Xulosa va tavsiyalar .......................................................................... 79
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .................................................. 80
Annotatsiya
Kursda organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasini o‘rgatish usullari yoritilgan. Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi haqida ma’lumot berilgan.
Аннотации
В курсе описаны методики обучения номенклатуре и изомерии органических соединений. Приведены сведения о номенклатуре и изомерии органических соединений.
Annotation
This course work is devoted to the production and use of polyhydric alcohols, as well as their physical and chemical properties and also provides information on some types of polyols.
So’z boshi
Ilm-fan aslo qiyin va qiyin emas, aksinchhar bir inson ongi uchun o’ziga xos jozibasi – aniqlik, to’liqlik va tizim jozibasi bor. Agar siz talabani ilm bilan tarbiyalamoqchi bo’lsangiz, o’z ilmingizni seving va biling, va talabalar sizni ham, ilmni ham sevadilar va siz ularga ta’lim berasiz; ammo agar siz uni sevmasangiz, unda siz uni qancha o’qitishga majburlamang, ilm-fan tarbiyaviy ta’sir ko’rsatmaydi.
L.N. Tolstoy
Kimyo fanini mukammal o'rganishda birikmalarni nomlash usullari haqida ma'lumotga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega. Biror birikmaning hossasini o'rganishdan oldin uning xalqaro miqyosda qanday nom bilan atalishini bilish ushbu moddaning eng asosiy kimyoviy hossalari ichida oldindan fikr va mulohaza yuritishga asos bo'la oladi. Chunki u yoki bu modda xalqaro nomlash usullari yordamida nomlanganda asosan organik kimyoda moddaning xalqaro nomini bilish orqali molekulasi tarkibidagi uglerodlar soni, funksional guruhlar turi va miqdori, ularning uglerodlardagi joylashish o'rni singari bir qator ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Bugungi kunda tabiiy va sintetik organik moddalar asosida turli-tuman kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, minglab dorivor moddalar, qishloq xo'jaligida esa o'simliklarni o'stiruvchi moddalar, hashorotlarga va o'simlik kasalliklariga qarshi kurashda qo'llaniladigan insektitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar singari turli-tuman organik moddalar, tehnikada esa ko'plab organik polimerlarni avtomobildan tortib kemalargacha bo'lgan barcha turdagi mashinalar tayyorlashda asosiy hom ashyolardan biri bo'lganligi, neft va gaz mahsulotlari asosida tayyorlangan organik yoqilg`ilar esa turmushda juda keng qo'llanilayotganligi e'tiborga olinsa, organik moddalar insoniyat taraqqiyotida qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo'ladi. Insoniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq bo'lgan sintetik va tabiiy organik moddalarning tuzilishi, tarkibi va hossalarini o'rganish uchun dastlab ularning nomlanishi hamda izomerlari haqida tasavvurga ega bo'lish talab qilinadi
O’zbekiston Respublikasida ’’ Ta’lim to’g’risida ’’gi qonuni va ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy-nazariy asos bo’ldi. Bu qonunlarda o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o’quv tarbiya jarayoni sifatli o’quv adabiyotlar va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash ularda ta’limning milliy yo’naltirilganligi, ta’lim va tarbiya uzviy bog’liqligining ko’rsatilishi muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviyatni shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta’lim tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda jamiyatda ezgu insoniy qadriyatlarni keng qaror toptirishda, tobora kuchayib borayotgan, bizning milliy tabiatimiz , urf-odatlarimizga mutlaqo zid bo’lgan har qanday zararli ta’sirlar, buzg’unchi g’oyalarga qarshi turishda, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda oilani mustahkam tayanch deb bilamiz. Shu borada ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk, o’z mustaqil fikriga ega, oqni qoradan taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash zarur.Oila institutining ta’lim-tarbiya sohasi bilan-bu bolalar bog’chasi yoki maktab bo’ladimi, litsey-kollejlar yoki oliy o’quv yurtlari bo’ladimi ana shunday muassasalar bilan amaliy hamkorligini yanada kuchaytirish vazifalari dasrurda muhim joy egallashi zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovningb ’’ O’zbekiston buyuk kelajak sari’’ asarida ’’O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi’’
Hozirgi paytda organik moddalar xalq xo'jaligining deyarli barcha soxalarida keng qo'llanilayotganligini e'tiborga olsak, ushbu moddalarni nomlash usullarini o'rganish ham har bir soxa mutahassislari uchun qay darajada zarurligi ma'lum bo'ladi.
Organik birikmalarni nomlashga doir dastlabki sodda ma'lumotlar 1012-1023 yillardayoq Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino tomonidan yozilgan „Kitob al-qonun fit-tibb" (“Tib qonunlari kitobi”) da uchraydi. Ushbu asarda 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida keltirilib, ularning dorivorlik hossalari ta'riflangan. Organik birikmalarni nomlashga intilish Ibn Sino davridayoq boshlangan bo'lishiga qaramasdan, hozirga qadar chop etilgan organik kimyoga doir darsliklarda bu haqida ma'lum darajada ma'lumotlar berilgan bo'lsada, lekin o'zbek tilida ushbu mavzuga doir birorta darslik yoki o'quv qo'llanma chop etilmagan bo'lib, faqat 1995-yilda I.R.Asqarov tomonidan chop etilgan. O'rta umumta'lim maktab darsliklarida esa organik birikmalarni nomlash bo'yicha juda oz ma'lumotlar keltirilgan. Yuqoridagilarni e'tiborga olib, 1995-yilda chop etilgan qo'llanma qisman to'ldirildi va ushbu qo'llanma tayyorlandi. Bu qo'llanmada eng muhim organik birikmalarni nomlash usullari haqida, ularning izomerlanish qoidalari to'g`risida, organik kimyo fanining so'nggi yutuqlari asosida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan[2].
Barcha sinfga mansub bo'lgan organik moddalarning tarixiy, ratsional va xalqaro nomenklaturalari asosidagi nomlari keltirilib, har bir bo'lim oxirida mustaqil tarzda (bilimlarni mustahkamlash uchun) masala va mashqlar hamda test usuli bo'yicha savollar berilib, ularning muqobil javoblari keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |