Mavzuning dolzarbligi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda ommaviy axborot vakillarining faoliyatini takomillashtirish ularga shar-sharoitlar yaratib berish.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o’qitishdan maqsad bakalavr talabalariga kelajak avlodni manaviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda jurnalistikada sohasida innovatsion texnalogiyalarni qonunyatlarini o’rganishdan iborat. Fanning vazifasi- Ommaviy axborot vakillari ishlarni tashkil etishning nazariy asoslari haqida bilim berish, bo’lajak jurnalistlarda ommaviy axborot faoliyatining sifat samaradorligini oshirishga doir ko’nikma va malakalarni shakillantirishdan iborat.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» — deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori ommaviy axborot vositalari uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi.
Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt», O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.
Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.
Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi umumiy soni 1366 tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat ommaviy axborot vositalari tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham ommaviy axborot vositalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron ommaviy axborot vositalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat ommaviy axborot vositalari jami ommaviy axborot vositalari’ning 60 foizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |