1.8 – r a s m. Boshqaruv darajasiga ko’ra axborotning taqsimlanishi
Piramida asosini shunday axborot tizimi tashkil etadiki, uning yordamida ijrochi – xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi bo‘g‘indagi menejerlar esa – tezkor boshqaruv bilan shug‘ullanishadi. Piramida yuqorisida – strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlari o‘z rolini o‘zgartiradi va belgilangan vazifa yomon bajarilgan sharoitda qaror qabul qilish bo‘yicha yuqori bug‘in faoliyatini qo‘llab – quvvatlovchi strategik darajaga aylanadi.
Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq tashkilotda ma’lum bir darajaning axborot tizimi paydo bo‘ladi (1.9-rasm).
Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:
axborotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
axborot tuplashni amalga oshirish;
tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;
axborotni qayta ishlash, uning to‘liqligi va ahamiyatini baholash hamda uni qulay ko‘rinishda taqdim etish;
i ste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish;
1.9 – r a s m. Axborot tizimlari turlari va
boshqaruv darajalarining o’zaro aloqalari
yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish;
mazkur tashkilot xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.
Bu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Har qanday tashkilot uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bulgan tizim ishining ketma-ketligini belgi-lash eng muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, tashkilotda hal etiladigan masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foyda-lanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standart-lash, axborotlarni kdyta ishlash tartibini standartlash to’g’risida ketayapti.
Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni, shuningdek, ularga javob-ning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo’lish mum-kin. Eskirgan vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, tashkilotda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish yoki olmasligida.
Hozirgi kunda axborot tizimi haqdsa kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham fao-liyat ko’rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala.
Tashkilot axborot tizimida axborot xajmining o’sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog’liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan ma’lumot-larni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |