Jovliyev sherxan farhodovich
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon
Tajriba-sinovning boshlang’ich bosqichi. Tajriba-sinovning o’rta bosqichi. Tajriba-sinovning yakuniy bosqichi. Diagnostik natijalar tahlili shuni ko’rsatadiki, tanlaangan fan sifatida jalb qilingan iqtidorli o’quvchi sozandalardan tashkil topgan tajriba-sinov sinfi guruhidagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi an’anaviy nazorat guruhidagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tenglashganligini, ikkala guruhni birlashuvi natijasida ijroning mo'tadil ravshida tus olganligiga, orkestr tarkibida barcha cholg’u guruhlarini bekami-ko’st holda bunyod etilganligiga, orkestr tarkibida cholg’ularning sadosi yuqori darajada sadolanayotganligini ko’rishimiz mumkin. Tadqiqot muallifi sifatida aytishimiz mumkinki, bugungi kunda 2-Bolalar musiqa va san’at maktabidagi xalq cholg’ulari bo’limida qashqar rubob, dutor, doira, bayan-akkardeon sinflari mavjud. Xalq cholg’olari orkestri jamoa ijrochiligi sinfini to’liq shakillantirish maqsadida tajriba-sinov va nazorat guruhlarini birlashtirgan holda erishilgan yutuqlarimizga nazar tashlaydigan bo’lsak, orkestr jamoa tarkibida “afg’on rubob”, “chang”, “rubob prima”, ‘dutor bas”, “dutor kontrabas”, “g’ijjak” cholg’u ijrochilari mavjud, ammo yakka mutaxasislik sinflar yo’q. Muammolarni ko’pligiga qaramasdan, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanib, to’liq tarkibda tashki qilingan xalq cholg’ulaari orkestr jamoasi bilan yillar mobaynida erishilgan yutuqlarimizga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2018-yil O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan mart, aprel oylarida bo’lib o’tgan “Bolalar musiqa va san’at maktablari orkestr, ansambl va ijodiy jamoalarinig respublika ko’rik-tanlovida” viloyat, respublika bosqichlarida faol ishtirok etib 300 dan ortiq BMSM orasidan yuksak darajada e’tirof etilib faxirli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2018-yil aprel, may oylarida o’tqazilgan “Yoshlar kelajak bunyodkori shiori ostida yoshlar festevali”ning shahar, viloyat, respublika bosqichida ishtirok etib faxirli 1-daajali diplom bilan taqdirlandi. 2019-yil mart, aprel oylarida bo’lib o’tgan “Bolalar musiqa va san’at maktablari orkestr, ansambl va ijodiy jamoalarinig respublika ko’rik-tanlovida” viloyat, respublika bosqichlarida faol ishtirok etib faxirli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2019 yil mart, aprel, may oylarida bo’lib o’tgan “MILLIY CHOLG’ULAR KO’P OVOZLI ANSAMBL VA ORKESTRLAINING “NAVRO’Z SADOLARI” NOMLI XALQARO KO’RIK FESTIVALI”da faol ishtirok etishib xalqaro miqyosida faxirli 3-darajali diplom va kubok bilan taqdirlandi. 2021- yil mart, aprel oylarida o’tqazilgan “Bolalar musiqa va san’at maktablari orkestr, ansambl va ijodiy jamoalarinig respublika ko’rik-tanlovida” viloyat, respublika bosqichlarida faol ishtirok etib faxirli 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2021-yil Qozog’istonnig Pavlodor shahrida o’tqazilgan Xalqaro “Drenfest” ko’rik-festevalida yosh doirasi bo’yicha ishtirok etishib xalqaro miqyosida Gran-pri diplomi va kubok medallari mukofoti bilan taqdirlandib ijodiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Demak Bolalar musiqa va sanat maktablarida o’quvchi sozandalarni o’zbek xalq cholg’ularini orkestr sinfini to’liq tarkibda tashkil etish va boshlang’ich sinf repertuarlarini yo’lga qo’yish tartibini boshqarish yo’llari bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi. Xulosa Har qanday jamiyatning istiqboli uning ta`lim – tarbiya maqomiga, yangicha ta`lim tizimi tarkibi va mohiyatiga, teran ma`rifiy madaniyatiga bog`liq. Zotan, ta`lim ma`rifati darajasigina jamiyatning, davlat va millatning kelajagini ta`minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi. O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridanoq ana shu haqiqatni o`z mustaqil taraqqiyot yo`lining istiqboli deb bildi. Jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o`zgarishlarning negizi milliy, ma`rifiy an`analarimizning zaminini yanada mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg`or o`qitish usullari bilan boyitishga asosiy urg`u berildi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o`quv – tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning kasb mahoratini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifatida qo`yilmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda integratsiya jarayonlari, xilma-xil madaniyat almashinivlari avj olib bormoqda. Ushbu tartibda xalq cholg’ulari orkestrlarining o’rni, musiqa ijrochiligi madaniyatlarining shakillanib borishi natijasida kengayib boyib bormoqda. Binobarin ko’p ovozli o’zbek xalq cholg’ulari orkestri cholg’u ijrochiligining yangi bir shakillaridan bo’lib, yoshlarning manaviy dunyoqarishi, musiqiy salohiyati, ijodiy erkin fikirlashi ko’p ovozli garmonik eshitish qobilyatlarini his etishga, musiqiy didini estetik tarbiyalab borishga xizmat qilqdi shu bilan birga jamiyatimiz ma’naviy hayotida xam o’zining o’rniga ega bo’lib, umumbashariy madaniyatimizning xazinasiga o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda. Musiqiy asarlarni orkestr jamoalari ijrosida puxta va maromida yangrashi uchun hamma sozandalar o‘z cholg‘ularida yaxshi ijro etishni puxta o‘zlashtirgan, rahbar ko‘rsatmalariga rioya qiladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun asarlarni o‘rganishning eng samarali usullaridan bo‘lgan – guruhlarga bo‘lib hamda yakka ishlash foydalidir. Bunday ish uslubi o‘rganish jarayonini tezlashtiradi, muhimi ijroga oid hamma detallarni mustahkamlashga sharoit yaratadi. Orkestr guruhidagi: puflama, mizrobli, urma, torli – kamonli cholg‘ular guruhlariga bo‘lib mashg‘ulot o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bunda asarning matni, o‘lchovi, sur’ati, shtrixlar, applikatura, dinamik belgilar va boshqalar yakka hamda mayda guruhlarda mustahkamlanadi. Bunday mashg‘ulotlar havaskor orkestr tarkibi uchun ayniqsa zarur, chunki unda musiqa savodi, ijro holati, mahorat o‘stirishga tegishli bo‘lgan barcha savollar tushuntiriladi, muammolar yechiladi. Ijrochi sozandalarda bilim, malaka, ko‘nikma hosil bo‘lib, to‘liq tarkibdagi orkestrda ijro qilishda erkinlik, badiiy ijro uchun keng imkoniyat yaratiladi va ular hech qiynalmay o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarishga qodir bo‘ladilar. Dirijyor – rahbarning ifodalash qoidalariga to‘liq rioya qilish, asar mavzusi, mazmunini talqin etish osonlashadi. Orkestr jamoasida o‘rganiladigan asarlar jamoaning ijrochilik imkoniyatlariga mos bo‘lishi, ularning ijrochilik mahoratlarini, madaniy saviyalarini oshirishga, didlarini yuksaltirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Guruhli mashg‘ulotlarda olgan bilimlar umumorkestr ishini yengillashtiradi, rahbar – dirijyor asarni badiiy gavdalantirish, frazirovka, dinamik tuslar, intonatsiyalar (talaffuz), temp, mazmun, talqin ustida ishlaydi. Asosiy pirovard maqsad – o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri ijrochiligi orqali yosh avlodning musiqiy savodini oshirish, ma’naviy – ma’rifiy, axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir etib, ko‘p ovozli musiqa madaniyatini targ‘ib qilishda yordam berishdan iborat. Download 4,8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |