– Pand-nasihat, didaktik ruhdagi asarlarning
aksariyati zamirida diniy bilim va qarashlar ifodasini
ko‘rish mumkin. Alisher Navoiy ijodida shoirning
tasavvufiy bilim va dunyoqarashi qanchalik
namoyon bo‘lgan?
–
O‘rta asr romantik tafakkurining mahsuli bo‘lmish
Navoiy asarlarida mutafakkir olim Oybek aytganidek,
falsafa, diniy qarashlar va ijtimoiy fikr she’riyat
maydonida birlashadi, yagona bir mohiyat va maqsadni
ifoda etish uchun xizmat qiladi. Buning natijasida davr
ijtimoiy hayotidagi barcha muammolar shoir asarlarida
o‘z ifodasi va yechimini topadi. Navoiy insoniyatni
fikrlashga chorlovchi dostonlari bilan romantizm
sharoitiga hayotiy realistik oqimni olib kirdi va she’riyatni
davrining faol, kurashchan, insonparvar kuchlaridan
biriga aylantirdi. Navoiyning fikricha, so‘z san’ati buyuk
kuchdir, u “o‘lik tanga pok ruh bag‘ishlay olganidek,
tandagi ruhni halok qila oladi”. Inson ruhi esa jismoniy
nafsga qarshi o‘laroq, ma’naviy mukammallikka intiladi.
Shu jihatdan, Navoiy an’anaviy Sharq poeziyasini
g‘oyaviy-tematik nuqtayi nazardan tamoman
yangiladi. Bu haqida o‘tgan asr o‘rtalarida mutaxassis
olimlar
(Oybek,
E.E.Bertels,
O.Sharafiddinov,
A.Qayumov, I.Sultonov, B.Valixo‘jayev, A.Hayitmetov,
A.Abdug‘afurov, Yo.Is’hoqov, V.Zohidov, M.Oripov)
fikr bildira boshlagan bo‘lsalar, keyingi davr o‘zbek
adabiyotshunosligida mutafakkir she’riyatining ma’rifiy
xususiyatlari, orifona xarakteri ancha keng va mufassal
yoritilmoqda.
Navoiy adabiyotning, poeziyaning ijtimoiy-siyosiy
hayotga, inson va uning moddiy, ma’naviy ehtiyojlariga
yaqin turishi kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi va o‘zi
shu g‘oyaga izchil amal qildi. U an’anaviy qoliplardagi
ishqiy va rindona g‘azallar yozish bilan cheklanmasdan,
ko‘plab orifona g‘azallar yaratdi. Shu jihatdan, ushbu
yo‘nalishdagi she’riyat buyuk mutafakkir yashab ijod
qilgan davr va uning dolzarb hayotiy masalalari haqida
o‘quvchida to‘g‘ri tasavvur paydo qiladi, hayot haqidagi
yangi fikr va bilimlar bilan boyitadi, turmush haqida
chuqurroq mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Navoiy
o‘z davri kishisining ma’naviy ehtiyojlaridan kelib
chiqib borliq mohiyati, din va axloq kabi masalalarga
munosabat bildiradi. Oybek ta’kidlariga ko‘ra, Navoiy
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
nazarida hamma diniy e’tiqodlar va diniy ayirmalar o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi va barcha dinlar bir mohiyatning
ifodasi sifatida anglashiladi. Faylasuf singari mantiqiy
tushunchalar doirasida emas, balki obrazlar bilan
fikrlashga intilgan Navoiyda Buyuk Yaratuvchi tabiat
ichida jonli va mukammal bir kuch sifatida borliqda
namoyon bo‘lib turadi. Uning nazarida hamma diniy
e’tiqodlar, hatto ko‘pxudolik, otashparastlik e’tiqodlari
ham teng ahamiyat kasb etadi, hamma dinlar bir
mohiyatning ifodasi sifatida anglashiladi.
Navoiyning olam, uning mohiyati, inson va taqdir
haqidagi falsafiy qarashlari islom shariati chegaralari
doirasida qolib ketmaganidek, tasavvuf mistikasi –
asketizmga, tarkidunyochilikka tamomila ziddir.
Alisher Navoiy lirikasini sevimli qilgan birinchi
xususiyat undagi she’rlarda inson qalbi, ongi, fazilat
va xislatlarining dohiyona tasvirlanishidadir. Navoiy
she’rlarida inson qadr-qimmati ulug‘lanadi. Har bir
g‘azal o‘quvchi qalbiga mehr-shafqat, rahm-adolat
urug‘ini ekadi. O‘quvchini himmat va insoniylik,
qanoatlilik va boshqa olijanobliklar ruhida tarbiyalaydi.
Alisher Navoiy tasavvufiy ruhda yozgan she’rlarida
Fariduddin Attor, Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Nizomiy
Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Sa’diy, Abdurahmon
Jomiy ta’limotlariga ergashadi hamda fikrlarini
san’atkorona betakror baytlarda ifoda etadi. Alisher
Navoiy dunyoqarashiga ko‘ra, adabiy tafakkur – inson
jismoniy va ruhiy poklanish orqali qo‘lga kiritadigan
boylikdir. Navoiy inson mavjud moddiy olamning o‘zida
ham ana shu boylikni qo‘lga kiritishi mumkin, deb
hisoblaydi. Bu uning ko‘pchilik mutasavvuflardan ajralib
turadigan tomonidir. Buning uchun esa inson o‘zligini,
olamni tanishi kerak, aks holda, “Saddi Iskandariy”da
tasvirlanganidek, o‘zi okeanda yashasa-da, suv axtarib
halok bo‘lgan baliqlar holiga tushadi.
Alisher Navoiyning ko‘pgina she’rlarida oliy haqiqat,
mukammal adolatga erishish g‘oyasi ilgari suriladi va
badiiy hal qilib beriladi. Shoir bunday she’rlarida insoniy
qadriyatlar tasviriga ham go‘zal baytlar bag‘ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |