Jurnalistikaga


  Muammoli reportajga m isollar keltiring



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

5.  Muammoli reportajga m isollar keltiring.
6.  Gazeta  va ju rn a l  reportaji  bilan  radio  yo k i  televideniye  reportaji 
о ‘rtasidagi farqn i ayting.
 
’’
197


9-BOB. TAHLILIY PUBLITSISTIKA
M a’lumki, jurnalistika  ijtimoiy  hayotni  aks  ettirishning  bir  k o ‘rinishi, 
uni bilish, tadqiq etish va unga qaytadan ta ’sir etishning muhim vositasidir. 
Jumalistikaning  jam iyat  hayotmi  bilish,  tadqiq  etishida  publitsistikaning 
tahliliy qismi  asosiy rol  o ‘ynaydi.  Tahliliy  publitsistika axboriy -  xabardor 
etish publitsistikasining tadrijiy davomi  b o iib , u insoniyatning o ‘zini o ‘rab 
turgan  dunyoni  bilishdagi  ikkinchi  muhim  qadami,  real  borliqning  inson 
ongidagi  in’ikosining  ikkinchi  qatlamidan  kelib  chiqadi.  Inson  tashqi 
dunyoni  anglashda  oddiydan  murakkabga,  yakkadan  umumiyga  qarab 
borishi tabiiy.  Bu dunyoni  bilishning  induktiv (k o ‘rsatish,  m o ijalg a olish) 
usuli  b o iib ,  fandagi  ilmiy-tadqiqotlarda bosh  o ‘rinni  egallaydi.  Inson  o ‘zi 
ko ‘rgan, guvohi b o ig a n  voqea va hodisalarni  boshqalarga yetkazadi, xabar 
qiladi,  hikoya  qilib  beradi,  tasvirlaydi.  Bu  axboriy  publitsistikaning  kelib 
chiqishiga  sabab  b o ig a n   ijtimoiy-tarixiy  hoi.  Ammo  inson  bu  bilan 
chegaralanib  qolmaydi,  u  hayotda k o ‘rgan,  guvohi  b o ig an   ayrim  faktlarni 
bir-biriga qo ‘shadi,  bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqishi  sabablari va 
pirovard  oqibatlarini  bilishga  intiladi,  ularni  baholaydi,  m a’qullaydi  yoki 
inkor  qiladi  va  hokazo.  Bu  esa  deduktiv  (bilmoq,  mohiyatni  anglamoq) 
usul  bilan  dunyoni  bilish,  tahlil  qilish,  xulosa  chiqarishdan  iborat  b o iib , 
fan  nazariyasining  asosini  tashkil  etadi,  publitsistikada  esa  uning  tahliliy 
qismmi tashkil etadi.
Agarda  dunyoda  mavjud  b o ig an   fakt,  yuz  bergan  voqea,  hodisalar 
uning  tashqi,  k o‘zga  k o iin ib   turgan  yuza  qatlaminj  tashkil  etsa  bu 
faktlarning  asosi,  voqea  va  hodisalarni  asl  mohiyati,  obyektiv  qonuniyati 
ularning  ko‘zga  ko‘rinmaydigan  ichki,  chuqur  qatlamlarini  hosil  qiladi, 
odamzod  bu  qatlamga  yetib  borish,  anglash  uchun  ikkinchi  bir, 
oldingisidan  chuqurroq  bilish  usuli  -   tahlil  va  tadqiqni  ishga  soladi.  Ana 
shu  qonumyat  tahliliy  publitsistikada  o ‘z  ifodasini  topadi.  Agarda  inson 
hayotdagi  fakt,  voqea va  hodisalarni jumalistikadagi  axboriy  publitsistika 
janrlari  orqali  k o ‘rib,  bilib,  o ‘qib  xabar  topsa,  tahliliy  publitsistika  orqali 
ichki mohiyatini bilib oladi, anglaydi,  o‘zi uchun zarur xulosalar chiqaradi, 
ijtimoiy  faoliyatini  belgilaydi.  Y a’ni,  axboriy  publitsistika  inson  ongining 
ustki  qatlamlariga  etib  kelsa,  tahliliy  publitsistika  ongning  chuqur
198


qatlamlariga kirib boradi va ta’sir k o lsatad i,  insonga olamni bildiradi,  uni 
zarur tajribalar, nazariya, bilimlar bilan qurollantiradi.
Tahliliy publitsistika xuddi axboriy publitsistika singari hayotni tadqiq 
etishda 
fan, 
ilmning  tekshiruv-tadqiqot, 
umumlashtiruv, 
yuqorida 
keltirilganidek,  induksiya  va  deduksiya  usullaridan  foydalanadi.  Bu  -   fan 
bilan  jurnalistikaning,  publitsistikaning  dunyoni  bilishdagi  bir-biriga 
yaqinligi,  umumiy  xususiyatlarga  ega  ekanligini  yana  bir  bor  isbotlaydi. 
Ammo  tahliliy  publitsistikaning  fandan,  ilmiy  tadqiqotdan  farqi  shundaki, 
u  hayotdagi  fakt,  voqea  va  hodisalarni  umuman,  ilmiy  zarurat  nuqtai 
nazaridan  emas,  balki  jamiyatning  shu  kuni,  ayni  zamoni  manfaatlari 
nuqtai  nazaridan  o ‘rganadi,  tahlil  etadi.  Shu  bilan  birgalikda u  fan  singari 
o cz  sohasiga tegishli b o ‘lgan barcha fakt voqea va hodisalarni bir boshdan 
tekshirmaydi,  balki  shu  kun,  shu  zamon  uchun  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 
boTgan  eng  muhimlarini  tanlab  oladi  va  o ‘zida  aks  ettiradi.  Y a’ni,  u  shu 
kun,  shu  zamonni  shu  kunida,  shu  zamon  kishilari  uchun  aks  ettiradi  va 
jamoatchilik  fikrini  uyg‘otishga  harakat  qiladi.  Binobarin,  tahliliy 
publitsistikaning bosh talabi ijtimoiy ahamiyatlilik, publitsistiklikdir.
Tahliliy  publitsistika  ijtimoiy  borliqni  aks  ettirish  k o ‘rinishlaridan 
b o lm ish   adabiyot  va  san’at  bilan  ham  yaqin  aloqada  b o iad i,  ulardagi 
ayrim  tasviriy  vositalaridan  foydalanadi.  Ammo  u  hayotni  obrazlar 
vositasida tasvir etuvchi adabiyot va san’atdan hayotni tasvirlashda aniq va 
muayyan faktlarga asoslanishi hamda m a’lum ijtimoiy maqsadlarga xizmat 
qilishi, boshqacha qilib aytganda publitsistikaga oidligi bilan ajralib turadi. 
Tahliliy  publitsistika  ham  xuddi  axboriy  publitsistika  kabi  jamiyat 
hayotining  barcha  tomonlarini 
qamrab 
oladi. 

ijtimoiy-siyosiy 
publitsistikada ham,  iqtisodiy-ishlab  chiqarish publitsistikasida ham,  ilmiy 
publitsistikada ham hamda publitsistikaning boshqa sohalarida ham asosiy 
o ‘rm tutadi.  Inson faoliyatining dunyoni bilish,  ijtimoiy anglash borasidagi 
barcha  sa’y-harakatlari,  intilishlarida  tahliliy  publitsistika  hoziru-nozirdir. 
Tahliliy  publitsistika  orqali  inson  jam iyat  qonuniyatlarihi  o ‘rganadi, 
iqtisodiyot,  fan-madaniyat,  adabiyot va san’at va boshqa sohalarda mavjud 
b o ig a n   turli  masala  va  muammolardan  ogoh  b o iad i.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  tahliliy  publitsistika  kishilarga  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,
199


axloqiy,  ilmiy,  tarixiy,  falsafiy,  badiiy-estetik  bilim  beradi,  ularni 
tarbiyalaydi.
Tashqi  dunyoni  bilishda,  uning  qonuniyatlarini  anglab  yetishda bilish 
quroli  bo ‘lgan  nuqtai  nazar,  g ‘oya  va  mafkura  ham  asosiy  o ‘rinni 
egallaydi.  Y a’ni,  inson  dunyoga  qaysi  nuqtai  nazardan,  qanday  ta ’limot, 
qaysi bir g ‘oya,  mafkura asosida yondashadi -  hamma gap  shunda.  Barcha 
fanlar,  adabiyot-san’at singari  publitsistika hamda yuqoridagi kabi  m a’lum 
bir  dunyoqarashga,  ta ’limotga,  g‘oya  va  mafkuraga  asoslanadi.  Uning 
muhim  qismi  b o ig a n   tahliliy  publitsistika  eng  haqqoniy,  ilg‘or 
taraqqiyparvar  ta ’limot,  mafkura  va  g ‘oyalarga  asoslangandagina  hayotni 
to ‘g Lri,  haqqoniy  yorita oladi va  o 'z  ijtimoiy  vazifasini muvaffaqiyatli ado 
etadi.  Y a’ni,  ilg‘or,  davr talablariga javob bera oladigan g ‘oya,  mafkura va 
ta ’limot  tahliliy  publitsistikani  amq,  ravshan  maqsadlarga  yo'naltiradi, 
unga  nimani  va  qanday  tahlil  etishni  belgilab  beradi.  Aksincha,  qoloq. 
eskirgan,  zamon  talablariga  javob  bermaydigan  g ‘oya  va  qarashlarga 
asoslangan  tahliliy  publitsistika  esa  cheklangan  b o iad i  va  inqirozga 
uchraydi.  Bunday  publitsistik  asarlar  joy  olgan  jurnalistikani  omma  rad 
etadi, o ‘qimaydi.
Tahliliy  publitsistika  jumalistikaning  tahlil  ijtimoiy 
vazifasini 
bajarishida  xizmat  qiladi.  Shu  boisdan  u  ommaviy  axborot  vositalarining 
barcha ko ‘rinishlarida keng qoTlaniladi.
Ammo  ommaviy  axborot  vositalari  ko ‘rinishlari  o ‘z  xususiyatiga 
qarab  tahliliy  publitsistikaga  u  yoki  bu  darajada,  ko'proq  yoki  kamroq 
o 4 in   berishi  mumkin.  Masalan,  gazetalar jamiyatning  shu  kundagi,  ayni 
zamondagi  hayotim  yoritar  ekan,  o 'z  sahifalarida  axboriy  publitsistikaga 
nisbatan  k o ‘proq  o ‘rin  bergani  holda  tahliliy  publitsistikaga  nisbatan 
kamroq  o ‘rm  ajratadi.  Jurnallar  esa  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 
madaniy-ma’naviy  hayotining  chuqur  qatlamlarini  yoritar  ekan  tahliliy 
publitsistikaga  gazetalarga  nisbatan  keng  o ‘rin  beradi.  Radioeshittirishlar, 
televideniye  va  mtemetda  tahliliy  publitsistika  axboriy  publitsistika  bilan 
deyarli teng o ‘rin oladi.
Tahliliy  publitsistika  axboriy  publitsistika  bilan  uzviy  bogliq. 
Axboriy  publitsistika  materiallarida tahlil  elementlari  mavjud  bolganidek 
tahliliy  publitsistikada  ham  axboriy,  xabardor  etishlik  xususiyatlari  ham
200


mavjud.  Publitsistikaning  bu  har  ikki  turi  bir-birini  toMdirib  keladi.  Bu 
tahliliy publitsistikaning janrlarida ham o ‘z ifodasini topadi.
Hayotning  chuqur  qatlamlarini  yoritishga  m o‘ljallangan  tahliliy 
publitsistika 
o ‘ziga 
xos 
janrlarga 
ega. 
Bular 
korrespondensiya 
(kengaytirilgan  xabar),  suhbat,  maqola,  taqriz,  sharh,  xat kabilardan  iborat 
bo'lib,  ularning  har  biri  o ‘z  janriy  xususiyatlariga  ega.  Jumladan, 
korrespondensiya  axboriy  publitsistikani  tahliliy  publitsistika  bilan 
bog‘lovchi  janr  bo‘lib,  hayotdagi  faktlar,  voqea  va  hodisalar  tahliliga 
bag‘ishlanadi.  Suhbat  janri  esa  uning  boshlang‘ich  k o ‘rinishi  b o ig an  
so‘rab-surishtirish,  intervyuning  mantiqiy  davomi  hisoblanadi.  Tahliliy 
publitsistikaning  asosiy  janri  bo ‘lmish  maqola  esa  jam iyat  hayotining 
barcha  sohalaridagi  muhim  masala  va  muammolarini  aks  ettirish,  hayot 
voqealarini kengroq tushuntirish, sharhlab berish vazifasini bajaradi.
Taqriz janri  ilm-fan,  adabiyot  va  san’at  asarlariga  baho  berish,  ulami 
tahlil etishga m oijallangan.
Xat janri jamoatchilik fikrini uyg‘otishning muhim vositasi sifatida ish 
ko ‘radi.  Tahliliy  publitsistikaning  bu  xildagi  janriy  rang-barangligi  uning 
jamiyat  hayotini  barcha  sohalarini  qamrab  olish  va  chuqur  ijtimoiy 
qatlamlarga kirib bora olishdan iborat ijtimoiy  vazifasidan kelib chiqadi.
Tahliliy 
publitsistika  shu  bilan  birgalikda  ommaviy  axborot 
vositalarini  turli  k o crinishlaridan joy  olishiga  qarab jumalistika,  radio  va 
televideniye  tahliliy  publitsistikasiga  b o iin ib   ketadi  va  shunga  binoan 
uning janrlari ham turlicha tus oladi.
Tahliliy publitsistikaning  o ‘z  ijtimoiy vazifasini  muvaffaqiyatli  bajara 
olishi  uning  qanday jurnalistikada  ish  k o ‘rishiga,  qaysi  mafkuraga  xizmat 
qilishiga  bevosita  bogliqdir.  Yakka  hukmdorlar  manfaatiga  xizmat 
qiluvchi  jurnalistikada  tahliliy  publitsistika  cheklangan  boTib,  o ‘sha 
hukmdorlar  manfaatiga  xizmat  qiladi.  Kommunistik  jurnalistikada  esa  u 
yakka hokimlik  vositasiga  aylandi.  Faqat  demokratik  tuzum  hukm  surgan 
jamiyat  jurnahstikasidagma  tahliliy  publitsistika  chinakam  taraqqiyot 
uchun  xizmat  qiladi.  O cz  milliy  mustaqilligiga  erishgan  va  demokratik 
tuzum,  adolatparvar  fuqarolik  jamiyati  tuzish  yoTidan  borayotgan 
respublikamizda  tahliliy  publitsistika  umuminsoniy  qadriyatlar,  ilg‘or
201


qarashlarni  o ‘zida  aks  ettirib, jamiyat  hayotining  eng  muhim  masalalarini 
tahlil etib, jamoatchilik fikrini uyg‘otishga xizmat qilib kelmoqda.
Gazetalarimiz,  jurnaliarimizda  bosilayotgan,  radio  va  televideniyeda 
e’lon qilinayotgan tahliliy  publitsistika materiallarida shu  kunimizning eng 
dolzarb masalalari  ocz ifodasini topmoqda.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish