Juraqulova Nilufar
Javoblar:
1.
MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo’llanilayotgan makrodarajadagi
bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o’rganishda
foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu
tizimning ko’rsatkchilari va tasniflari o’zida bozor iqtisodiyoti tarkibini,
uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni
boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish
maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik
mamlakatlarda qo’llanilgan bo’lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq
mamlakatlarda qo’llanilmoqda.
2.
MHTning yana bir yo’nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni
yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik
mehnat yaratadi deb qaralgan bo’lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital
ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi. 1993
yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan iboratki,
unda xo’jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar
bo’yicha guruhlarga ajratilgan:
1. nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
2. moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
3. davlatni boshqarish;
4. uy xo’jaligi;
5. uy xo’jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar.
3. Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli
bo’lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo’ladi, masalan,
iste’mol, jamg’arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga
tegishli bo’lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar
orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o’zaro bog’lanish nazarda tutiladi), balki
ekstraordinar hodisalar (yong’in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida
aktivlar hajmining o’zgarishini aks ettirishi mumkin. Hisoblamalardagi ayrim
qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil
analitik jamlovchi ko’rsatkichlar ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning
ko’pchiligi, masalan, qo’shilgan qiymat, jamg’arish, birlamchi daromadlar
balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish
qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun
iqtisodiyotga taalluqli bo’gan ko’rsatkichlar: masalan, YAIM, milliy daromad,
milliy boylik kabi ko’rsatkichlar agregat ko’rsatkichlar bo’lib hisoblanadi.
4. Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun
mo’ljallangan. Uning o’ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab
chiqarish natijalarini o’lchovchi boshlang’ich nuqta bo’lib hisoblanadi. Keng
ma’noda ishlab chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar
qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o’zida
sarflangan tovar va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun
ishlab chiqarish tarkibida takroriy hisoblamalar mavjud bo’ladi.
Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan
ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda
ishlab chiqarish xajmi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: P=R+S; Bunda
P – ishlab chiqarish; R – sotilgan mahsulot hajmi; S – ishlab chiqarilgan,
lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahiralarining ortishi, bunga
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i xam qo’shiladi. Сотилмай қолган
тайёр маҳсулотлар заҳирасининг ортиши қуйидаги formula bo’yicha
hisoblanishi mumkin: S=S1-S0; Bunda S1 – davr oxirida zahiralar qiymati; S0
– davr boshidagi zaxiralar qiymati; Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim
qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi
baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi baho bilan emas. Yuqori
inflyatsiya mavjud bo’lgan davrda bunday farq juda yuqori ham bo’lishi ham
mumkin.
5. Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar – ishlab chiqarishning ayrim omillariga
soliqlar: yer, imorat, transport vositalari, ish xaqqi fondiga. Bu modda sof
asosda qayd etiladi, yoki ishlab chiqarishga bo’lgan boshqa subsidiyalarni
ham ayriladi. Asosiy kapital iste’moli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosi
bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi. Foyda – bu modda
nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini hosil bo’lishi
hisoblamasida paydo bo’ladi. Aralash daromad – nokorporativ korxonalar
uchun balanslashtiruvchi modda bo’lib, u uy xo’jaligi sektorining
daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo bo’ladi. Uy xo’jaligi
tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar, kichik ustaxonalar,
restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari xizmat qiladilar) ham bo’ladi.
6. Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish – bino va inshoatlarni qurish qiymati,
shuningdek mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari
boshqa turlarini sotib olish. Material aylanma mablag’lar zahirasini ortishi –
xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish,
tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi.
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, san’at
asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish,
ular o’z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Boyliklar
yuridik, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va
iste’mol uchun emas, balki aktivlarni inflyatsiyalardan asrash uchun sotib
olinadi. Yerni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish yer bilan
birga boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik
huquqi va h.k.) sotib olishni o’z ichiga oladi. Sof kreditlash (sof qarz olish) –
moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi balanslashtiruvchi modda bo’lib, u
iqtisodiyotning bir sektorini ikkinchi sektoriga bergan va o’rni qoplanadigan
(yoki olgan) kapital xarajatlarni moliyalashtirishni ifodalaydi.
7. MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo’nalishlaridan biri
iqtisodiy o’sish darajasi va iqtisodiy konyunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YAIM hajmini o’zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o’rganish
muhim yo’nalishlardan biri bo’lib, u ko’p jihatdan mamlakat iqtisodiy
salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy
konyunkturaning tebranishi ko’p jihatdan mavjud asosiy fondlardan
foydalanish darajasiga bog’liq. Tahlilning keyingi yo’nalishi YAIMdan
foydalanish tarkibini o’zgarishini o’rganishdan iborat: oxirgi istemol, yalpi
jamg’arish, sof eksport. Ushbu tahlil asosida yana uy xo’jaliklari istemoli
tarkibini o’rganish mumkin (masalan, oziqovqat mahsulotlari sotib olish
ulushi), YAIMning mudoafaga, boshqarishga, sog’liqni saqlashga, ta’lim va
ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |