Yuklarni tashishda xavfsizlik talablari
Yuklarni ortish, tashish va tushirish ishlarining to’g’riligiga transport vositasining haydovchisi javobgardir. Yuklash ishlari boshlanishidan oldin u yukni tekshirib ko’rishi va bu yuklar transport vositalarining tonnasi hamda o’lchamlariga muvofiq kelish-kelmasligini tekshirib ko’rishi lozim. Portlovchi moddalarni va zaharli ximikatlarni tashishda haydovchi bu yuklarni ortish, tashish va tushirish yuzasidan yo’l-yo’riq olishi lozim, u yo’l-yo’riqni yuklarni ortish joyida oladi.
Yuklar ko’pincha qoplarda, savatlarda, yashiklarda, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish usuli tashiladigan yukka va yuk ko’taradigan mashinalar yoki boshqa vositalarning bor-yo’qligiga bog’liqdir. Yuklarni qo’lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat yetiladi. Bunday holda yerkaklar ko’pi bilan 50 kg, ayollar yesa ko’pi bilan 9 kg, 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar ko’pi bilan 13 kg, o’smir qizlar ko’pi bilan 7 kg yuk ko’tarishlariga ruxsat yetiladi.
Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va turg’unligi, ularning yuk ko’taruvchanligi ko’tariladigan yukka muvofiq kelish- kelmasligi, arqon, tros va himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim. Yuk ortilgan transport qo’yiladigan joy axlat, qor yoki yot narsalardan toza bo’lishi kerak. Agar yuklash va yuk tushirish ishlarida ko’tarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda ko’tarilgan yuk ostida turish mumkin yemas; transportni shunday o’rnatish kerakki, bunda avtomobil yoki traktor kabinasi ko’tarilgan yuk ostiga to’g’ri kelmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi kerak.
-
Рахбар
|
|
Тilavov X
|
|
|
001.004.030. БМИ. 2014 й.
|
|
Бажарди
|
|
Yuldasheva N
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Idishga solingan sochiluvchan yuklar hamda kuzov ichida tashiladigan yuklar kuzov va arava bortlaridan chiqib qolmasligi lozim, chunki ular harakat vaqtida tushib qolishi va yo’lovchini shikastlantirishi mumkin. Yuk transport vositalarining turg’unligini yo’qotmasligi va haydovchining ko’rish chegarasini cheklamasligi lozim. Bochkalar, yashiklar, xashak, poxollarni ortishda yo’l harakati qoidalari va belgilangan gabaritga rioya qilish lozim. Ortilgan yukning yerdan to baland qismigacha bo’lgan oraliq 3,8 metrdan ortiq bo’lmasligi, yeni 2,5 metrdan ortmasligi, transport orqasidan 2 metrdan ko’p chiqib turmasligi kerak.
-
Рахбар
|
|
Тilavov X
|
|
|
001.004.030. БМИ. 2014 й.
|
|
Бажарди
|
|
Yuldasheva N
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |