Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
– mahalla reproduktiv salomatlik markazlari zimmasidagi vazifalar ko‘lami va 
mas’uliyat chegaralarini aniqlash maqsadida maxsus nizomlar ishlab chiqilishini 
ta’minlash, ular qoshida mahalla aholisi uchun konsultatsiyalar tizimlarini tashkil qilish.
reproduktiv salomatlik muammolari sog‘liqni saqlash tizimlari faoliyati, ijtimoiy 
qurilmalar, maxsus dasturlar va adabiyotlar, targ‘ibot va tashviqot faoliyati kabi turli 
faoliyatlar hamkorligiga bog‘liq bo‘lgan ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, tabiiy ravishda uning 
bugungi imkoniyatlariga bo‘lgan zamonaviy talablar ham oshib bormoqda. Masalan, 
tibbiyot muassasalarida o‘smirlar pediatriyasi bo‘yicha maxsus xona shifokorlari, shifo
-
kor-laborantlar va narkologlar, rentgenologlar va bolalar psixiatrlari tanqisligi seziladi. 
Shu bilan birga targ‘ibot va tashviqot faoliyatini olib borishda bir tomondan keng 
aholi qatlamlarining reproduktiv salomatlik asoslari bo‘yicha xabardorligini oshirish 
talab etilsa, ikkinchi tomondan, targ‘ibot va tashviqot faoliyatidagi ijodiylik, xalqchillik 
va oddiylik, tushunarlilik tamoiyllarining kuchaytirilishi, targ‘ibot faoliyatini turli ijtimoiy 
qatlamlar qiziqishlari va tafakkuriga moslash lozimligi, shuningdek, yoshlar psixologi
-
yasi talablarini tan olgan holda yangi usullarni qo‘llash imkoniyatlarini qidirish lozim. 
Uchinchidan esa, reproduktiv salomatlik bo‘yicha ilk ma’lumotlarni bolalarning go‘dak
-
lik davridanoq maxsus dasturlar asosida berib borilishi, so‘ng bu bilimlarning ta’lim 
tizimining turli bosqichlarida to‘ldirilishi va mustahkamlanishi kerak. Agar bolalarga 
go‘daklik davridanoq eng primitiv bilimlar, yoki reproduktiv salomatlikni saqlash uchun 
nimalar qilish kerakligini tushuntirilmasa, kelgusi avlodlar tafakkurida reproduktiv salo
-
matlikning chuqur va asosli ildizlarini yarata olmaymiz.
Mahallada qizlarni oilaga reproduktiv salomatlik asosida tarbiyalash faoliyati ho
-
zirgi kunda o‘zining har tomonlama ishlanmaganligi, tibbiyot hodimlarining keng jalb 
etilmaganligi, ilmiy asosga qurilmaganligi bilan o‘z kamchiliklarini namoyon etadi. qiz
-
lar o‘rtasida anemiya, sil kasalligining keng tarqalayotganligi, bu kasalliklarning esa 
inson zurriyoti va nasliga bevosita aloqador ekanligi bilan bog‘liq ravishda o‘nlab salbiy 
holatlar mavjud. Bugungi kunda talab etiladigan ijtimoiy majburiyatlardan biri – mavjud 
salbiy holatlarni yengib o‘tish, yangi zamonaviy munosabatlarni va xalq mentalitetini 
reproduktiv salomatlik asoslarini nazarda tutgan holda qayta shakllanti ri s h dan iborat
-
dir. Tadqiqot doirasida bu borada olib borilayotgan tadbirlar va faoliyatning yanada 
takomillashuvi uchun quyidagilar taklif etiladi:
– qizlarning reproduktiv salomatlik asosidagi tafakkurlarini shakllantirishda mahal
-
la tizimi orqali uning samaradorligini oshirish, qizlar bilan oshkoralik, samimiylik, o‘zaro 
tenglik va o‘zgalar huquqlarini hurmatlash, hayotga real baho berish, “kelinlik” majbu
-
riyatlarining zamonaviy yangi nizomlarini ishlab chiqib, keng tarqatish, anketa-so‘rov-
nomalar asosida mahalla ahlini bezovta qilayotgan o‘rinlarni aniqlash, ular bo‘yicha 
preventiv va harakatchan tizimlarni ishlab chiqish, aholi bilan tibbiy kadrlar o‘rtasida
-
gi muvozanatni hamkorlik tamoyillari asosiga qurish, moddiy boyliklarga ruju qo‘yish, 
ammo to‘g‘ri va ratsional, shuningdek, rang-barang ovqatlanishni tashkil qila olmaslik, 
yoki buni istamaslik kabi holatlar bo‘yicha aniq, ravshan, millat genofondini sog‘lom 
saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarni olib borish; 
– mahalla tizimi orqali qizlarning reproduktiv salomatligini muhofazalash va ular 
bilimlarini to‘g‘ri shakllantirish qizlarning turli yosh darajalariga hamohang tarzdagi turli 
tadbirlarning ishlanishini talab etadi. Bolaligidanoq reproduktiv salomatlik asoslari va 
bilimlarini o‘z tafakkuriga singdirgan ayollar o‘zlari “qaynona” bo‘lganliklarida kelin
-
lariga nisbatan reproduktiv salomatligini himoya qilish bo‘yicha munosib sharoitlarni 
yaratib berish uchun prinsipial ravishda monelik qilishmaydi. demak, reproduktiv sa
-


113
lomatlik asoslarini yosh psixologiyasini nazarda tutgan holda go‘daklik davri, “bog‘cha 
bola” davridanoq asta-sekin shakllantirib borish lozimligi ayon. Shu bilan reproduktiv 
salomatlik bo‘yicha bilimlar majmuasi ta’lim jarayonining barcha davrlarida saqlanib 
qolishi, uning davomiyligi va izchilligini ta’minlashi zarurligi fuqarolar salomatligini saq
-
lashning muhim talablaridan biridir;
– qizlarni mahalla tizimi orqali reproduktiv salomatlik asosidagi tafakkurlarini 
shakl lantirishda metodik va uslubiy qo‘llanmalarning taqchilligi sezilarlidir. Shu bilan 
birga “o‘zgalarning insoniy huquqlarini” hurmat qilish asosida ishlab chiqilgan “qayno
-
na-kelin” munosabatlari bo‘yicha yangicha qarash bo‘yicha nizomlarni ishlab chiqish 
ham davrimizning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda;
– genetika va irsiy xususiyatlarning avlodlarga o‘tishi borasidagi so‘nggi ilmiy tas
-
diqlangan eng zamonaviy qarashlar shuni isbotladiki, inson intellekti, avlodning ne
-
chog‘li “aqlli va dono” bo‘lishi ayol kishining maxsus genlariga, ayolning tafakkuri va 
bilim darajasiga bevosita bog‘liq holat ekan. demak, biz millat genofondini va uning 
intellektuallik darajasini oshirmoqchi bo‘lsak, ayollar intellektual darajasi bilan bevosi
-
ta shug‘ullanishimiz va uni moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ta’minlashga qaratilgan milliy 
dasturlar asosida ish olib borishimiz lozimdir. intellektning shakllanishi esa organizm
-
dagi forfor va oqsil moddalarining yetarli bo‘lishiga bog‘liqdir. Shu bois, millat intellek
-
tual takomilini ta’minlash ayollar organizmining yetarli darajada maxsus ovqatlanish 
tizimini saqlash bilan aloqador voqelikdir.
Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlash jarayonlari 
sog‘lom turmush tarzini funksional qilishning o‘ziga xos jismoniy, tibbiy va fiziologik 
infratuzilmalarining mavjudligiga bog‘liq. qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga 
tayyorlash jarayonlari o‘zining mazmun, shakl va uslub jihatidan murakkab pedagogik 
jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Mahallaning qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oila
-
ga tayyorlash jarayonlariga tortilishi ta’lim-tarbiya maqsadlarining izchilligi, davomiyligi 
va asosli ekanligini oshiradi. 
Mahalla tizimining zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlariga, xususan, qizlarni 
sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlash, ularning sog‘lom diniy e’tiqodlarini 
shakllantirish, reproduktiv salomatlik bo‘yicha pedagogik tarbiya faoliyatiga jalb etilishi 
dolzarb bo‘lib, mahalla tizimida juda katta pedagogik potensial yashiringandir. Ana shu 
potensialni amaliyotga joriy etish, rivojlantirish va takomillashtirish bugunning dolzarb 
vazifasidir.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish