Yongʻoq
Yongʻoq
(
Juglans regia
L.) —
yongʻoqdoshlar
oilasiga
mansub daraxtlar
turi
, yongʻoqmevali
daraxt
. Yovvoyi holda
Kichik Osiyo
,
Bolqon yarim oroli
,
Kavkaz
,
Eron
,
Xitoy
,
Koreya yarim oroli
,
Afgʻonistonda
oʻsadi.
Oʻrta Osiyo
togʻlarida
tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina
mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va
deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15—30 m, yoʻgʻonligi 1,5—2 m gacha
boradi. Shoxshabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon,
ildiz
tarmogʻi baquvvat, 4 m va
undan ortiq chuqurlikka boradi.
Bargi
yirik (20—40 sm), 5—11 bargchalardan tuzilgan murakkab
barg, hushboʻy (efir moyli).
Guli
bir uyli, ayrim jinsli,
changchisi
(otalik guli) — kuchalasi oʻtgan yilgi
novdada toʻdatoʻda, urugʻchisi (onalik guli) yangi novda uchida va barg qoʻltigʻida bitta yoki 2—3
tadan, ayrim navlarida 5—10 donadan shingil shaklida joylashadi. Mevasi —
yongʻoq
, dumaloq
yoki choʻziqroq, poʻchogʻi qattiq, yumshoq, gʻalvirak tuzilishga ega. Bir dona yongʻogʻi 5—23 g
atrofida (magʻzi 40—75%). 150—200 yil xrsil beradi, 300—400 yil yashaydi. Yo. yorugʻsevar
oʻsimlik. Yer osti suvlari yuza boʻlmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shagʻalli
tuproklarda yaxshi usadi. Vegetatsiya davri 165 — 210 kun. Aprel—mayda gullaydi, mevasi
sentabr— oktabrda pishadi. Yongʻoqzorlardan 30—50 s/ga hosil olish mumkin. Yo. bargi, poʻsti,
poʻstlogʻida
katta miqdorda
oshlovchi moddalar
, magʻzi tarkibida 45— 72% yogʻ, 8—21% oqsil,
20% uglevodlar, vitamin V, S, provitamin A va b. moddalar bor. Yo. asalli oʻsimliklardan
hisoblanadi. Yo. magʻzi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobigʻi esa tibbiyot va
parfyumeriyada ishlatiladi; magʻiz moyidan oziqovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli
sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yogʻochi va gʻuddasidan mebel, mashinasozlik
sanoatida foydalaniladi. Bargi, poʻstlogʻi va mevasining yashil qobigʻidan gazmol, jun, gilam
tayyorlashda ishlatiladigan boʻyoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin konsentratlari) tayyorlanadi.
Ihota va agrooʻrmon melioratsiya daraxtzorlari barpo etishda, manzarali bogʻdorchilikda
ahamiyati katta. Yo., asosan, yongʻogʻidan va payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Payvand
qilingan daraxti ertaroq (4—6 yili), yongʻogʻidan oʻsgan koʻchatlar 6—10yilda hosilga kiradi.
Toʻnkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi oʻsib, 3—4yili hosil beradi. Koʻchati 10x10 yoki
12x12 m oraliqda oʻtqaziladi. Yongʻoqzorlar har yili gektariga 120 kg azot, 60—90 kg fosfor
hisobidan har 3 yilda bir marta gektariga 30—40 t hisobidan goʻng bilan oʻgʻitlanadi. Navlari.
R. R.
Shreder
nomidagi
Bogʻdorchilik
, uzumchilik va vinochilik i. t. intining
Boʻstonliq
(Xumson) filialida
Yo.ning koʻpgina navlari yaratilgan. Oʻzbekistonda asosan quyidagi navlari ekiladi. Boʻstonliq —
daraxti bal. 16 m gacha boradi. Mevasi yirik (13,3 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi och sariq, yupqa.
Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi. Magʻzi chiqishi 48,6%. Tarkibida 68,8% yogʻ va 2,2% qand bor.
Gʻalvirak (yupqa poʻchoq) — daraxti 16 m gacha. Mevasi oʻrtacha (9—9,5 g), tuxum shaklida,
poʻchogʻi oqishsariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi, tarkibida 68,8% yogʻ va 3% qand
bor. Antiqa — daraxti 9 m gacha, guli oldinmakeyin ochiladi, erta koʻklamda gullaydi, lekin yoz
oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sentabr oxirlarida, soʻnggisi
dastlabkisidan 6—7 kun keyin pishadi. Mevasi oʻrtacha (10—10,5 g), yassiyumaloq, poʻchogʻi
oqishsariq. Magʻzi poʻchogʻidan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1 % yogʻ va 3% qand bor.
Oʻzbekistonda Yo.ning yana Konsoy, Pioner, Vatan, Yubiley, Doʻrmon1, Doʻrmon2 va b. navlari
oʻstiriladi. Asosiy zararkunandalari: yongʻoq qurti, yongʻoq galla kanasi, barg oʻrovchilar. Ularga
qarshi kurashda insektitsidlar, 0,5% li ohakoltingugurt qaynatmasi va b. qoʻllaniladi.Yong'oq
xotirani yaxshilaydi.Buyuk olim va shoir Baxti Kamron ko'p tadqiqotlar olib borgan bu borada
Juglans regia
Adabiyot
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Yong
ʻ
oq&oldid=2863568
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |