologiya sohasidagi
dastlabki ishlar ham
Yadro fizikasi institutining radiokimyo laboratoriyasi bilan hamkorlikda
boshlangan. natijada radioaktiv izotoplardan foydalanilgan holda yangi
tashxis usullari yaratildi. hozirgi paytda rentgeno-endovaskular xirurgiya,
antiografiya, kompyuter tomografiyasi va yadro-magnit rezonanslari ustida
tadqiqotlar olib borilmoqda. Yangi rentgenokontrast moddalar («rekon»,
«MM–75» preparati va boshqalar) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ishlar qachon boshlangan?
2. Hozirgi paytda qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borilmoqda?
3. Yadro fizikasi institutida nimalar ishlab chiqariladi?
4. Radioaktiv nurlarning qishloq xo‘ jaligida qo‘llanilishiga misollar
keltiring.
7-mashq
1. Bir energetik holatdan ikkinchisiga o‘tganda 6,56 · 10
–17
m to‘lqin
uzunlikli yorug‘lik chiqarsa, atomning energiyasi qanchaga kamaygan?
(
Javobi: E
= 3 · 10
–19
J).
2. litiy atomi yadrosi
7
3
li uchun solishtirma bog‘lanish energiyasini
toping. (
Javobi:
E
bog‘
= 5,6 MeV)
.
3. solishtirma bog‘lanish energiyalarini hisoblab, quyidagi yadrolardan
9
4
Be va
2
1
7
3
al qaysi biri stabilroq ekanligini aniqlang. (
Javobi:
2
1
7
3
al).
4.
14
7
n +
4
2
He →
1
1
h +
17
8
O reaksiyasida energiya yutiladimi yoki ajraladimi?
(
Javobi:
energiya yutiladi).
5. Quyidagi
2
1
h yadrosi uchun yadro bog‘lanish
energiyasini va solishtirma
bog‘lanish energiyasini toping. (
Javobi: E
bog‘
= 1,7233 MeV;
E
sol
= 0,8616 MeV).
6.
14
7
n azot yadrosini protonlarga va neytronlarga parchalash uchun eng
kamida qancha energiya zarur? (
Javobi: E
bog‘
= [7 · 1,00789 + 7 · 1,00866
a.m.b –
14).
7. geyger hisoblagichi yaqinida radioaktiv preparat bo‘lmasa ham,
u ionlashgan zarralar paydo bo‘lishini qayd qilaveradi. Buni qanday
tushuntirish mumkin? (
Javobi:
hisoblagich kosmik nurlarni qayd etadi).
186
8. elementning yarim yemirilish davri 2 sutkaga teng. 6 sutka o‘tgandan
keyin radioaktiv moddaning necha foizi qoladi? (
Javobi:
12,5 %).
9. radioaktiv elementning faolligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Uning
yarim yemirilish davri qancha? (
Javobi: T
= 4 kun).
10. γ kvant chiqarganda yadroning massa soni va zaryad soni o‘zgara-
dimi? (
Javobi:
O‘zgarmaydi).
11. radon yadrosi
22
86
0
rn
a
-zarra chiqardi. Qanday yadro hosil bo‘ladi?
(
Javobi:
22
86
0
Rn →
4
2
he +
21
84
6
Po).
12. kobalt yadrosi
6
2
0
7
Co
β
zarra chiqargandan keyin qanday elementning
yadrosi hosil bo‘ladi? (
Javobi:
6
2
0
7
Co →
–
0
1
e +
6
2
0
8
ni).
13. nima uchun tabiiy uran atom yoqilg‘isi bo‘la
olmaydi va uning
saqlanishi portlash xafini solmaydi?
14. Quyidagi belgilarni to‘ldiring:
2
1
H + γ → X +
1
0
n
X +
1
1
H →
3
2
He + γ
6
2
3
9
Cu +
γ
→
6
2
2
9
Cu + X
X + γ →
7
18
4
1
W +
1
0
n
15. Uglerod
6
12
C proton bilan nurlantirilganda uglerodning
6
13
C izotopi hosil
bo‘ldi. Bunda qanday zarra chiqariladi?
16. α zarra elementar zarra bo‘la oladimi?
17. Elektron, proton va neytronning anti zarralari qanday zarralar?
18.
7
13
n azot atomi yadrosi positron va neytron chiqardi.
β
sochilish
reaksiyasini yozing.
19. Quyidagi reaksiyani to‘ldiring.
–1
0
e +
x
→ 2γ.
20. katta energiyali foton og‘ir yadro maydonida tormozlanib, bir juft
zarraga aylandi. Ulardan biri elektron. Ikkinchisi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: