Xulosa va tavsiyalar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda jadal sur’at bilan rivojlanayotgan kimyo fani, borgan sari fanlararo chuqur ildiz otib boraveradi. Zero organik va noorganik maddalarning nomenklaturasi hamda izomeriyasiga doir ilmiy yangliklar ham ko`payib, kengayib kimyo fani soxasida chuqur va mustahkam ildiz otadi. Buning uchun esa tinimsiz izlanish va yana izlanish joizdir. Ushbu bitiruv malakaviy ishim ham izlanishlar samarasi desam mubolag`a qilmagan bo`laman. Shu bilan izlanishlarimiz hali nihoyasiga yetgani yo`q. Chunki organik va noorganik moddalarining nomlanishiga doir keng qamrovli masala tugallanmadi. Sabab to`laqonli barcha, kimyoviy birikmalarning nomlanishiga doir adabiyotlarni jamlash anchagina izlanishni talab qilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |