Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

10.5. Pamflet
Hajviy  publitsistikanmg  eng  muhim  janrlaridan  biri  pamfletdir. 
Pamflet  so‘zi  aslida  yunoncha  b o ‘lib,  o ‘t  qoym o q,  yondirmoq  degan 
m a’noni  bildiradi.  Keyinchalik  bu  ingliz  tili  orqali  ommalashib,  shu 
kunning  muhim  masalasiga  bag‘ishlangan  va  keskin  fosh  etish  tarzida 
yozilgan  asarga  aytiladigan  b oig an .  Binobarin,  pamflet  jamiyatning  shu 
kundagi,  ayni  zamondagi  hayotida  uehraydigan  ijtimoiy  illat  va 
nuqsonlami  kuchli  hajviy  uslubda tasvirlab  fosh  etuvchi  asar,  publitsistika 
janridir.  Pamflet  ham  xuddi  feleton  singari  hayotdagi  biror  ijtimoiy  illat, 
salbiy 
xususiyatga  ega  bo'lgan 
voqea, 
muammo  yoki 
shaxsga 
bag‘ishlanadi, uning tuzilishi, shakli ham feletonga yaqin turadi.
Ammo  uning feletondan farqi  shundaki, pamflet ijtimoiy jihatdan  o ‘ta 
muhim  va  yirik  ijtimoiy  mavzularga  bag‘ishlanadi  hamda  ayovsiz  fosh 
qilish  kuchiga  ega  bo 'I ad i.  Y a’ni,  pamflet jamiyatning  shu  kungi  hayoti, 
taraqqiyotiga  jiddiy  xavf  solayotgan,  unga  murosasiz  dushmanlik  ruhida 
bo ‘lgan  qarashlar,  voqealar,  muammolar  yoki  shaxs  va  guruhlarga  qarshi 
qaratiladi  hamda  unda  hajvning  eng  o ‘tkir,  eng  ayovsiz  vositalaridan 
foydalaniladi.  T a’bir  joyiz  bo‘lsa,  feletonni  ijtimoiy  illatlarga  qarshi 
otilgan  o'q  deb  faraz  qilsak,  pamfletni  esa  eng  xavfli  ijtimoiy  dushman 
kuchlarga  qarshi  otilgan  zambarak  o ‘qiga  qiyos  etish  mumkin.  Feletonda 
ijtimoiy  kulginmg  piching,  kinoya,  hazil  kabi  turlaridan  foydalanilsa 
pamfletda  esa  achchiq  zaharxanda,  sarkazm.  g ‘azab  va  nafrat  uyg‘otuvehi 
kulgi  ko‘rinishlari  qoilaniladi.  Pamfletning  vujudga  kelishida  mafkura, 
dunyoqarash  muhim  o ‘rin  tutadi.  Boshqacha  qilib  aytganda pamflet -   bir- 
biriga murosasiz,  hayot-mamot jangiga chiqqan  ikki  xil  dunyoqarash,  ikki 
xil  g ‘oya  va  ijtimoiy  tartiblarning  publitsistikadagi  tortishuvi,  g ‘oyaviy- 
ijodiy  jangining  k o ‘rinishidir.  Shuning  uchuri  ham  pamflet  insoniyat 
tarixidagi  m a’lum  bir  sinflar,  ijtimoiy  tabaqa  va  guruhlarga  xizmat  qilib 
kelgan,  y a’ni,  biron-bir  sinfyoki  ijtimoiy  guruhning  o ‘ziga  qarama-qarshi 
bo'lgan  sinf va  guruhlarga  qarshi  g ‘oyaviy  hujum  quroli  sifatida  vujudga 
kelgan.  Pamfletning  tarixi  uzoq  qadimgi  davrlarga  borib  taqaladi, 
eramizdan  oldingi  davrlarda  bu janr  og ‘zaki  nutq  shaklida  mavjud  b o ‘lib,
289


o ‘sha  davrlarning  mashhur  notiqlari  — Demosfen,  Tsitseron  va  boshqalar 
g ‘oyaviy 
muxoliflarga 
qarshi 
kurashda  nutqiy 
pamfletdan 
keng 
foydalanganlar.  Yevropada  o ‘rta  asrlarda  ham  pamflet  ancha  rivojlangan 
edi.  Italyan mutafakkir adibi Dante Aligeri,  fransuz U yg‘onish davri  vakili 
Fransua  Rable,  shu  davr  ingliz  dramaturgi  Vilyam  Shekspir,  XVII  asr 
ingliz  adibi  Jon Milton va boshqalarning asarlarida pamfletga xos  boMgan 
kuchli  fosh etish ruhi  o ‘z ifodasini topgan edi.  Mazkur janr buyuk  ijtimoiy 
voqelar  davri  -  Yevropadagi  burjua  inqiloblari  paytida  yuqori  cho'qqiga 
ko‘tarildi.
Fransuz  publitsist-adiblari  Jan  Pol  Marat,  Kamil  Dyulen va boshqalar 
o ‘z  pamfletlarida  feodal  yakka  hukmronligini  ayovsiz  fosh  etdilar. 
Keyinchalik,  XIX  asrga  kelib  ijtimoiy  maydonga  chiqqan  kommunistik 
g ‘oya tarafdorlari ham burjuaziya tartiblarini fosh etishda pamfletdan keng 
foydalandilar.  Bu  g ‘oyaning  asoschisi  b o ‘lmish  Karl  Marksning  «Lui 
Bonapartning  18-bryumeri»  va  boshqa  pamfletlari  mazkur  janm ing 
mukammal  ko‘rinishlari  bo‘ldi.  Kommunistik  qarashlarning  Rusiyadagi 
tarafdorlari  ham  bu  janrga  katta  e ’tibor  bilan  qaradilar,  jumladan, 
V.I.Leninning  «Lakeyxonada»  va  boshqa  pamfletlari  mavjuddir.  Ammo 
mazkur pamfletlar kommunistik yakka g ‘oya nuqtai  nazaridan yozilgan va 
ijtimoiy  hayot  voqealariga  shu  nuqtai  nazardan  yondashilgan  edi.  Sovet 
davrida yozilgan  va jurnalistika  nashrlarida  bosilgan  boshqa  pamfletlarda 
ham  ana  shunday  g ‘oyaviy-siyosiy  bir yoqlamalik,  cheklanganlik  mavjud 
edi.  0 ‘zbek  adabiyoti tarixida ham  pamflet janrining  uzoq  davrlarga borib 
taqalishini  ko ‘rish  mumkin.  Milliy  yozma  adabiyotimizda  bunga  misollar 
ko ‘p.  Garchi  bu  asarlar  bevosita  mazkur  janrda  yozilmagan  bo ‘lsa-da, 
ularda  ko‘tarilgan  ijtimoiy  fosh  etish  ruhi  pamfletga  yaqin  turardi. 
Jumladan,  XVII  asrda  yashab  ijod  etgan  shoir  Turdi  Farog‘iyning 
«Subhonqulixon  va  uning  amir-amaldorlari  hajvi»  asarida  o ‘sha  davr 
hukmdorlarining  siyosati  xalqparvarlik  nuqtai  nazaridan  keskin  fosh 
etilgan 
edi. 
Shoir 
o ‘sha 
davrdagi 
Buxoro 
hukmdori 
bo‘lmish 
Subhonqulixon va uning  a ’yonlarini  quyidagicha zaharxandalik bilan  fosh 
etadi:
290


Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo ‘ymadingiz bitini,
Qamchilar dog‘  solib  bo‘yung‘a, tilib betini,
Yordingiz zahrasini,  ichidan olib  o ‘tini,
B oim adi kam bu raiyat boshidan hech tayoq.
Shu  davrda  yashagan  ikkinchi  bir  otashnafas  shoir  Boborahim 
Mashrabnmg o ‘tkir she’rlarida ham pamfletona fosh etish kuchi mujassam 
edi.  Shoir  «Dili  tig ‘i  sitamdan  pora  b o ig an »   mehnatkash  xalq  ahvoliga 
qayg‘urdi,  ijtimoiy  hayotdagi  zulm  va  adolatsizlikka keskin  qarshi  chiqdi. 
Masalan, uning «Dastingdan» radifli muxammasining har bandida:
Hama obod b o id i, b oim adim  obod dastingdan,
Ki men har qayga borsam dod etarman,  dod dastingdan, 
deb  takrorlanib  keluvchi 
satrlar  xalqning  mavjud  tuzumdan 
noroziligining keskin ifodasi edi.
Zamondan  shikoyat,  ijtimoiy  illatlami, zulmu zalolat va adolatsizlikni 
keskin  fosh  etish  XVIII  asrning  oxiri X IX   asrning  boshlarida yashab,  ijod 
etgan  xalqparvar  shoir  Maxmur  asarlarining  ham  bosh  y o ‘nalishi  b o id i. 
Shoirning «Hapalak»  va boshqa hajviy she’rlarida o ‘sha davr hayoti,  oddiy 
xalq boshiga balo boiayotgan ijtimoiy tartiblar keskin, zaharxandalik bilan 
fosh  etildi.  Shoirning  qator  hajviy  she’rlarida  ijtimoiy  tengsizlik,  haq- 
huquqsizlik,  zulm  va  zo‘rovonlikka  qarshi  qaratilgan  «bizga  cheksiz 
zulming  qachongacha?  Rostgo'ylam ing  boshida  qilich  qachongacha 
o ‘ynaydi?
Qachongacha  bir  alamimizni  yuz  alam  qilasan?  Axir,  yuraklar  tah- 
batah qon b o iib  ketdi-ku!» degan ijtimoiy xitoblar mavjuddir.  Bu fikrlarda 
pamfletning kuchli fosh etish ruhini ko ‘rish mumkin.
Yuqoridagi xalqparvar shoirlar ijodining g ‘oyaviy-ijodiy davomchilari 
b o ig an   shoirlar  Zokirjon  Furqat,  Muhammad  Am inxo‘ja   Muqimiy, 
Ubaydulla  Zavqiylar  ijodida  ham  pamfletga  xos  b o ig a n   fosh  etish  ruhi 
kuchli  edi.  Jumladan,  shoir  Muqimiyning  «Tanobchilar»,  «Dodhohim» 
kabi  hajviy  she’rlarida  xalq  uchun  og ‘ir  sitamlar  olib  keluvchi  ijtimoiy 
tartiblar ustidan keskin zaharxandalik bilan kulinadi.  Shoir Zavqiy o ’zining 
«Hajvi  ahli  rasta»  asarida  o ‘sha  davrning  «zamona  zo‘rlari»  b o ig an
291


boylar,  savdogarlaming  bir  guruhini  o ‘tkir  kinoyali  kulgi  bilan  fosh  etgan 
edi.  Mazkur  asarlami  oikam izdagi  ilk  yozma  pamfletlar  edi,  deyishimiz 
mumkin.
Pamflet  bevosita  janr  sifatida  o ‘zbek  jumalistikasida  yigirmanchi 
yillarga  kelib  shakllana  boshladi.  U  avvalo  feletonning  bir  turi  sifatida 
vujudga  keldi.  0 ‘sha davrda vaqtli jumalistika  nashrlarida  bosilgan  ayrim 
feletonlarda  pamfletlik  xususiyatlari  paydo  b o ia   boshladi.  Masalan. 
Abdulla  Qodiriyning  «Mushtum» jurnalining  1923-  yil,  2-sonida bosilgan 
«Siyosat  maydonida»  sarlavhali  xalqaro  mavzudagi  feleton-sharhida  chet 
el  hukmdoiiarinmg  bosqinchilik  siyosatlari 
pamfletga  xos 
o ‘tkir 
zaharxanda bilan tanqid  qilinadi.  Yozuvchining  «Sho‘x  baytal»  feletonida 
ham  shu  xususiyatni  ko‘rish  mumkin.  Unda  o ‘sha  zamon  g ‘arb 
dunyosining  ayyorona  siyosati,  chirkin  fahsh  axloqi  keskin  zaharxandali 
piching bilan quyidagicha fosh etiladi:
«Ingliz siyosatdonlari London  sho‘x baytallarini  sharq amir-shohlarini 
yoVvoshlashtirish  uchun  Arabiston,  Eron  Va  Hindistonga  y o ila r   ekanlar. 
Lord Kerzon o ‘z siyosatini Sharqda amalga oshirish uchun qizchasini  Eron 
hukmdori Ahmadshohga nazir tortqon, deb ham  so‘zlaydilar».Yigirmanchi 
yillar  o ‘zbek  jumalistikasining  taniqli  namoyandasi  b o ig a n   Nazir 
T o‘raqulovning  «Uchqun»  jurnalida  bosilgan  «Mirza  Kerzonga  maktub» 
sarlavhali  hajviy-publitsistik  asarini  ham  dastlabki  o ‘zbek  pamfletlaridan 
biri  deyish  mumkin.  Muayyan  sinfiy-partiyaviy  nuqtai  nazardan  yozilgan 
bu  asarda o ‘sha  davrdagi  ichki  va tashqi  muxoliflaming  kirdikorlari  o ‘tkir 
satira  bilan  fosh  etilgan  edi.  Ziyo  Said  va  Nosir  Saidlaming  «Mushtum» 
jurnali  sahifalarida  bosilgan  «Oxirat  maktublari»  deb  nomlanuvchi 
feletonlar  turkumi  hamda  Nosir  Saidning  shu  davrda  yozilgan  «Bir 
rakaatlik  nomroz»  sarlavhali  hajviy-publitsistik  asarida  ham  pamfletlik 
xususiyatlari  mavjud  edi.  Mazkur  asarlarda  ham  o ‘sha  davrdagi  m uxolif 
kuchlar ayovsiz satira ostiga olingan edi.
Bundan  keyingi  davrlarda  ham  o ‘zbek jurnalistikasida  pamflet janri 
goh-goh  o ‘rin  olib  turdi.  Oybek,  G ‘afur  G ‘ulom,  Abdulla  Qahhor  va 
boshqalar  bu  janrning  rivojiga  o ‘z  hissalarini  qo ‘shdilar.  Ular  yaratgan 
pamiletlarda davrga  muxolifatda  b o ‘lgan  tashqi  kuchlar  o ‘tkir hajv  ostiga
292


olindi.  Bu  davrda  yaratilgan  qator  pamfletlarda  fashizm  va  uning 
insoniyatga  dushman  b o ig an   g ‘oyalari  ayovsiz  fosh  etildi.  Bunday 
pamfletlar  orasida  Abdulla  Qahhoming  «Bos  tepkini!»  feleton-pamfleti 
alohida ajralib turadi.  Bu davrda yaratilgan boshqa pamfletlar, yuqoriroqda 
aytganimizdek,  kommunistik  g ‘oya  va  sinfiy-partiyaviy  manfaatlar  nuqtai 
nazaridan  yozilganligi  boisidan  o ‘zida  bir  yoqlamalik,  cheklanganlik 
xususiyatiga ega boidilar.
Mamlakatimiz  o 'z   milliy  mustaqilligiga  erishgach  mazkur  janrning 
yanada 
rivoji 
uchun 
keng 
y o ila r 
ochildi. 
Xalqaro 
terrorizm, 
mustaqilligimizga  qarshi  b o ig a n   tashqi  va  ichki  kuchlarning  kirdikorlari 
va  boshqa  ijtimoiy  illatlar  pamflet  uchun  mavzu  b o iib   xizmat  qilishi 
lozim.
Yuqoridagi  tarixiy  kuzatishdan ko‘rinib  turibdiki,  pamflet ham  hajviy 
publitsistikaning  muhim,  dolzarb  va  jangovar  janri  hisoblanadi.  Mazkur 
janr ham xuddi feleton singari  ijtimoiy kulgiga asoslanadi hamda o ‘zida bu 
kulgining  eng  kuchli,  ta ’sirchan  vositalaridan  foydalanadi.  Xuddi 
feletondagi kabi pamfletda ham obraz va obrazlilik muhim ahamiyatga ega 
b o iad i.  Pamfletda ham obraz -  muayyan shaxs, guruh yoki tabaqa b o iish i 
mumkin.  Y a’ni,  unda  shu  kungi  ijtimoiy  hayotda  taraqqiyotga  to ‘siq 
boiayotgan,  dushmanchilik  qilayotgan  m uxolif kuchlar,  ulaming  vakillari 
fosh  etilishi  lozim.  Shu  bilan  birgalikda  pamflet  uchun  biror  ijtimoiy 
muammo,  chunonchi,  m uxolif  kuchlarning  mafkurasi  yoxud  poraxoilik 
kabi  ijtimoiy  illatlar  ham  umumlashgan  obraz  b o iib   xizmat  qilishi 
mumkin.  Pamfletda  obraz  yaratishda  feletonga  qaraganda  muhim  va 
yirikroq  faktlar,  voqealardan  foydalaniladi.  Ijtimoiy  kulgining  esa olingan 
mavzuga  mos  keluvchi  eng  ta’sirchan  ko ‘rinishlari,  g ‘azab  va  nafrat 
uyg‘otuvchi  turlari  qoilaniladi.  Pamflet  ham  xuddi  feleton  singari  turli 
shakllarda  namoyon  b o iad i.  U, jumladan,  maqola,  hikoya,  xat  va  boshqa 
shakllarda  ifoda  etilishi  mumkin.  Pamfletning  shakli,  obrazlari  va  undagi 
ijtimoiy  kulgi  turlari  olingan  mavzuning  t o i a   ochib  berilishi  hamda 
publitsistik ta’sirchanlikka erishishga xizmat qilishi lozim.
Boshqa  badiiy-publitsistik  asarlar  singari  pamfletda  ham  syujet  va 
kompozitsiya  puxta  o ‘vlangan  b o iish i,  olingan  mavzuni  ochib  berishi  va

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish