Jurnalistikaga


  Televideniye va radioda ocherk



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

9.  Televideniye va radioda ocherk.
10.  Sud ocherklaridagi asosiy kamchiliklami ayting.
10.3.  Esse
Badiiy  publitsistikaning  o ‘ziga  xos  janrlaridan  biri  essedir.  Esse 
so‘zining  lug‘aviy  m a’nosi  fransuzcha  “tajriba”  degan  m a’noni  bildiradi. 
Bu  m a’no  uning  bosh  xususiyatini  tashkil  etadi:  esse  orqali  insonning 
hayotdan olgan tajribalari, fikr-mulohazalari aks ettiriladi.  Esse ko‘p qirrali 
janr bo‘lib u  ilmiy,  tarixiy va publitsistik ko ‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. 
Yana bir lug‘atda esseni erkin shakldagi  adabiy janr ekanligi aytiladi.  Esse 
o ‘zbek  tilida  «badia»  shaklida  ham  ishlatilishi  mumkin,  bu  esa  kishining 
diqqatini tortadigan, keng mushohadali badiiy asar m a’nosini beradi.  Badia 
biror  bir  tarixiy,  ilmiy  mavzu  borasida  erkin  badiiy  uslubda  yozilgan 
asardir.  Y a’m,  esseda ilmiy-adabiy,  ijtimoiy  mushohadalar,  tadqiqotlar o ‘z 
ifodasini topadi,  tahlil, mulohaza va xulosalar asosiy  o‘rin tutadi.
Esse o ‘z xususiyati  bilan ocherkka yaqin turadi, y a ’ni unda ham  hayot 
voqealari  badiiy-publitsistik  usulda  aks  ettiriladi.  Ammo  essening 
ocherkdan 
farqi 
-  
uning 
erkin 
uslubda 
yozilishi, 
hajmining 
cheklanmaganligi,  muallifning  olingan  mavzu  borasida  atroflicha  fikr 
yuritib,  kerakli  o ‘rinlarda  ilmiy,  kerakli  o'rinlarda  ijtimoiy-tarixiy  va 
badiiy  vositalardan  keng  foydalanishi,  publitsistik  xulosalar  chiqarishida 
o‘z ifodasini topadi.
Esseda  biror  tarixiy  voqea  yoki  zamonaviy  muammo  erkin  fikrlash 
asosida  bayon  etiladi,  unda  muallifning  o ‘ziga  xos  tahlili  asosiy  o ‘rm 
tutadi.  Esseda  muallifning  shaxsiy  kuzatishlari  va  mushohadalari  bosh 
vazifani  bajaradi.  Ammo,  esseda publitsistik  mushohada va xulosa  asosiy 
o ‘rin  tutishi,  y a’ni  u  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  b o ig a n   fakt,  voqea, 
muammolarga  bagMshlanib, jamoatchilik  fikrini  uyg‘otishi  lozim.  Mazkur 
janrda  fan,  siyosat  va  adabiyotning  uyg‘unligi  mavjud  boiganligi  sababli
269


unda  obraz  va  obrazlilik  o ‘ziga xos  xususiyatga  ega b o iad i.  Shu  boisdan 
essedagi  ilmiy,  tarixiy,  ijtimoiy  tadqiqot  va  mushohadalar  xuddi 
maqoladagi kabi jiddiy tahlil  uslubida berilishi ham mumkin.  Faqat kerakli 
o ‘rinlardagina badiiy  vositalar va shu jumladan obraz va obrazlilikdan ham 
foydalaniladi.  Bu  jihatdan  esse  muammo  ocherkiga  yaqin  turadi.  Esseda 
yo‘l  va  portret  ocherklariga  xos  xususiyatlar  ham  uchrashi,  ya’ni  biror 
shaxs obrazi yoki y o i  taassurotlari ham o ‘z ifodasini topishi mumkin.  Esse 
g‘arb  jurnalistikasida  keng  qoilaniladi.  0 ‘zbek  jurnalistikasiga  ham  bu 
janr  keyingi  yillarda  kirib  keldi. 
Bunga  misol 
sifatida  taniqli 
adabiyotshunos  O.Sharofiddinovning  «Tafakkur»,  «Jahon  adabiyoti» 
jurnallarida 
bosilgan 
esselari 
misol 
b o ia  
oladi. 
Bu 
esselarda 
zamonamizning  shu  kungi  muhim  ijtimoiy-ma’naviy  muammolari 
ko‘tarilib  chiqiladi.  Qardosh  qoraqalpoq  adibi  T.Kaipbergenovning  qator 
adabiy-badiiy  esselarida  yozuvchining  hayot  va  zamon  haqidagi  falsafiy- 
ijodiy  qarashlari  o ‘z  ifodasini  topgan.  X.Davron  esselarida  esa  tarixiy 
mavzular  bo‘yicha  fikr-mulohazalar  yuritilsa,  iqtidorli  jurnalist  Q o‘chqor 
Norqobilning  esselarida  ham  shu  kunning  muhim  ijtimoiy-ma’naviy 
masalalari  qalamga  olinadi.  Shu  kungi  jumalistika  sahifalarida  ham 
essening turli kocrinishlarini ko‘rish mumkin.
Hayotimizning turli  mavzulariga  bag‘ishlangan  bu  esse  va  badialarda 
shu  kun  uchun  muhim  b o ig an   biror  voqea,  biror  shaxs  faoliyatining 
qirrasi,  yoxud  shu  kun bilan b o g iiq   b o ig an  tarixiy voqealar aks  ettiriladi. 
Masalan,  adabiy otshunos  olim  va  adib  M .Qo‘shjonovning  « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati»  gazetasining 2005-yil 4-fevral  sonida bosilgan «Xiva 
suhbati»  badiasi  qadimgi  Xorazm  tarixiga  bagishlangan  b o iib ,  unda  bu 
yurtda  yashab  o ig a n   Jaloliddin  Manguberdi, 
Pahlavon  Mahmud 
Puryovaliy va boshqa ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir turli  qiziqarli 
faktlar  keltiriladi,  muammolar  o‘rtaga  tashlanadi.  M uallif  o‘z  badiasini 
xorazmlik  yozuvchi,  qator  tarixiy  asarlar  yaratgan  Erkin  Samandar  bilan 
suhbat tarziga qurgan.  Yozuvchi Murod Xidiming «M a’rifat»  gazetasining 
2003-yil  26  -   dekabr  sonida  bosilgan  «Ibtidodda  so‘z  boigan»  badiasi 
ham  m a’naviy  masalalami  qalamga  oladi.  Unda kitob  va uning  shu  kungi 
inson  hayotidagi  o ‘rni  masalalari  mushohada  etiladi.  M uallif  yaxshi 
kitoblar yaratish va nashr  etish  borasida qator  masalalami  o‘rtaga tashlab,
270


jamoatchilik  fikriga  havola  qiladi.  Shoir  Asqar  Mahkamning  «Adabiyot 
ibodati»  badiasi  ( « 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va san’ati»,  2004-yil,  22-dekabr) 
ham  m a’naviy-ijodiy  masalalarga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda  shoir 
Shavkat Rahmonning hayoti  va  ijodiga  doir  chizgilar  o ‘rin  olgan.  M uallif 
iqtidorli  shoirning  hayotiy  qarashlari,  badiiy  izlanishlari  va  mahoratining 
bosh qirralarini izchil tasvirlab bera olgan.
Yuqoridagi  esselar  asosan  muayyan  tarixiy  shaxslarga  bag ‘ishlangan 
bo ‘lsa  N.Ochilovning  « 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  gazetasining 
2003-yil,  11-aprel  sonidan  joy  olgan  «Qaytish»  deb  nomlanuvchi 
essesining  qahramoni  esa  umumlashtirilgan,  badiiy  to ‘qima  shaxsdir. 
Esseda tasvirlanishicha  Sharifjon  degan  yigit  ilm  olish  bilan  shug‘ullanar, 
doktorlik  dissertatsiyasi  ustida  ishlayotgan  ekan.  Ammo  u  turmush 
qiyinchiliklari  tufayli  ilmni  tashlab  o ‘zini  bozorga  «uradi»  va  yaxshigina 
m ablag‘  orttirib,  boyiy  boshlaydi.  Ammo  uning  dilidagi  ilmga,  ijodga 
bo ‘lgan  muhabbati  sira  tinchlik  bermaydi,  vijdoni  qiynaladi.  Nihoyat  u 
bozorni  tashlaydi  va  yana  ilmga  qaytadi,  doktorlik  dissertatsiyasini 
muvaffaqiyatli  yoqlab,  el-yurt  oldida  yuzi  yorug‘  b o iad i,  uning  qalbida 
hayotdan  mamnunlik  hislari  yana  uyg‘onadi.  Bu  badia  mavzu  va  badiiy 
yechim  jihatidan  o ‘ziga  xosligi  bilan  ajralib  turadi.  Umid  Yoqubovning 
«M a’rifat»  gazetasining  2004-yil  15-dekabr  sonida  bosilgan  «Gulxan 
o ‘chmagan kecha»  badiasi ham shu kunning m a’naviy  masalalari,  inson va 
uning  hayotdagi  o ‘rni  muammosiga  bag‘ishlangan.  Unda  yosh,  hayotga 
chanqoq,  haqiqatning  ko ‘ziga  tik  boqa  oladigan,  chuqur  mushohadali 
m uallif obrazi namoyon boiadi.
Esse  o ‘ziga  xos  ko‘p  qirrali,  murakkab  janr  bolganligi  boisidan  u 
k o ‘proq yozuvchilar,  olimlar,  mutaxassislar tomonidan yoziladi  va odatda 
adabiy-badiiy  nashrlarda  e ’lon  qilinadi.  Shuningdek,  u  jurnalistika 
nashrlaridan tashqari radio va televideniyeda ham berilishi mumkin.  Bu xil 
esselarda publitsistika bilan  bir qatorda radio va televideniye  xususiyatlari 
ham o ‘z ifodasini topadi.
Esse  kelajakda  o ‘zbek  jurnalistikasining  ham  asosiy  janrlaridan  biri 
b o iib  qoladi.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish