Жумъа кунги РЎза ҳақида ahlisunna uz /juma-kungi-ruza-haqida/ Lotin alifbosida Jum`a kungi ro`za haqida



Download 147,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.03.2022
Hajmi147,22 Kb.
#504024
  1   2
Bog'liq
ahlisunna.uz-ЖУМЪА кунги РЎЗА ҳақида



1/4
Ҳамидуллоҳ Беруний
ЖУМЪА кунги РЎЗА ҳақида
ahlisunna.uz
/juma-kungi-ruza-haqida/
Lotin alifbosida
Jum`a kungi ro`za haqida
Anchadan beri aytmoqchi bo`lib yurgan gapimni shu bugun qisqacha aytay:
Bizda negadir jum`a kuni ro`za tutish makruh degan fikr shakllanib qolayapti. Hatto
birovlar ro`zani boshlash ham makruh deyishayapti. Aslida, biz Imomi A`zam Abu Hanifa
rahimaxullohning hanafiy mazhabidanmiz. Shu mazhabga ko`ra jum`a kunining o`zida
ro`za tutish mustahab — savobli amal hisoblanadi! Bu nafaqat bizning mazhabda, balki
molikiylik mazhabida ham xuddi shunday! Buni unutmasdan, jum`a kuni ro`za
tutuvchilarga ta`na qilavermasdan, mazhab fikrlarini ham hurmat qilishni o`rganish kerak.
Imomi A`zam Abu Hanifa rahimaxulloh va Imom Muhammad ash-Shayboniy rahimaxulloh
fikrlaricha faqat jum`a kunining o`zida ro`za tutish mustahabdir!
Hanafiy mazhabining ulug` manbalaridan biri «Bahr ar-roik» asarida ro`za tutish makruh
bo`lgan kunlar mavzusida bunday keltirilgan:
ﻢﻬﻀﻌﺑ ﻞﻜﻟا هﺮﻛ و ﺲﯿﻤﺨﻟا و ﻦﯿﻨﺛﻻﺎﻛ ﺔﻣﺎﻌﻟا ﺪﻨﻋ ﺐﺤﺘﺴﻣ هداﺮﻔﻧﺎﺑ ﻪﻣﻮﺻ نﺈﻓ ﺔﻌﻤﺠﻟا مﻮﯾ مﻮﺻ فﻼﺨﺑ
«Jum`a kunining ro`zasi bunga teskaridir. Chunki, bu kunning o`zida ro`za tutish juda
ko`pchilik ulamolar fikricha dushanba va payshanba kuni kabi mustahabdir. Bo`larning
barchasini ayrim olimlargina makruh deganlar, xolos» (5/187).
Demak, bu yerda jum`a kungi ro`zani dushanba va payshanba kungi ro`za singari savobli
deb atalmokda. Jum`a kungi ro`zani ayrim olimlar makruh deganlar. Buni Hanafiylikda
faqatgina Imom Abu Yusuf rahimaxulloh aytgan bo`lib, u zot ham makruhi tanzixiy, ya`ni
halolga yaqin, yengil makruh deganlar. Boshqalar esa haddan oshib dushanbada xam,
payshanbada ham ro`za tutishni makruh deyishgan ekan.


2/4
Abu Bakr al-Kosoniy rahimaxullohning «Badoye` us-sanoye`» asarida bunday deyilgan:
مﺎﯾﻻا ﻦﻣ مﺎﯾﻻا هﺬﻫ نﻻ ﺐﺤﺘﺴﻣ ﻪﻧا ﻢﻬﺘﻣﺎﻋ لﺎﻗ و ﺲﯿﻤﺨﻟا و ﻦﯿﻨﺛﻻا مﻮﯾ مﻮﺻ اﺬﻛ و هداﺮﻔﻧﺎﺑ ﺔﻌﻤﺠﻟا مﻮﯾ مﻮﺻ ﻢﻬﻀﻌﺑ هﺮﻛ و
ﺎﺒﺤﺘﺴﻣ مﻮﺼﻟﺎﺑ ﺎﻬﻤﯿﻈﻌﺗ نﺎﻜﻓ ﺔﻠﺿﺎﻔﻟا
«Ba`zi bir olimlar jum`a kunining bitta o`zining ro`zasini makruh deganlar. Shuningdek,
dushanba va payshanba kunlarining ro`zasini ham shundoq deganlar. Ko`pchilik
ulamolarning aytishicha bu kunda ro`za tutish mustahab. Chunki, ushbu kunlar fazilatli
kunlardan bo`lib, ularning ta`zimi ro`za bilan bo`lishi mustahabdir!» (2/232).
Alouddin as-Samarqandiy rahimaxullohning «Tuhfat al-fuqaho» asarlarida bunday
deyilgan:
ﻪﻧﻻ هﺮﻜﯾ ﻢﻬﻀﻌﺑ لﺎﻗ و هﺮﻜﯾ ﻻ ﻪﻧﺎﻓ هﺪﺣو ﺔﻌﻤﺠﻟا مﻮﯾ مﻮﺻ اﺬﻛ و هﺪﺣو ﺲﯿﻤﺨﻟا مﻮﯾ مﻮﺻ اﺬﻛ و هﺪﺣو ﻦﯿﻨﺛﻻا مﻮﯾ مﻮﺻ ﺎﻣا و
ﺎﻤﻧا و ﺎﺒﺤﺘﺴﻣ مﻮﺼﻟﺎﺑ ﺎﻬﻤﯿﻈﻌﺗ نﺎﻜﻓ ﺔﻠﯿﻀﻓ مﺎﯾﻻا هﺬﻬﻟ نﻻ ﺐﺤﺘﺴﻣ ﻮﻫ ﻞﺑ اﻮﻟﺎﻗ ءﺎﻤﻠﻌﻟا ﺔﻣﺎﻋ و ﺎﻫﺮﺋﺎﺳ ﻦﯿﺑ ﻦﻣ مﺎﯾﻻا هﺬﻫ ﺺﺧ
تﺎﻣﺎﯿﺼﻟا هﺬﻫ ﻰﻓ ﺪﺟﻮﯾ ﻢﻟ و ﺔﻠﺒﻘﻟا ﻞﻫا ﺮﯿﻐﺑ ﻪﺒﺸﺗ ﻪﯿﻓ نﺎﻛ اذا هﺮﻜﯾ
«Dushanba kunining yolg`iz o`zining ro`zasiga kelsak, shuningdek payshanba kunining
yolg`iz o`zining ro`zasi xamda jum`a kunining yolg`iz o`zining ro`zasi ham makruh
bo`lmaydi!!! Ayrim olimlar makruh bo`ladi deyishadi. Chunki, bu kunlarni boshkalaridan
xoslab qo`ygan bo`ladi. Ulamolarning juda ko`pchiligi esa balki bu kunlarda ro`za tutishni
mustahab deydilar. Chunki, ushbu kunlarning fazilati bor. U kunlarni ro`za bilan ta`zim
qilish mustahabdir! Ahli qibladan o`zgalarga o`xshash jihatga ega ro`za esa makruh
bo`ladi, ushbu ro`zalarda esa bu o`xshashlik mavjud emas!» (1/344).
Shariatda xarom yoki makruh ishga qasam ichilsa yoki nazr qilinsa, o`sha ishni amalga
oshirilmaydi, bajarishga hukm qilinmaydi. Masalan, xayit kuni ro`za tutish makruh. Kim
hayitda ro`za tutaman deb nazr qilsa, uni amalga oshirmaydi, kafforatini berib
quyilaveradi. Hanafiy mazhabining eng mo«tabar kitoblarida kimki jum`a kunining o`zida
ro`za tutaman deb nazr qilsa, uni amalga oshiradi, ro`za tutadi, deb aloxida kayd qilingan.
Chunki, bu kunda ro`za tutish makruh bo`lmagani uchun shu hukm aytilgan. Jumladan,
«Muhiti Burxoniy», «Javharat an-nayyira», «Tabyin al-haqoiq» kabi fihqiy manbalarimizda
bu ma`lumot kayd qilingan.
Xullas, Imomi A`zam mazhablarida, Hanafiylik mazhabida jum`a kunining yolg`iz o`zida,
faqat jum`a kuni ro`za tutish makruh emas! Zotan, saxobalardan ayrimlari, shu jumladan,
Abdullox ibn Abbos raziyalloxu anhu va Oysha onamiz raziyalloxu anho hamda
tobe`inlardan ko`pchiligi jum`a kunining o`zida ro`za tutishni yoktirar ekanlar.
Ana endi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jum`a kuni ro`za tutishdan
qaytarganliklari xaqidagi hadis nima bo`ladi?! Mazkur buyuk sahobalar hamda Hanafiy
mazhabi faqixlari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bu qaytariqlarini
bilmaganmilar yoki unga amal qilmaganmilar?! Yuq, aslo! Birinchi navbatda bu qaytariqni
qat`iy deb bilmaganlar. Jumladan, Imom Abu Yusuf rahimaxulloh ham uni makruhi
tanzihiyga kiritgani bejiz emas. Ikkinchidan, bu ta`qiq hukmi mansux bo`lgan bo`lishi
mumkin. Umuman olganda, jum`a kuni ro`za tutish qattiq makruh emasligi anik.


3/4
Agar jum`a kuni shak kuniga tug`ri kelsa yoki sha`bonning oxirida ro`za tutishga
odatlangan odamning yoki oyning ma`lum bir kunlari ro`za tutishga odatlangan kimsaning
odatiga tug`ri kelsa, aynan jum`a kuni nafl ro`za tutish mustahab — savobli ish bo`lishida
shak-shubha yuq! Alloh ibodatlarimizni qabul aylasin!

Download 147,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish