1.5 - j a d v a l.
AAT rivojlanishining bosqichlari, texnik vositalar va hal etiladigan vazifalar
Yil
|
EHM
|
Hal etiladngan masalalar
|
AAT turlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1950 yy oxiri, 1960 yy boshi
|
I va II avlod
|
EHMdan alohida, ish haqini hisoblash, moddiy hisob-kitob, ayrim optimallashgan, nisbatan ko‘p mehnat talab qiluvchi vazifalarni hal etish.
|
Ma’lumotlarni qisman elektron qayta ishlash
|
1960 yy. 1970 yillar oxiri
|
II va
III avlod
|
Rejadagi va joriy axborotni elektron qayta ishlash, EHM xotirasida me’yoriy – ma’lumotnoma xabarlarini saqlash mashina-grammalarni qog‘oz ko‘rinishidagi axborot tashuvchilarni chaqirib berish.
|
Ma’lumotlarni qayta ishlash elektron tizimi
|
1970 yillar
|
III
avlod
|
Korxonalar, tashkilotlar faoliyatining barcha boshqaruv jarayoni bosqichlarida axborotni kompleks qayta ishlash, ABT kenja tizimini ishlab chiqishga o‘tish (moddiy-texnik ta’minot, tovarlar hara-katlanishi, tayyor mahsulotlarni sotishni hisob-kitob qilish).
|
Hisoblash markazlari, jamoa foydalanish hisoblash mar-kazlari sharoitida axborotni markazlashtirilgan avtomat-lashtirilgan qayta ishlash.
|
1980 yillar
|
IV avlod
|
Boshqaruv tizimini avtomatlash-tirish (texnologik jarayonlar bi-lan) avtomatlashtirilgan loyiha tizimini, korxonalar bilan BTA ni, reja hisob-kitobi, statisti-ka, moddiy-texnik ta’minot, fan va texnikani rivojlantirish. Ma’-lumotlarni markazlashmagan holda qayta ishlash tendensiyasi, vazifa-larni ko‘p foydalaniladigan re-jimda hal etish, hisoblash tex-nikasidan qog‘ozsiz foydalanish.
|
Mini-EHM, SHK bazasida texnologik masalalarga ix-tisoslashishi va ma’lumot-lar massiviga uzoqdan turib kirish, ayni paytda kuchli super EHM lar baza-sida axborotlarni qayta ishlash usullarini avto-matlashtirish va univer-sallashtirish.
|
1980 yillar oxiri-dan ho-zirgi payt-gacha
|
V avlod
|
Iqtisodiy masalalarni kompleks hal etish; predmet sohasining ti-zimli tavsifiga bog‘liq. holda ob’ekt – mo‘ljallangan yondashuv; ilovalarning keng ko‘lami; axborot tuzilmasini tarmoqli tashkil etish; hisoblash texnikasidan foy-dalanish davomida foydalanuvchi-ning interaktiv o‘zaro harakatni uzlashtirishi.
Intellektual inson – mashinali intellektual interfeysini rivojlantirish, qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi, axborot-maslaxat berish tizimi.
|
Zamonaviy axborot – texno-logiyasi (YAAT) – hisoblash texnikasi, aloqa vositasi, Orgtexnika vositalari-ning uyg‘unlashuvi
|
EHMlar birinchi avlodining (XX asr 50-yillari) element bazasini elektron chiroqlar tashkil etar edi. Bunday mashinalar an’anaviy tarkib chizmasiga mos holda, bir-biriga qatiy bog‘lik asosiy qurilmalar to‘plamidan (arifmetik - mantiqan, eslab qoluvchi boshqaruv qurilmasi va kirish-chiqish qurilmasi) iborat bo‘lgan.
Dasturlar mashina tilida tuzilgan. Har bir foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga EHM ni ma’lum bir vaqtga olib, o‘sha vaqtning bir qismi dasturni to‘g‘rilashga ketar edi. Dasturiy ta’minot asosan standart kenja dasturlardan iborat bo‘lgan. O‘sha paytda EHMdan ilmiy va muhandislik bo‘yicha eskicha masalalarni yechishda foydalanishgan. Birinchi avlod mashinalari nisbatan keng o‘lchami, energiyani ko‘p sarflashi, sustroq harakatlanishi va ishonchliligining pastligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchi
avlod EHMlar yarimo‘tkazgichlarga asoslanib, XX asrning 50-yillari oxiri va 60-yillar boshlarida yaratilgan.
Mazkur EHMlar avlodi markazlashmagan holda kirish – chiqishni boshqaruv xususiyatiga ega bo‘ldi. Bu turli tashqi qurilmalarning markaziy protsessorga osongina ulanish imkoniyatini berdi. Kirish-chiqish qurilmasini to‘plami ko‘paydi, tashqi hajmda qurilmasining hajmi kengaydi. Dasturiy ta’minot sezilarli darajada kengaydi. Uning tarkibiga algoritmik tilli translyatorlar, operatsion tizimlari kira bordi. Ayni paytda bir dasturli EHMlar bilan birga ikki das-turli EHMlar ham paydo bo‘ldi. Ular bitta protsessor bilan mashinalar asosiy qurilmalarining parallel ishlashini tashkil etish hisobiga bir necha dasturlarni birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.
EHMlarning ikkinchi avlodi nafaqat muhandislik va ilmiy vazifalarni, shuningdek, keladigan hamda chiqadigan katta hajmdagi axborotlari bilan farqlanuvchi iqtisodiy, axborot masalalarini hal etishda ham qo‘llanila boshlandi. Ularning nisbatan takomillashgan element bazasi sezilarli darajada protsessorning tezroq harakat-lanishiga va xotira hajmini oshirishga, EHM o‘lchami qisqarib energiya sarfining kamayishiga imkon berdi. Bunga ko‘p darajada axborotni bosib chiqarish montajining qo‘llanishi sabab bo‘ldi.
EHMlar uchinchi avlodi 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlarida paydo bo‘ldi. Ushbu mashinalar integral xolla ishlaydigan yarim o‘tkazgichlar asosiga qurilgan. Integral sxema ancha murakkab tranzistorli sxemaga mos tugallangan mantiqiy funksional bloklarni ifodalaydi. Ushbu sxemalarning qo‘llanilishi EHM lar o‘lchamining keskin qisqarishiga, ishonchliligi unumdorligining oshishiga olib keldi. Bunga ko‘p katlamli chop etish montajining qo‘llanishi ko‘mak berdi.
Ayni turdagi EHMlar mashinalar tuzilmasining nomarkazlashuv tendensiyasi davom etishiga olib keldi. Shundan keyin bir necha, jumladan ixtisoslashgan protsessorli hisoblash tizimlari keng qo‘llanila boshlandi. Tashqi qurilmalar nomenklaturasi o‘zgardi. Ularning tarkibida asosiy o‘rinni katta hajmni sig‘dira oladigan magnitli disklar egallaydi.
Ta’kidlash joizki, bu davrda EHMning mantiqiy tuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiflar majmuini anglatuvchi EHM «arxitekturasi» (me’morchiligi) atamasi joriy etildi. «Arxitektura» tushunchasiga EHM elementlari (apparatura va dasturiy ta’minot), foy-dalanuvchi nuqtai nazaridan EHM xususiyatini belgilovchi elementlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro harakatlar tamoyillari kiradi. Uchinchi avlod EHMlarida ilk bor EHMlar oilasini yaratishga nisbatan arxitektura jihatdan yagona yondashuv qo‘llanilgan. Bunday yondashuv birinchi galda bir oila tarkibiga kiruvchi EHM modellarining yagona konstruktorlik – texnologik bazasi va dasturiy muvofiqligini anglatadi.
Dasturiy ta’minot va birinchi galda operatsion tizimlarning roli kuchaydi. Operatsion tizimlarining rivojlanishi mashinalarning turli rejimda paketlarni qayta ishlash, vaqtni bo‘lish, so‘rov – javob rejimi ishlarini boshqarishni ta’minladi. Aytish joizki, dasturiy ta’minot qiymati tufayli apparaturalar narxi oshdi.
Ushbu avlod mashinalarida ularga uzoq masofada bo‘lgan abonent-larning bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonentlarning EHMlar bilan muloqoti mashina-axborot aloqa kanallari (telegraf, telefon, radioaloqa va hokazo) bilan bog‘liq abonent punktlarining rivojlangan tarmog‘i hisobiga amalga oshiriladi.
EHMdan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan, samarali ishlash nuqtai nazaridan mumkin bo‘lmagan vazifalar borasidagi cheklashlar deyarli yo‘q bo‘ldi. Ulardan foydalanuvchilar o‘rtasida vaqtni avtomat ravishda aniq-lash rejimidagina emas, boshqaruvchi tizim tarkibida vaqtning aniq bir ko‘la-mida ham ishlashga qodir universal mashinalar sifatida foydalanila boshlandi.
EHMning to‘rtinchi avlodiga katta integral tizim (KIT) ko‘rinishidagi element bazasiga ega bo‘lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 70-yillar o‘rtasida elektron hisoblash texnikasi rivojida keskin «sakrash» bo‘lganligi, ya’ni – katta integral sxe-masi bazasida mikroprotsessorlar paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq. Ulardan foydalanish tufayli barcha EHMlarning texnik-ekspluatatsiya va iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘lchami, energiya sarfi, qiymati va hokazolar keskin yaxshilandi.
Shaxsiy kompyuterlar (SHK)larni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Zamonaviy EHMlarning 4-avlodi ikki yo‘nalishda rivoj-landi. Birinchi yo‘nalish – sekundiga bir necha ming million opera-siyalarni amalga oshiruvchi kuchli, ko‘pprotsessorli hisoblash ti-zimini yaratish, ikkinchisi – mikroprotsessorlar bazasida nisbatan arzon va ixcham mikro EHMlar yaratish.
EHMlarning beshinchi avlodi 80-yillar o‘rtalarida o‘ta katta integral sxemalar bazasida ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari me’morchilik (arxitektura) oqimiga, intellektual «inson – mashina» interfeysini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ular masalalarni tizimli yechishni mashinalarning mantiqan fikrlashini, axborotlarni assotsiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar olishni ham ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan, orzaki nutqini) amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi. Xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari rivojlanilshning beshta asosiy tendensiyasini ajratib ko‘rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: