K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»



Download 1,59 Mb.
bet54/77
Sana19.11.2022
Hajmi1,59 Mb.
#869055
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tayanch so’z va nboralar:

Tadqiqot va loyihalashtirish; axborot texnologiyalari; avto-matlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari; ekspert tizimlari; avtomatlashgan loyihalash tizimlari; AAT qo‘llanilish sohalari.




Takrorlash uchun savollar.

  1. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalarini qo‘llash yo‘llarini aytib bering.

  2. Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimi qanday vazi­falarni bajaradi?

  3. Avtomatlashgan loyihalash tizimining rivojlanib borish ten-densiyalarini ayting.

5.3-§. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING AVTOMATLASHGAN BOSHQARISH TIZIMLARI


Texnologik jarayonlarning avtomatlashgan boshqarish tizimlari (TJABT) harakteri ishlab chiqarish jarayonlarning (uzluksiz yoki diskret) harakteriga bog‘liq.
TJABT harakterli uzluksiz ishlab chiqarish korxonalarida. Uzluksiz ishlab chiqarishning o‘zi (kimyo, iyeftni qayta ishlash, energetika) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning cheklangan nomenkla-turasi, xom ashyoning muayyan turlari, yuqori ixtisoslashgan qurilmalar o‘rtasida moddiy oqimlar bo‘yicha keskin aloqalar bilan izohlanadi. Bunda texnologik jarayon yuzlab va minglab nazorat qiluvchi parametrlar bilan harakterlanadi. Jarayonning holati haqidagi axborot jismoniy (elektrik, optik, mexanik va boshqa signallar) harakter kasb etadi. Signallar texnologik jarayonga kiritilgan maxsus datchiklarda qayd etiladi. EHM axborot yig‘adi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi va real jarayonga mos keluvchi maxsus matematik modellar tizimi bo‘yicha boshqariluvchi parametrlar ahamiyatini ishlab chikddi. Bu ahamiyatlar talab qilinadigan tasavvurlarga aylanadi va ijrochi mexanizmlar orqali jarayon para-metrlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jarayonni boshqarish aniqligi matematik model-lar sifati bilan belgilanadi, ular odatda immitatsiyaviy, ko‘p parametrli bo‘ladi. Shunisi ham muhimki, EHMdan boshqarish jarayonning uzi ketayotgan sur’atda, ya’ni real vaqt rejimida amalga oshirilishi lozim. Bunda datchiklar, o‘zgaruvchilar, ijrochi mexanizmlarning apparatura sifatidagi yuqori ishonch-liligi ta’min-lanishi lozim. TJABTlar qo‘llanilish samarasi yuqori bo‘lgan tizimlar-dir. Zero, ish rejimlarini optimallash talab qilinayotgan sifatli mahsulot olish im­konini beradi. Bunda mehnat, moddiy va energetik sarfiyotlar kamaygan holda ayni paytda qurilmalar samaradorligi oshib boradi.
TJABT diskret harakterli ishlab chiqarish korxonalarida. Diskret harakterli ishlab chiqarish korxonalari xom ashyoning katta nomenklaturasi, qurilmalarning turli-tuman holda joylashtiri-lishi mahsulot ishlab chiqarishning ko‘p operatsiyaviyligi bilan ajralib turadi. Bunda mahsulot ishlashga sarflanadigan vaqt ishlab chiqarish siklining 5 – 10% ini tashkil etadi. Qolgan vaqtni tashish, qayta sozlash, ishga tayyorgarlik ko‘rish, chiqindilarni olib chiqish va hokazolar band etadi.
Diskret ishlab chiqarish uchun hisoblash texnikasidan foyda-lanishning quyidagi variantlari mavjud. Dastlabki, eng oddiy variantda faqat raqamli dasturiy boshqaruvi (RDB) boltan stanoklarda mahsulotlarga ishlov berish jarayonigina avtomat-lashtiriladi. Bunda asbobni almashtirish, detallarni yechib olish kabi jarayonlar avtomatlashtirilmagan.
Diskret ishlab chiqarishda sanoat statsionar yoki ko‘chma ishlardan (KI) keng foydalaniladi. KI bir qancha erkin darajali ijrochi qurilma (mani-pulya­tor) va dasturiy boshqarishning qayta dasturlashtirilgan qurilmasiga ega. TJABT turli operatsiyalarni (payvandlash, bo‘yash, yuk ortish, yuk tushirish, tashish va hokazolar) avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Erkin nomenklatura mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ular harakteristikasi ahamiyatining belgilangan doiralarida avtonom ishlaydigan, EHM orqali boshqariladigan texnologik qurilmalardan foyda-laniladi. Uni moslashuvchan ishlab chiqarish modeli (MIM) deb ataladi.
MIM sanoat ishlari bilan jamuljamlikda avto­nom ishlay-digan va EHM tomonidan kompleks boshqariladigan robot-texnik kompleksni (RTK) hosil qiladi.
EHM majmuidan muayyan izchillikdagi texnologik operatsiya-larni bajaruvchi moslashgan avtomatlashgan liniya (MAL), shuning-dek texnologik qurilmalar izchilligi o‘zgarishi buiicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan moslashgan avtomatlashgan uchastka (MAU) yig‘ilishi mumkin.
Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashning oliy darajasi moslashgan ishlab chiqarish tizimi (MIT) – RDB, RTK, MIM bilan qurilmalar majmui va ularni ta’minlash tizimi bo‘lib avtomatlashgan trans­port – omborxona tizimi, asbob jihatdan ta’min­lash avtomatlashgan tizimni, avtomatlashgan nazorat va chiqindilarni bartaraf etish tizimini o’z ichiga oladi.
Hisoblash texnikasini sinovlar o‘tkazish jarayonlariga tadbiq etish sinovlar o‘tkazishning avtomat­lashgan tizimini (SUAT) yaratishga olib keladi, ularning vazifasi matnli dasturlar va signallarni be­rish, sinovlar vaqtida obe’ktning holati haqida axborot yig‘ish sinovlar natijalarini tahlil etish va qayta ishlash hamda yakuniy xulosa chiqarishdan iboratdir.
Texnologik boshqarishda shaxsiy kompyuterlar. Bu sohada shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning asosiy muammosi – qurilma mikroprotsessorlar va SHKdan foydalanish sohalarining bo‘linishidir. Tadqiqotlar va real amaliyot shuni ko‘rsatadiki, amalga oshirilayotgan vazifalarda o‘zgarishga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, SHKni qo‘llash ham texnik, ham iqtisodiy jihatdan ancha samaralidir. Mikroprotsessorlar SHK va SHK tarmoqlari bazasida amalga oshirilgan texnologik boshqarishning arxitektura tizimi to‘laligicha boshqarish ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi va standartlashtirilishi mumkin emas.
SHKni texnologik boshqarishda qo‘llanishini ko‘rib chiqishda o‘lchovlar va tasvirlar bilan bog‘liq qo‘llanmalarning butun bir guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin. SHK – ishlab chiqarishning prinsipial yangi vositalari: moslashgan tizimlar va o‘lchov komplekslarining axborot uzagiga aylandi.
Shaxsiy kompyuter asosida nazorat – o‘lchov apparatining yaratilishi korxonalarda SHKni qo‘llashning yangi bir sohasi sanaladi. Uning yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasida mahsulotni tekshirib ko‘rish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda SHKni yuqori sifatli ulchash va sinash tizimiga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqarish yo‘lga kuyilgan. Bunday jihozlantan SHK asosiy funk-siyasidan (axborotni qayta ishlash va taqdim etish) tashqari eslab qoladigan raqamli ossillograf, vaqtinchalik signal ketma-ketligi generator-lari, ma’lumotlarni tuplash qurilmasi, ko‘p maqsadli o‘lchov qurilmalari sifatida foydalanilishi mumkin. SHK bozorida sanoatning turli tarmoqlari foydalanishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotning ko‘plab turlari mavjud.
SHKni nazorat – o‘lchov asbobi sifatida qo‘llash hisoblash bloklariga ega murakkab qurilmalar ishlab chiqarishdan ko‘ra foydalirokdir.
Boshqaruv vazifalarini to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin:

  • mexanizmlarni boshqarish;

  • texnologik rejimlarni boshqarish;

  • taktik boshqarish (rejalarini tanlash);

  • vaziyatni boshqarish.

Amalga oshiriladigan funksiyalarda dinamika bo‘lganda SHKni qo‘llash o‘zini oqlaydi. Quyi darajada (mexanizmlarni boshqarish) SHKni qo‘llash kamdan – kam hollarda o‘zini oqlaydi. Rejimni boshqarish darajasy nisbatan ko‘proq o‘zgarib turadi va shu bois bu o‘rinda SHKni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Texnologik jarayonlarni boshqarishning aniq tizimlari ko‘p protsessorli SHKdan iborat bo‘lgan lokal hisoblash tarmoqlari asosida tashkil etiladi. SHKning ko‘p protsessorligi avariya holatlaridan ish qobiliyatini saqlay olishni ta’minlaydi.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish