K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»



Download 1,59 Mb.
bet55/77
Sana19.11.2022
Hajmi1,59 Mb.
#869055
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tayanch so‘z va iboralar:


Texnik jarayon; axborot texnologiyalari; avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari; ishlab chiqarish korxonalari; texnologik boshqaruvda SHK; boshqaruv vazifalari.


Takrorlash uchun savollar.



  1. Texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlari deganda nimani tushunasiz?

  2. Texnologik boshkzruvla shaxsiy kompyuterlar qanday kullaniladi?

  3. Boshqaruv vazifaparini nechta kategoriyaga ajratish mumkin?



5.4-§. EKSPERT TIZIMLARI

Zamonaviy jamiyatda tobora usib borayotgan axborot oqimi, ax-borot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masa-lalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni kuydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish Yo‘llardan biri-bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert uzi-dan kelib chikib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan xolla qaror qabul qilishning eng makbul yo‘llarini vujudga keltiradi.


Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
Sun’iy intellekt deganda aqliy hatti – harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi si­fatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qatiy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashhis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:

  • yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmay-digan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;

  • dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuv-chilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;

  • yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;

  • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang – barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;

  • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foy­dalanuvchi muta-xassisning shaxsiy tajribasidan foy­dalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan eks­pert tizimlarini yaratish imkoniyati;

  • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakl-lantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish