36
Jyul Vern
Kunlardan bir kuni – 6-fevralda missis Ueldon Dik
Send haqida kapitan Gul bilan gaplashib qoldi. Kapitan
Gul yosh matrosni juda maqtadi.
– Sizga rostini aytsam, – dedi kapitan missis Ueldon-
ga, – bu boladan ajoyib kapitan chiqadi. Unda dengizga
qandaydir tug‘ma havas bor. Hamma narsani juda tez
bilib olishi va qisqa vaqt ichida ko‘p ishlarni uqib olishi
meni hayron qoldiradi.
– Shuni qo‘shimcha qilib aytishim kerakki, – dedi
missis Ueldon, – u juda halol va yaxshi bola, o‘zi yosh
bo‘lsa ham jiddiy va tirishqoq. Men uni ko‘p yillardan
beri bilaman, hozirgacha xafa qiladigan hech bir ayb ish
qilgani yo‘q.
– Nimasini aytasiz! – deb qo‘shilishdi kapitan Gul unga,
– Dik juda ajoyib bola! Shuning uchun ham hamma uni
yaxshi ko‘radi.
– San-Fransiskoga borganimizdan keyin, – deb davom
qildi missis Ueldon, – erim uni kapi tan qilib yetishtirish
uchun dengiz o‘quv yurtiga beradi.
– Juda ham soz qiladi, – dedi kapitan Gul. – Men isho-
namanki, vaqti kelib Dik Send yaxshi dengizchi bo‘lib
yetishadi.
– Bechora bolaning yoshligi juda og‘ir o‘tgan, boshidan
ko‘p mashaqqatlarni kechirgan...
– Bu saboqlar behuda ketmabdi-ku. Dik faqat ko‘p
mehnat qilibgina odam bo‘lish mumkinligini tushungan.
– U hozir ham to‘g‘ri yo‘ldan ketayotipti.
– Mana, siz unga bir qarang, missis Ueldon, – deb
davom qildi kapitan Gul. – U hozir shturval oldida tu-
rib navbatchilik qilyapti, bushpritning uchidan hech
ko‘zini uzmaydi. Uning butun diqqati va fikri yodi ke
-
mani boshqarishda, shuning uchun ham kema hech
yoqqa chalg‘imasdan yo‘lidan to‘ppa-to‘g‘ri ketyapti.
O‘smiri tushmagur halitdanoq usta rul boshqaruv-
chilar singari ish ko‘ryapti. Bu – dengizchi uchun
yaxshi xislat. Bilsangiz, missis Ueldon, dengizchilik
hunariga bolalikdanoq o‘rgana boshlash kerak. Bu
37
«O‘n besh yoshli kapitan»
hunarga yoshlikdan o‘rganmagan kishi hech qachon
yaxshi kapitan bo‘la olmaydi. Xususan, savdo flotida.
Bolalikda hamma narsadan saboq olasan, o‘z-o‘zidan
to‘g‘ri harakatlar qilishga o‘rganasan, natijada juda
tez ish qiladigan bo‘lasan.
– Ammo, harbiy flotda ham juda yaxshi dengizchilar
bor-ku, – dedi missis Ueldon.
– Albatta. Lekin, bilishimcha, yaxshi dengizchilarning
hammasi ham dengizda yoshligidan boshlab xizmat qila
boshlagan. Nelson
12
ni va shu singarilarni xotirga olinsa
bas.
Shu onda kayutadan Benedikt tog‘a chiqib keldi.
Odatdagicha u parishonxotirlik bilan kema palubasida
dovdirab, kema devoridagi yoriq-teshiklarni diqqat bilan
qarab yurar edi.
– Qalay, yaxshimisiz, Benedikt tog‘a? – deb so‘radi
missis Ueldon undan.
– Rahmat, jiyanim Ueldon... Yomon emas... Zorlanadi-
gan o‘rni yo‘q... Lekin tezroq uyga yetib olsam deyman.
– Stol tagidan nima qidiryapsiz, janob Benedikt? – deb
so‘radi kapitan Gul.
– Hasharot qidiryapman, taqsirim! – dedi Benedikt
tog‘a jahl bilan. – Hasharotdan bo‘lak nima qidirardim?
– Hasharot? Bo‘lmasam biroz sabr qilasiz, chunki
dengizda hasharot topib, kolleksiyangizga qo‘shishga
ko‘zim yetmaydi.
– Nega topmayin? Kemada hasharot bo‘lmaydimi, axir?
– Yo‘q, Benedikt tog‘a, – deb uning so‘zini bo‘ldi missis
Ueldon. – Kapitan Guldan xafa bo‘lsangiz ham bo‘ladi,
chunki u o‘z kemasini shunday ozoda tutadiki, barcha
urinishla ringiz, shubhasiz, behuda ketadi.
Kapitan Gul kulib yubordi.
– Missis Ueldon hazillashyaptilar, – dedi ka pitan. –
Lekin kayutalardan hasharot qidirmoqchi bo‘lsangiz,
menimcha, chindan ham vaqtingiz bekor ketadi.
12
Nelson – ingliz admirali (1758–1805).
Do'stlaringiz bilan baham: |