O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
5A120102–Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
II KURS MAGISTRANTI
Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizining
kalendar ish reja bo‘yicha
2021-yil sentabr oyida bajarilgan
o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot,
ilmiy – pedagogik ishlar bo‘yicha
HISOBOTI
Toshkent – 2021
Talabaning o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, pedagogik faoliyati bo‘yicha
sentabr oyi hisoboti
1.O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar
Sentabr oyi o‘quv topshiriqlarining bajarilishi:
“Komparativistika” , “Amaliy tilshunoslik” fanlari bo`yicha yangi o‘quv yili sentabr oyida ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarga qatnashildi. Berilgan topshiriqlar o`z vaqtida bajarildi.
Tanlov fanlarining nazariy asoslarini puxta egallash va mavjud ilmiy muammolar bilan tanishish maqsadida quyidagi adabiyotlarni ko’rib chiqmoqdaman:
Komparativistika fanidan:
1. Saidxonov M. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. T., 2016.
2. Xudoyberganova Z, Hamidov X., Turk tilining nazariy grammatikasi. T., 2015.
3. Dadaboyev H.A., Xolmanova Z.T. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. T., 2015.
Amaliy lingvistika fanidan esa:
1. Abdurahmonova N. Kompyuter lingvistikasi. T.
2. Abdurahmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik asoslari (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: Akademnashr, 2012.
Yuqoridagi fanlardan mavzular bo’yicha ma’ruza va seminarlarda qatnashib kelmoqdaman. Fan mavzulariga oid nazariy manbalarni tahlil qilish, munosabat bildirish malakasiga ega bo’ldim.
2. Ilmiy tadqiqot ishlari:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha izlanishlar davom ettirildi. Dissertatsiya mavzusi bo`yicha ilmiy seminar mashg`ulotlarida ilmiy rahbar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida kerakli vazifalar bajarildi. Ilmiy rahbarim tavsiya qilgan darslik adabiyotlar va ilmiy ishlarni o‘rgandim hamda o‘zim ham mustaqil dissertatsiya mavzuyimga oid bo‘lgan maqolalar, avtoreferatlar va dissertatsiyalar bilan tanishdim. Hozirda magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi tugatilib, II bobi ustida ish olib bormoqdaman.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish:
Jamoat ishlarida hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda qatnashishga harakat qildim. Bo‘lib o‘tgan online konferensiyalarda ishtirok etdim.
Ilmiy-pedagogik ishlar
Professor o‘qituvchilarning ma’ruzalari, seminar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashdim;
Fanlar bo’yicha pedagogik texnologiyalar va metodlar bilan tanishishga, berilgan vazifa va topshiriqlarni vaqtida bajarishga, ayrim mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirishga ham harakat qildim.
Ilmiy rahbar: f.f.d. prof. Odilov Y.R
Magistrant: Tursunova S.A
Do'stlaringiz bilan baham: |