Jurnalistikaga


  “N a v ro 'z”,  “P o yta x t”,  “G ran d”,  “Hamroh",  “Vodiy  sa d o si”



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

3.  “N a v ro 'z”,  “P o yta x t”,  “G ran d”,  “Hamroh",  “Vodiy  sa d o si”, 

Oriyat-dono ” radiostansiyalar faoliyatiga  to ‘xtaling.
4.  Radio boshqa  OAV dan qaysi faoliyati bilan us tun turadi?
5.  R adiojum allar faoliyati haqida nimalar bilasiz?
2.2.4.  TELEVIDENIYE
X X
  asrning  o ‘rtalariga  kelib  jurnalistika  tasnifi  yana  bir  ko‘rinish, 
yana  bir  shakl  bilan  boyidi— uni  televideniye  (tele  —  yunoncha —   uzoq, 
videnie  —   ruscha-ko‘rish)  deb  nomlandi.  Televideniye  jumalistikaning
76


elektron  texnikaga  asoslangan  bir  turi  bo‘lib,  elektromagnit  toiqinlari 
orqali  ovoz  va  tasvirni  uzoq  masofaga,  keng  hududga  yoyish  orqali  ish 
ko ‘radi.  Televideniye  OAV  tasnifming  alohida  ahamiyatga  va  o ‘ziga  xos 
xususiyatga  ega  bo ‘lgan  turi  hisoblanib,  ijtimoiy  hayotni  so‘z  bilan 
tasvirlash (gazeta va jum al), ovoz bilan eshittirish (radio)gina etnas,  balki, 
bevosita ko‘rsatish  imkoniga ham  egadir.  Televideniye  ixtiro  etilishi  bilan 
jurnalistika tasnifida juda katta  sifat  o ‘zgarishi,  haqiqiy  inqilob  yuz  berdi: 
kishilar  ijtimoiy  hayot  voqealarini  bevosita  ko ‘ra  olish  imkoniyatiga  ega 
bo‘ldilar,  ijtimoiy  ong  bilan  ijtimoiy  borliq  o ‘rtasida  eng  qisqa  yo‘l,  eng 
qulay ko‘prik barpo  etildi,  inson  ongiga ta ’sir etishning  eng  ishonchli,  eng 
qiziqarli usuli topildi.
Televideniye  faqat  inson  ongiga emas,  uning his-tuyg‘usiga ham  faol 
ta’sir  ko ‘rsatadigan  jurnalistika  turi  b o id i.  Televideniye  inson  aql- 
zakovati,  tafakkurining  bemisl  mevasi,  fan-texnikaning  buyuk  yutug‘i, 
inson  madaniyati  erishgan  olamshumul  natija,  hamda uni  yanada taraqqiy 
etishida tengsiz omil  bo ‘lib qoldi.  Ana shu buyuk kashfiyot tufayli  XX  asr
—  televideniye asri deb nomlanadigan b o id i.
Shuni  aytish  kerakki,  odamzod  qadim  zamonlardan  beri  uzoq- 
uzoqlardagi  manzaralami,  olamda  boTayotgan  voqealami  yaqindan 
ko ‘rishni  orzu  qilib  kelgan,  shunday  bir  asbob  “oynai  jahon”  to‘g ‘risida 
ertak  va  afsonalar  to‘qigan.  U lug‘  mutafakkir  shoir  Alisher  Navoiy 
xalqning  orzu-umidi  bo‘lgan  bu  afsonani  o'zining  mashhur  “Xamsa” 
asaridagi  “Farhod  va  Shirin”  dostonida  tasvirlab,  bu  xayoliy  asbobni 
“jahon  holatini  ravshan”  ko‘rsata  olishini  tasvir va  tavsif etib  o ‘tgan  edi.' 
Bu g ‘oyalar zamonlar o ‘tib bizning davrga kelib haqiqatga aylandi.
Televideniyeni yaratish bo‘yicha haqiqiy  ilmiy-tadqiqot ishlari  o4gan 
asming  oxirlari  va  XX  asming  boshlarida  boshlandi.  Bu  davrda  turli 
mamlakatlarda  bu  sohada  o ‘nlab  ilmiy  loyihalar  ham  taklif  qilindi. 
Peterburg  universitetining  professori  B.L.  Rozing  birinchi  b o iib   nur 
taratuvchi  elektron  trubkani  yaratdi  va  1911-  yilning  9-mayida  sinab 
ko‘rdi.  Bu  bilan  u  hozirgi  zamon  televideniyesiga  nazariy  asos  soldi. 
Televideniyeni  ixtiro  qilishda  Rossiyaning  Nijegorod  shahrida  ms  olimi 
M.A.  Bonch-Bruevich boshchiligida radioni  takomillashtirish  sohasida ish 
olib borgan guruhning ham xizmati  bor edi.
77


Albatta to‘la  m a’nodagi,  mukammal  televideniyening  vujudga  kelishi 
uchun  juda  ко‘plab  olimlar,  mutaxassislar  uzluksiz  izlanishlar  olib 
bordilar.  Ular  orasida  toshkentlik  tadqiqotchilar  B.P.Grabovskiy  va
I.F.Belyanskiylar 
ham 
bor 
edilar. 
Grabovskiy 
Turkiston 
davlat 
universitetining xodimi,  Belyanskiy  esa O crta Osiyo  aloqa ilmiy-tekshiruv 
idorasining 
xodimi 
edi. 
Ularga 
professor 
N.N.Zlatovratskiy 
va 
V.I.Popovlar 
yordam 
berishdi. 
Tadqiqotchilar 
1923-26- 
yillarda 
harakatdagi  tasvirni  uzatuvchi  va  qabul  qiluvchi  asbobni  yaratish  ustida 
tinmay  ish  olib  borishdi.  Ixtirochilar  o ‘zlari  yaratgan  trubkani  Sankt- 
Peterburgga 
olib 
borib 
B.L.Rozingga 
ko ‘rsatishadi, 
olim 
tadqiqotchilarning 
ishim 
m a’qullab, 
tegishli 
maslahatlar 
beradi. 
0 ‘zbekiston  hukumati  yosh  tadqiqotchilarning  ishini  qoilab-quvvatlaydi 
va  moddiy-ma’naviy  ko‘mak  berib  turadi.  Nihoyat,  1928-yilning  28- 
iyulida ular yaratgan apparat sinovdan muvaffaqiyatli o ‘tadi:
Grabovskiy 
va 
Belyanskiylar 
yasagan 
m o'jazgina 
ekranda 
Belyanskiyning  yurib  turgan  holati,  bosh  kiyimini  bir necha  marta yechib 
kiygani  ham  ko ‘rinadi.  Binobarm,  televideniyening  dastlabki  ko‘rinishi 
ixtiro  etilgan  edi.  Ixtirochilarning  Xalqaro  konvensiyasi  tomonidan 
Grabovskiy  va  Belyanskiylarning  mazkur  ishiga  berilgan  hujjatlar 
0 ‘zbekistonning 
televideniye 
vatanlaridan 
biri, 
Toshkent 
esa 
televideniyening tug‘ilgan joyi deyishimizga asos beradi.’
Televideniyening  muntazam  ko‘rsatuvlari  asosan  1930-yildan  keyin 
boshlandi.  1931-yili  Parijda,  xuddi  shu  yili  Moskvada  teleko‘rsatuvlar 
y o ‘lga qo‘yildi.  1936-yilda esa Angliya radioeshittirish korporatsiyasi-“Bi- 
Bi-Si”  o ‘zining  muntazam  televizion  ko ‘rsatuvlarini  namoyish  eta 
boshladi.  Bu  orada  avj  olib  ketgan  ikkinchi  Jahon  urushi  televideniye 
sohasida  olib  borilayotgan  tadqiqotlarning  borishiga  to ‘sqinlik  qildi. 
Urushdan  keyin  Yevropaning  barcha  yirik  mamlakatlarida,  1946-yil 
Moskvada ommaviy teleko‘rsatuvlar boshlandi.1
Toshkent  televizion  markazi  qurilishi  1954-yil  may  oyida  boshlanib, 
1956-yil  5-noyabrda  ishga  tushirildi.  Shu  kuni  kechqurun  Toshkentda 
zangori  ekranning  chirog‘i  yondi  va  birinchi  televideniye  diktor
Bu haqda Karimovning “Bu ko zguki erur hikmat jaboni'’ maqolasida (O'zbekiston matbuoti.  1998.  4-son.  34 b.) 
mufassal m a'lum ot keltirilgan.
78


(suxandon)lari Iqbol Olimjonova (o ‘zbek tilida) va Yunona Stolyarova (rus 
tilida) te1eko‘rsatuvlarni  olib bordilar.'
1962-yildan boshlab  Toshkent telestudiyasi  ikki  dasturda ko‘rsatuvlar 
bera  boshladi.  1967-yildan  boshlab  Moskva  televideniyesi  va  1971-yildan 
boshlab Toshkent televideniyesi rangli tasvirga o ‘tdi.
Hozirgi dunyoda televideniye yuksak darajada rivoj topdi va insoniyat 
m a’naviy  hayotining  ajralmas  qismiga  aylandi.  Barcha  rivojlangan 
mamlakatlar 
o ‘z 
televideniyesiga 
ega. 
Masalan, 
AQShda 
uchta 
umummilliy  teletarmoq.  “Ey-Bi-Si”,  «Si-Bi-Es»  va  «Еп-Bi-Si»  faoliyat 
ko‘rsatmoqda.  Angliyada  «Bi-Bi-Si»,  Fransiyada  TF,  Rossiyada  OPT, 
РТР, НТВ va boshqa yirik telestudiyalar mavjud.  0 ‘zbekistonda Toshkent 
telestudiyasidan  tashqari  ellikdan  ortiq  telestudiya  ish  olib  bormoqda. 
0 ‘zbek  televideniyesi  o ‘z  salohiyati,  milliy  qiyofasi  bilan  jahonning 
yetakchi  televideniyelari  qatorida  turadi.  Televideniye  jahon  taraqqiyoti 
bilan  qadamba-qadam  rivoj lamb,  taraqqiy  etib  bormoqda.  Kabelli 
televideniyening  vujudga  kelishi  hamda televizion  signallarni  tarqatish va 
qabul  qilishda  yer  sun’iy  yo'ldoshlaridan  foydalanish  televedeniening 
texnik  imkoniyatlarini  yanada  kengaytirdi.  Fan-texnikaning  o‘sishi,  lazer 
nurlaridan  foydalanishning  yangi  usullari  ixtiro  qilinishi  natijasida 
televideniyeni  yanada takomillashtirish,  hajmli  k o‘rsatish  usullarini y o ‘lga 
qo‘yish mumkinligini  ko‘rsatmoqda.  Insoniyatga  ijtimoiy  hayotni  bevosita 
ko‘rsatib  beruvchi  bu  ommaviy  axborot  vositasi  turining  kelajagi 
porloqdir.
Televideniye  garchi  tub  m a’noda  jurnalistika  boim asa-da,  y a ’ni, 
so‘zni  bosma  usul  bilan  k o ‘paytirmasa-da  (ya’ni,  u  ijtimoiy  hayotni 
og‘zaki  so‘z va tasvir vositasida aks  ettirishi  m a’lum),  u ommaviy axborot 
vositalarining  bir  turi  hisoblanadi  va jurnalistika  qonun-qoidalari  asosida 
ish ko ‘radi.
Jumalistikaning  bosh  qonuni  esa,  m a’lumki,  ijtimoiy  borliqni  aks 
ettirish,  uni bilish, tadqiq  qilish va jamiyatga  qaytadan ta’sir koVrsatishdir. 
Televideniye  bu  qonunlaming  barchasini  ado  etadi.  U  jumalistikaning 
ijtimoiy  axborot  yig‘ish  va  tarqatishdek  vazifasini,  uning  uch  qirrasi
4  T oshkentlik  televideniye  ixtirocliilari  B .P.  G iabovskiy  va  I.F .B elyanskiylar  haqidagi  m a 'lu m o t  A .K arim ovning 
“O ynai ja h o n   larixidan”  (M uxbir,  1973.  7-son),  “B u k o ‘zgukim   zarur hik m at ja h o n i”  (O v b ek islo n  m albuuti,  1998. 
4-son) m aqolalarida ancha batafsil  bayon  etilgan.
79


bo im ish -  tasvir,  tahlil va ta’sirdan  iborat bo ‘lgan uch  ijtimoiy  vazifasini 
ham  to ‘la  bajaradi.  Y a’ni,  u  hayotdagi  voqea  va  hodisalarni  tasvirlaydi, 
Shu  bilan  birgalikda,  uni  tahlil  ham  qiladi  va  hayotga ham  bevosita,  ham 
bilvosita  ta’sir  etadi.  Jurnalistikaning  bosh  tamoyillari  ham  televideniye 
faoliyati  uchun  qonundir.  A n’analarga  amal  qilish  va  yangi  omillar 
yaratishi  bo im ish   — tasvir,  tahlil  va  ta’sirdan  iborat  b o ig an   uch  ijtimoiy 
vazifasini  ham  t o ia   bajaradi.  Y a’ni,  u  hayotdagi  voqea  va  hodisalarni 
tasvirlaydi,  Shu  bilan  birgalikda,  uni  tahlil  ham  qiladi  va  hayotga  ham 
bevosita,  ham  bilvosita  ta ’sir  etadi.  Jurnalistikaning  bosh  tamoyillari 
bilvosita  ta ’sir  etadi.  Jurnalistikaning  bosh  tamoyillari  ham  televideniye 
faoliyati  uchun  qonundir.  A n’analarga  amal  qilish  va  yangi  omillar 
yaratish,  jamoatchilik  fikrining  ifodachisi  b o iish   qonuniyatlari  ham 
televideniye uchun taalluqlidir.
Shu  bilan  birgalikda  televideniye  ommaviy  axborot  vositalarining 
o ‘ziga xos, alohida bir turidir. U o ‘z ijtimoiy vazifasini bajarishda, ijtimoiy 
hayotni  aks  ettirishda so‘z bilan tasvir qo‘shilmasiga erishadi, publitsistika 
bilan  bir  qatorda  og‘zaki  nutq  san’ati,  teatr  san’ati,  tasvir,  kino  san’ati, 
musiqa  san’ati,  fotojurnalistika  kabilardan  keng  foydalanadi,  shu  boisdan 
uning jozibasi,  kishilami  o‘ziga  tortish  xususiyati jurnalistikaning  boshqa 
turlariga  qaraganda ortiqroqdir.  Shu  boisdan  televideniyening  tasvir,  tahlil 
va ta’sir ijtimoiy  vazifalari  bilan  bir qatorda kishilarga estetik zavq  berish, 
dam  oldirish,  m a’rifiy  ijtimoiy  vazifalari  ham  mavjud5.  U  ijtimoiy  hayotni 
bevosita  ko ‘rsata  olish  hamda  qator  san’at  turlaridan  foydalanish  imkoni 
bilan  ommaviy  axborot  vositalari  o ‘rtasida  eng  birinchi  o ‘ringa  da’vogar. 
Bu jihatdan  u  gazeta  va jurnallardan  yuqori  turadi,  lekin  oniyligi,  efirga 
tarqalib  ketishi  nuqtai  nazaridan  ularning  о ‘mini  bosa  olmaydi. 
Televideniye  radio  bilan  doimiy  raqobatda b o iad i  va yuqorida  keltirilgan 
qator  xususiyatlari  bilan  yuqori  turadi,  lekin  radioga  qaraganda  masofada 
cheklanishi,  materiallami  tayyorlash  va  efirga  uzatish  jarayoni  biroz 
murc'il.abligi bilan undan orqada turadi6.
^  T elevideniye  tarix ig a  d o ir  m a ’lum otlar  pro l.F   A  M n'm itiovnm g  "Jurnalistika  ijtim oiy  institut  s ifa tid a 5  kitobida 
(Т.:  U nivcrsitct” nash riy o ti,  1998.  65-76 b.) an c h ab atafsil berilgan.
^  3M azkur  satrlar  n iu a ilili  Toshkent  televideniye  m arkaziy  qurilishining  birinclii  kunidan  boshlab  telem inora  qad 
ко   tarishi v a b iiin ch i k o ‘rsatu v lam in g  olib borilishiga guvoh b o ig a n lig i b ilan  faxrlanadi.U  p aytda m u alillaid an  b in  
0 ‘rta O siyo davlat universiteti ju rn alistik a b o lm n n m g  talabasi edi.
80


Barcha  OAV  turlari  singari  televideniye  ham  ayrim  guruhlar, 
tabaqalar,  sinflar  qoMida  g ‘oyaviy  ta’sir  vositasi  boMib  xizmat  qilishi 
mumkin.  Bunga  misol  sifatida  mamlakatitmznmg  yaqin  tarixida  uzoiq 
yillar  faoliyat  k o‘rsatib  kelgan  kommunistik  televideniyeni  ko‘rsatish 
mumkin.  Hozirgi  o'zbek  televideniyesi  esa  umumxalq  manfaatlariga, 
mustaqillik mafkurasiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda televideniyening tashkiliy  tuzilishi  turli  xildir,  bizda 
davlat telekompaniyasi  bilan  bir  qatorda  nodavlat  televideniye  studiyalari 
ham  ish  ko‘rmoqda.  Toshkent  televideniyesi  to ‘rt  -   “0 ‘zbekiston”  deb 
nomlanuvchi  1- kanal, 2- “Toshkent” kanali, 3-“Yoshlar kanali”, 4-“Sport” 
kanali  bo‘yicha  ko ‘rsatuvlar  olib  boriladi.  Toshkent  telestudiyasida 
“Siyosat”,  “Iqtisodiyot”,  “M a’rifat”,  “Axborot”,  “Umid”,  “Musiqa”, 
“Kino” 
va 
boshqa 
ichki 
studiyalar 
faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
Tclcdasturlaming  rang-barangligi  mamlakatimizning  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab  chiqarish,  madaniy-ma’naviy  hayotining barcha sohalarini 
qamrab olish imkoniyatini beradi.
Xuddi  radioeshittirishlar  singari  teleko‘rsatuvlar  ham  oldindan 
rejalashtiriladi va dasturnomalarda bosib chiqariladi.
Televideniyening  o ‘ziga  xosligi,  uning  o ‘z  ijtimoiy  vazifalarini 
bajarishda  so ‘z  va  tasvir  birligidan,  publitsistika  bilan  bir  qatorda 
san’atning  turli  ko‘rinishlaridan  foydalanishi  sababli  unda  mehnat jam oa 
tarzida  quriladi,  y a ’ni  jurnalistlar,  tasvirga  oluvchilar,  san’at  talablarini 
bajaruvchi  -  rejissyorlar  hamda  og‘zaki  nutq  ustalari  -  suxandon, 
sharhlovchilar hamkorlikda  ish olib boradilar.  Televideniye paydo  bo‘lishi 
bilan  telejumalistika  ham  paydo  b o ‘ldi.  Telejurnalistika  -  jurnalistika 
qonun-qoidalari bilan televideniye xususiyatlarining birlashmasidan iborat.
Telejurnalistika  janrlari  ham  jurnalistika  janrlari  bilan  televideniye 
xususiyatlarining  qo‘shilishidan  kelib  chiqadi.  Jumalistikaning,  ya’ni, 
publitsistikaning uch  axboriy,  tahliliy va badiiy-publitsistik  qismlariga xos 
boTgan deyarli barcha janrlari televideniyeda ham keng qoilaniladi.  Bular 
televideniye  xususiyatlari  qo‘shilgach,  teleaxborot,  telereportaj,  telelavha, 
telesuhbat  (teleintervyu),  telesharh,  teleocherk,  telefeleton  va boshqalarga 
aylanadi.  (Gazeta  va  jum alga  xos  boTgan  maqola  janri  «telechiqishlar» 
nomi 
bilan 
berilishi 
mumkin). 
M a’lum 
mavzuga 
bag‘ishlangan
81


ko‘rsatuvlar  yig‘indisi  telejurnal  deb  nomlanadi.  Televideniye  janrlari 
bular bilan  cheklanib qolmasdan televideniye  o ‘z faoliyatida qo‘llanadigan 
san’at turlariga doir ham  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  adabiyot  va uning bir 
turi  bo‘lgan  dramaturgiyaning  televideniyedagi 
ko‘rinishi 
sifatida 
telenoveJla 

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish