Sotsial intellektning funksiyalari quyidagilardan iborat:
− o’zgaruvchan sharoitlarda adekvatlikni va moslashuvchanlikni ta`minlashi;
− taktik va strategik yo’nalishlarda o’zaro muvaffaqiyatli mutanosiblik
dasturlari va rejalarini shakllanishi, joriy masalalarni hal qilish;
− shaxslararo munosabatlardagi voqealarni rejalashtirish va ularni
rivojlanishini prognoz qilish;
− motivatsion funksiya;
− ijtimoiy raqobatbardoshlikni kengaytirish.
Sotsial intellektning asosiy vazifalaridan biri uzoq muddatli o’zaro
munosabatlarni shakllantirishdir. O’zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini
tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta’sir o’tkazish va munosabatlarni
mustahkamlashdan iboratdir.
Respublikamiz olimlaridan Sh.Usmonova tomonidan talabalar kasbiy
shakllanish jarayonida umumiy intellekt va sotsial intellektining o‘zaro aloqadorlik
imkoniyatlari o‘rganilgan. Ammo mamlakatimiz psixologlari tomonidan
hanuzgacha sotsial intellektni muayyan kasbiy faoliyatga yoki xususan, pedagoglar
misolida atroflicha va to‘liq o‘rganilmaganligi kuzatildi. Bu esa bugungi o‘qituvchi
faoliyati misolida uning sotsial intellektiga daxldor bulgan imkoniyatlari ko‘lamini
aniq belgilab olishni taqozo etadi. Shunday qilib, yuqoridagi tadqiqot
yo‘nalishlarining tahlili birinchidan umumiy tarzda, ilmiy-nazariy jihatdan sotsial
intellektga tarif berish imkonini bersa, ikkinchidan tadqiqot maqsadiga mos sotsial
intellekt mezonlarini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash uchun ilmiy-nazariy
asos bo‘lib xizmat qiladi. Aytish mumkinki, barcha nazariy-metodologik asoslar
bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar
sotsial intellekti jarayoni haqidagi tegishli tasavvurlarni shakllantirish uchun
ma’lum darajadagi ilmiy tadqiqotlarni olib borishda tegishli ilmiy oydinliklar
kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, sotsial
intellekt jarayoni o‘zining maqsadi va mohiyatiga ko‘ra keng qamrovli bo‘lishi
bilan birga har bir faoliyat doirasida uni tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, o‘qituvchi kasbiy faoliyati doirasida sotsial intellekt ko‘lamini tadqiq
qilinishi esa ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy imkoniyatlar
kalitini ochib berishi shubhasizdir.
Shu ma’noda sotsial intellektning kasbiy faoliyat doirasida tadqiq etilishida
quyidagi ilmiy-amaliy vazifalarni amalga oshirish lozim deb o‘ylaymiz:
1. Sotsial intellekt va kasbiy faoliyat kompetentligi o‘rtasidagi ijtimoiy
psixologik uyg‘unlik imkoniyatlarini aniqlash va tahlil qilish.
15
2. Uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
o‘qituvchilar misolida ulardagi sotsial intellekt ko‘rsatkichlarining ish
samaradorligiga ta’sir kuchini belgilab beruvchi ijtimoiy psixologik omillarni
belgilash va tadqiq qilish.
3. O‘qituvchi faoliyatidagi shaxslilik xususiyatlari va sotsial intellekt
o‘rtasidagi mutanosiblikning qay darajada namoyon etilayotganligini tahlil qilish.
4. O‘qituvchi sotsial intellekti va kasbiy kompetentligi uyg‘unligini
ta’minlovchi omillar o‘rtasidagi korrelyatsion munosabatlarni empirik jihatdan
tahlil qilib, tegishli xulosalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish.
5. Uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi sotsial intellektni
rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash masalasiga jiddiy
yondashish.
Ma’lumki, o‘qituvchi faoliyatida sotsial intellektning roli va ahamiyatini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi, sotsial intellekt omillarini ilmiy
jihatdan to‘g‘ri tanlash, tushunish va tadqiq qilish jarayoni o‘qituvchi va uning
kasbiy faoliyati taraqqiyotidagi ijtimoiy-psixologik uyg‘unlikni ta’minlash uchun
zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy tadbirlar ko‘lamini ishlab chiqish imkonini beradi.
Buning uchun esa, dastavval, sotsial intellekt omillari va mezonlari ko‘lamini
belgilash va ularning har birini chuqur o‘rganish uchun tegishli usullarini yoki
uslublarini tanlash va ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Sotsial intellekt har bir shaxsdagi faoliyat jarayonida sodir bo‘luvchi xulqatvor belgilari muvofiqlashtiriladigan va bir-biriga yaqinlashtirib
«tenglashtiriladigan» jarayonlarining kechishi bilan bevosita bog‘liq. Bu muammo
G.M.Andreyeva tadqiqotlarida shaxs xarakteridagi motivatsiyalarning shakllanishi
va amalga oshirilishi, shuningdek, o‘zaro hamkorlikka intilishi nuqtai nazaridan
asoslab beriladi. Bunda asosan, quyidagi ikki jihat asosida tarkib topuvchi shaxs
xususiyatlarining qaror toptirilishi sotsial intellekt vositasi sifatida tadqiq qilinadi
va asoslab beriladi. Chunonchi, sotsial intellekt rivojlanishining birinchi omili,
shaxsning insonlar bilan o‘zaro munosabatga qobiliyatliligi, yuqori darajada
muloqot-mandligi bilan bog‘lansa, ikkinchidan, suhbatdoshning xulq-atvori, xatti-
harakatlari, kechinmalariga nisbatan sezuvchanlik qobiliyati va turli xil
vaziyatlarga moslashuvchanlik qobiliyatlardan iborat ekanligi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |