Abdulla Qodiriy:
– Men yozg‘uvchi, “O‘tkan kunlar” hikoyalarini otam
marhumdan necha qaytalab eshitsam ham zerikmas
edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men
shu “O‘tkan kunlar”ni qalamga olganimda o‘sha o‘zimni
zeriktirgan faslini tashlab o‘tishka majbur bo‘ldim.
Darhaqiqat,o‘zoramizdakundoshjanjalinikimbilmasin?..
Naim KARIMOV,
akademik
ABDULLA QODIRIY
o‘zi, jigarbandlari va zamondoshlari zikrida
...Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-
urug‘larinikiga yurib, chigilini yeshar edi...
G‘ayratiy
(shoir, adib zamondoshi):
– Men 1924–1925-yillarda Eski Jo‘va mahallasidagi
birinchi bosmaxonada ishlar, musahhihlik qilar edim.
“O‘tkan kunlar”ning 1–2-bo‘limlarini nashr qilishda
ishtirok etganman. Romanning qo‘lyozmasi “Turon”
kutubxonasida ishlovchi Abdulla Nosirovning ravshan
dastxati bilan peshma-pesh qo‘limizga tushardi. Abdulla
akamning o‘zlari ham matbaaga tez-tez kelib, bosmaga
yordamlashib turar edilar...
...1925-yilning yozlarida bo‘lsa kerak, bosmaxonadan
bo‘shab, o‘qituvchilik va “Mushtum” jurnalida shtatsiz
muxbirlik qilib yurdim. Chamasi, Abdulla akam “O‘tkan
kunlar”ning oxirgi bo‘limini yozib bitirib, “Mushtum”dagi
o‘rtoqlarga o‘qishga bergan ekanlarmi, har holda bir kun
idoradagi ba’zilar Kumush qabriga bitilgan she’r haqida Ab-
dulla akamga e’tiroz bildirishdi. Abdulla akam oldingi varian-
tidaqabrtoshigaFuzuliydanbirbaytniko‘chirganekanlar:
Hamrohim eding bu yo‘lda, ey moh,
Hamrohni tashlab ketarmi hamroh?...
Ular bu baytni o‘zgartirishni, o‘z asarlarida o‘z she’rlari
bo‘lsa yaxshi jaranglashini maslahat berishdi. Maslahat
Abdulla akamga ma’qul tushdi shekilli, ko‘p kun o‘tmay:
Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding,
– she’rini yozib
keldilar.
“O‘tkan kunlar”ning bosilib chiqishi yarim kechada
momaqaldiroq guldirab, chaqmoq tun pardasini chok-
chok qilib tashlagandek voqea bo‘ldi. Tungi kutilmagan
momaqaldiroq koinotni larzaga keltirib, jonzotlarni uyg‘otib
yuborganidek, Abdulla Qodiriy asari ham mudroq xalqni
uyg‘otib yubordi. Adabiyotimizda Yevropa “gaz”i bilan
o‘lchanadigan birinchi o‘zbek milliy romani yaratilgan edi.
Yosh-u qari – hamma “O‘tkan kunlar”ni navbatda turib
o‘qiy boshladi.
Mirtemir
(shoir, adib zamondoshi):
– Yigirmanchi yillarning o‘rtalari edi shekilli, men
Toshkentda,O‘lkao‘zbekbilimyurtidao‘qiredim.Darsdan
so‘ng yuqori sinf talabalariga ergashib, shahardagi biror
kutubxonaga borardik... Ozarbayjon va Tataristonda
nashr etilgan kitoblar o‘sha vaqtda ham ko‘p bo‘lardi...
O‘shakunlardato‘satdan“O‘tgankunlar”maydongakeldi.
Bu romanning nashr etilishi chaqmoqdek ta’sirli bo‘lgani
yodimda.Hammao‘qigisikelar,lekinbutunbirmaktabda
bir nusxa, u ham qaysidir o‘qituvchiniki...
(Boshi o‘tgan sonda)
Adabiy
taqvim
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
7
Adabiy taqvim
Dars vaqtida, kun shuvoqda yuqori sinf talabasi,
mening hamqishlog‘im Rauf Boyjonov bir nima o‘qib
o‘tirganiga ko‘zim tushdi. Tanaffusda borib, muqovasidan
darrov bilim oldim: “O‘tgan kunlar”. O‘sha daqiqadayoq
o‘tina boshladim: “Sizdan keyin o‘qib olsam maylimi?”
“Kezakkayozil.Mendankeyinyozilibqo‘yganlarko‘p!”Men
navbatga yozildim. Bir oydan keyin menga navbat keldi...
Kitob ancha eskib qolgan edi. Baribir berilib o‘qidim, kerilib
o‘qidim... Butun bilim yurti o‘qib chiqqan edi. Hamma
o‘sha romandan bir nusxa olishga intiq edi. Birinchi o‘zbek
romanitug‘ilganedi-da!
Jalol Ikromiy
(tojik yozuvchisi, adib zamondoshi):
– Men 1930-yillar boshida Toshkentdagi tojik bilim
yurtida o‘qir, bir qozoq kursdoshim bilan bir yotoqda
turaredim.Shundabirinchibor“O‘tgankunlar”nio‘qidim.
Uni kecha-kunduz berilib o‘qirkanman, qozoq do‘stim:
“Bu kitobni muncha o‘qiyverasan?”, deb ajablandi.
Men esa: “To‘xta, sen ham o‘qiysan”, deb kitobdan
bosh ko‘tarmasdim. Nihoyat, romanni bitirdim va qozoq
do‘stimgao‘qishgatavsiyaqildim.Uavvaligakitobnitilar-
tilamas o‘qiy boshladi va keyiniga menga o‘xshab berilib
ketdi.
Bir kun dars tayyorlab o‘tirardim, do‘stim esa “O‘tgan
kunlar”ning oxirgi varaqlarini o‘qirdi. Birdan u sakrab
o‘rnidanturdivaboribpechkaniochdi-da,qo‘lidagi“O‘tgan
kunlar”ni yonib turgan o‘tga tashladi... Men hayratlanib:
“Hay,senganimabo‘ldi?!”dedim.Uho‘ngrab:“Kumush
o‘ldi!”dedi...Chalakuygankitobniarangpechkadanolib
o‘chirdim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |