Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

1.3.1.  Jadid matbuoti
Jadidchilik  dastlab  XIX  asrning  80-yillarida  Qrimda  yozuvchi, 
publitsist  Ismoilbek  Gasprinskiy  (ba’zi  manbalarda  Ismoil  G ‘asprali  deb 
ham  nomlashadi)  rahbarligida  qrim  tatarlari  o ‘rtasida  vujudga  keldi. 
( 0 ‘zbek milliy  ensiklopediyasi,  Т.,  3-jild,  519-betga qarang) I.Gasprinskiy 
1883  yilda  ( 0 ‘zbek  milliy  ensiklopediyasi,  2-jild,  577-bet)  “Tarjimon” 
gazctasini  chiqaradi.  B a’zi  manbalarda  bu  sana  1873-yil  deb  ko‘rsatiladi. 
(Lug‘at.  Jurnalistika.  Reklama.  Pablik Rileyshinz.  M a’lumotnoma.  1700 ta 
utama.T.,2003y. 169-173  betlarga,  Qosimov  B.  Ismoilbek  Gasprali  Т., 
1992y.  kitoblariga qarang.)
Gazeta  musulmonlar  orasida  ancha  mashhur  bo‘lgan.  Jadidchilik 
hurukatining  asoschisi  harakatidan  ruhlangan  Turkiston jadidlari  1905-06 
yillarda  bir  nechta  gazeta  ochishga  muvaffaq  bo ‘ladilar.  Jumladan, 
Toshkentda 
1905-1918-yillar  orasida  “Taraqqiy” 
(muharriri-lsmoil 
Obidiy),  “  Xurshid”  (muharriri-Munavvar  qori  Abdurashidxonov), 
“Shuhrat”  (muharriri-AbdulIa  Avloniy),  “Osiyo”  (muharriri-Ahmadjon 
Hcktemirov),  “Tujjor”  (muharriri-Saidkarimboy  Said-azimboy  o ‘g ‘li), 
"Sadoiy  Turkiston”  (muharriri-Ubaydulla  X o‘jaev),  “Najot”  (muharriri- 
Munavvarqori), 
“Kengash” 
(muharriri-Ahmad 
Zakiy 
Validiy 
va 
Munavvarqori),  “Turon”  (muharrirlari-M.Afandizoda,  Abdulla  Avloniy), 
"Ulug‘  Turkiston” (muharriri-Kabir Bakirov),  “Sho‘ron Islom” (muharriri- 
Abdulla  Battol),  “Turk  so‘zi”  (muharriri  -  Temirbek  Xudayorxonov), 
“Turk  eli”  (muharriri-Tahrir  hay’ati)  gazetalari  chop  qilindi.  Yana 
jadidchilar  tomonidan  Buxoroda  “Buxoriy  sh arif’  (muharriri-Mirzo  Jalil 
Yusufzoda),  “Turon”  (Muharriri-G‘iyos  maxsum  Xusaniy)  Samarqanda 
"Samarqand” 
(muharriri-Mahmudxo‘ja  
Behbudiy), 
“Hurriyat”
19


(muharrirlari-Mardonqul  Shohmuhammadzoda,  Akobir  Shomansurov, 
Fitrat)  Qo‘qonda  “Sadoiy  Farg‘ona”  (muharriri-Obidjon  Mahmudov), 
“Tirik  so‘z”  (muharriri-Obidjon  Mahmudov),  “El  bayrog‘i”  (muharriri- 
B o‘lat  Soliev)  gazetalari  hamda  Toshkentda  “Al-isloh”  (muharriri- 
Abdurahmon Sodiq o ‘g ‘li),  Samarqanda “Oyina” (muharriri-Mahmudxo‘ja 
Behbudiy),  Q o‘qonda  “Kengash”  (muharriri-Hamza),  “Yurt”  (muharriri- 
Ashurali Zohiriy) jurnallari ham chop qilindi.
Bu  gazeta-jumallarning  asosiy  g ‘oyasi  Turkiston  xalqini  Mustaqilligi 
uchun  ularni  siyosiy  kurashga  hozirlay  olish  edi.  Bu  muqaddas  ishni  ular 
amalga  oshira  oldilar.  Jadidlar  o ‘zlarining  matbuotlari  orqali  “Ozodlik, 
tenglik va adolat” shiori ostida faoliyat yuritdilar.
Jadidlar  1917-yil  fevral  inqilobini  siyosiy  kurashga  o ‘tish  bilan 
qarshiladilar.  Bu  jadidchilik  harakati  o'zining  yangi  bosqichiga  qadam 
qo‘yganligidan dalolat edi.
Jadidlar  o ‘z  dasturlarida  ko ‘rsatilgan  deyarli  barcha  masalalami 
jumladan,  o'lkada  demokratik  mustaqil  davlat  tuzishdek  siyosiv  rejani 
amalga  oshirish  uchun  birinchidan.  o ik an i  qoloqlikdar»' 
parish, 
ikkinchidan.  xalqqa  m a’rifat  berish,  uchmchidan.  jamiyatm  isloh  qilish, 
to ‘rtinchidan.  avvaliga  Turkistonda  muxtoriyat  hukumatini  barpo  etish, 
beshinchidan.  davlatning  milliy  qo‘shiniga  ega  bo‘lishini  ta’minlash, 
oltinchidan.  o ‘z  milliy  valyutasini  joriy  etish,  yetlinchidan.  soliqlar 
tizimida  o ‘zgartirishlar  qilish,  sakkizinchidan.  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar 
o ‘tkazish,  to^aaizinchidan,  xalq  ommasining  siyosiy  faolligini  o'stinsh, 
o ‘ninchidan.  musulmon  maktablarining  ta ’lim  usuli  va  dasturlarini  isloh 
qilishga qisman erishdilar.  Bu ishda matbuot kuchiga tayandilar.
1917-yil 
26-28-noyabrda 
Q o‘qonda 
b o ‘lgan 
Turkiston 
o ‘lka 
Musulmonlarming  favqulodda  4-quriltoyi  o ‘lkada  Turkiston  Muxtoriyati 
hukumati  tuzilganini  e’lon  qildi.  Bu  Turkiston  mintaqasidagi  dastlabki 
demokratik  hukumat edi.  Albatta unga demokratik matbuot zarur  edi.  “ El 
bayrog‘i“, 
“Birlik 
tug‘i”, 
«Свободный 
Туркестан», 
«Известия 
Временного  правительства  Автономного  Туркестана»  kabi  hukumat 
gazetalari  o'zbek,  qozoq,  rus  tillarida  nashr  qilina  boshlandi.  Avval 
chiqayotgan  “U lug‘  Turkistan”  hamda  “Hurriyat”  gazetalari  muxtoriyat 
hukumati  faoliyatiga  xizmat  qila  boshladi.  Ammo  afsuski,  demokratik
20


hukumat  atigi  72  kun  umr  k o ‘rdi.  1918-yilning  19-26-yanvarida  bo‘lib 
o ‘tgan  Turkiston  oMkasi  ishchi,  soldat  va  krestyan  deputatlarining 
favqulodda  4-syezdi  Turkiston  Muxtoriyati  hukumati  va  uning  a’zolarini 
qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto  ularga qarshi harbiy harakatlar 
boshlandi.  1918-yilning  19  -   fevralida  qurol  kuchi  bilan  Turkiston 
Muxtoriyati  hukumati  ag‘darib  tashlandi.  (A ’zamxo‘jaev  S.  Turkiston 
Muxtoriyati.  Т., 2000 у. kitobini o'qing).
Shunday  qilib  Sovet tuzumi  Turkiston Muxtoriyatini  qonga botirgach 
jadidchilik  harakati  kuchli  o ‘zgarishga  uchradi.  Ularning  matbuoti  yopib 
tashlandi  va  mol-mulki  musodara  qilindi,  faollari  esa  qamoqlarga 
tashlandi, qatag‘on qilindi.
Shu  davr  oralig‘ida  Ismoil  Obidiy,  Munavvarqori,  Abdulla  Avloniy, 
Ahmadjon  Bektemirov,  Saidkarimboy  Saidazimboy  o‘g ‘li,  Mirzo  Jalol 
Yusufzoda,  GMyosiy  Maxsum  Xusayniy,  M ahmudxo‘ja   Behbudiy, 
Ubaydulla  X ocjaev,  Obidjon  Mahmudov,  Abdurahmon  Sodiq  o ‘g ‘li, 
Ahmad  Zakiy  Validiy,  M.Afandizoda,  Kabir  Bakirov,  Abdulla  Battol, 
Temirbek  Xudoyorxonov,  Mardonqul  Shohmuhammadzoda,  Akobir 
Shomansurov,  Fitrat,  B o‘lat  Soliev,  Hamza,  Ashurali  Zahiriy kabi jadidlar 
faoliyat  yuritdilar,  ular  gazeta  va  jurnallar  ochishib,  o ‘zlari  muharrirlik 
qilishdi.
Jadid  matbuoti  xalqni  “har  vaqt  g ‘aflat  uyqusidan  uyg‘otuvchi” 
“millat ongining ochqichi” ekanini namoyish eta oldi.
Ammo  mustaqillik  harakati  1929-yil  oxirida  milliy  ziyolilarning 
ko‘pchiligining  Sovet  rejimi  tomonidan  qamoqqa  olinishi  tufayli  faollik 
bilan  olib  borilgan  siyosiy  kurash  so‘ndi.  K o‘pgina  jadidlar  o‘ldirildi, 
qamaldi, ba’zilari siyosiy hayotdan chetlashib badiiy  ijod bilan shug‘ullana 
boshladi,  ba’zilari  Sovet  idoralarida  turli  lavozimlarda  ishlay  boshladilar. 
0 ‘zbek jurnalistikasi  taraqqiyotidagi  ikkinchi  bosqich  tugab,  1931-yildan 
0 ‘zbek jurnalistikasi  taraqqiyotidagi  ikkinchi  bosqich  tugab,  1931-yildan 
uchinchi  bosqich  boshlandi.  Sovet  davri jurnalistikasi  deb  nomlangan  bu 
bosqich  1990-yilgacha  davom  etadi.  Bu  bosqichda  chop  etilgan  deyarli 
barcha  matbuot  umum  demokratik  qoidalarga  zid  ravishda  yakka 
Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish