K. A. Saparov ’’ ’’ 2021 yil


I. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi



Download 0,9 Mb.
bet8/43
Sana08.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#334480
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
kimyoviy birikmalarning izomeriyasi va nomenklaturasi(2)

I. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi

I.1.Nomenklaturaga qisqacha tavsif

Nomenklatura-lotincha «nomenclatura» so`zidan olingan bo`lib, fan va tehnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining ro`yhatlar yig’indisidir[1].

Barcha organik moddalar uch xil nomenklatura bo‘yicha nomlanadi:



  1. Tarixiy nomenklatura.

  2. Ratsional nomenklatura.

  3. Xalqaro ilmiy nomenklatura.

Organik kimyoning dastlabki rivojlanish davrida organik birikmalar asosan olingan manbasiga, tashqi belgilariga qarab, masalan chumoli aldegidi, vino spirti, limon kislotasi, oksalat kislotasi, glitsin, glitserin kabi nomlar tarixiy nomlardir.

Tarixiy nomlardan so‘ng fan rivojlangan sari fikrlab, aqliy ratsional nomlash usullari ishlab chiqildi. Ratsional nomenklatura mezonlariga ko‘ra barcha to‘yingan uglevodorodlar metanning hosilalari deb, etilen qator uglevodorodlari etilenning hosilalari deb, barcha spirtlar metil spirtining hosilalari deb qaraladi. Masalan, metilmetan CH3CH3, dimetilmetan CH3CH2CH3, dietilmetilmetan CH3CH2CH(CH3)CH3CH3, trimetilmetan (CH3)3CH, dimetiletilmetan CH3CH2CH(CH3)2 kabi nomlar ratsional nomlardir[3].

Organik moddalarning sonini ko‘payib ketishi ularni ratsional nomenklatura qoidalari asosida nomlashda bir qator muammolarni keltirib chiqardi. XIX asrning 80-yillariga kelib organik birikmalar uchun yagona kimyoviy nomenklaturani ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ldi. 1892-yilda Jeneva shahri (Shveysariya) da bo‘lib o‘tgan xalqaro kimyogarlar kongressida organik birikmalar nomenklaturasining yangi qoidalari tasdiqlandi. Ushbu qoidalar Jeneva nomenklaturasi yoki rasmiy nomenklatura deb nomlanadi. Jeneva nomenklaturasi bo‘yicha mashhur Beylshteyn ma’lumotnomasi tuzilgan.

Organik birikmalarning turlari va soni ortib borishi bilan ularni nomlash murakkablashib bormoqda. Nomenklaturaga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman 1930-yilda Belgiyaning Lej shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda nomenklatura qoidalariga yangi qo‘shimchalar kiritildi[4].

Keyingi paytda organik birikmalarning nomenklaturasini takomillashtirish bilan nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi-IYuPAK (International Union of Pure and Applied Chemistry –IYuPAC) shug‘ullanadi. Ushbu tashkilotning 1957, 1965 va 1986-yillardagi kongresslarida maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan va IYuPAK nomenklaturasi deb ataladigan nomenklaturani tavsiya qildi. Mazkur nomenklatura ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda keng qo‘llanilmoqda. IYuPAK ma’lumotlari ingliz tilida nashr etib boriladi. Shuning uchun boshqa tillarga tarjima qilinganda tegishli til qoidalariga moslashtiriladi, lekin xalqaro qoidalarning asosiy tamoyillari saqlanib qolishi zarur.

IYuPAK qoidalari nomlarni keltirib chiqarish uchun bir nechta tamoyilni taklif qiladi. Birinchisi o‘rin olish tamoyili. Unga ko‘ra o‘rinbosar nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Ikkinchi tamoyil bir harakteristik guruhlar (funksiyalar) va uglevodorod qoldiqlari (o‘rinbosarlar, radikallar) tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq radikal-funksional nomenklatura ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari IYuPAK karbo- va geterotsiklik birikmalar uchun maxsus nomenklatura ham ishlab chiqqan[5].


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish