K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»



Download 1,59 Mb.
bet14/77
Sana19.11.2022
Hajmi1,59 Mb.
#869055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tayanch so’z va iboralar:
Axborot tizimi; boshqaruv darajalari; axborot taqsimoti; axborot tizimlari-ning turlari; boshqaruv darajasidagi o’zaro aloqalar.


Takrorlash uchun savollar.

  1. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Boshqaruv darajasiga ko’ra axborot qanday taqsimlanadi?

  3. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o’za­ro aloqalari-ni tushuntirib bering.

  4. Axborot tizimlari qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi?

2 - b o b.
AXBOROT VA MA’LUMOTLAR


«Agar dalillar nazariyani tasdiq-lamasa, ulardan xoli bo‘lish kerak».
Mayers qonuni


2.1-§. AXBOROT: ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR

«Axborot» suzi lotincha «information» so‘zidan olingan bo‘lib, biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi.


Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayni paytda uning miqdoriy tavsifini, ya’ni texnik-iqtisodiy va falsafiy, shuningdek, gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlarini farqlaydi.

  1. Falsafiy nuqtai-nazaridan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali deb qaraladi. Ong ham o‘z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib chiqqan holda axborot signallarning tartibga solingan ketma-ketlik obrazi bo‘lishi lozim. Aniqrok, aytganda, semantikaga (mazmun, mohiyatli) ega, fikr tashuvchi bo‘lishi kerak.

Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks ettirgandagina axborot mavjud bo‘ladi, aks holda borliq axborotsiz qoladi. Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va moxi-yati sanaladi.

  1. Kibernetik nuqtai-nazaridan, tirik organizm, avtomatik harakat-lanuvchi mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlanishi yuz beradi. Ayni paytda keladigan axborot signallari ob’ektining tashqi ta’sirlarga bo‘lgan reaksiyasini ishlab chiquvchi chiqadigan signallarga aylantiriladi.

Signallarni uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq va vaqtda harakatlanishi hamda ob’ektlar yoki muhitlarning o‘zaro aloqasi holatini, tarkibining o‘zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga oshi-rilishi mumkin.

  1. Axborot nazariyasida ko‘lpincha «axborot miqdori» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda asosan shu narsa anglashiladiki, axborot – bu axborot olinguncha va olingandan so‘nt mumkin bo‘lgan javoblar sonining funkshlyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatla-nishi undagi mavhumlikni (noaniqdikni) bartaraf etishdan iborat.

  2. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish ob’ekta sanalgan barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtai nazari-dan ko‘rib chiqiladi.

  3. Iqtisodiy - xo‘jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof muhit to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o‘zgarishi jarayonidan olingan bo‘lishi mumkin.

Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot – bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir.
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta’rif keltirish mumkin. Axborotbu, yaratuvchisi doirasida kolib ketma-gan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo‘lgan atrof-muhit (ob’ektlar, voqea-hodisalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Mazkur yo‘nalishda quyidagilar muhim saialadi:

  • axborot – bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’-lumotdir;

  • axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo‘ladi, u uz yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;

  • axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko‘rinishida ma’lum bir tilda ifodalangan;

  • xabar moddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin (xabar axborotni uzatish shaklidir);

  • xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;

  • u jamoat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi;

Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash;

  • tashkilotning, bo‘linmalarning joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish;

  • asosli va o‘z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;

  • maqsadga erishishda bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirish.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish