Jovliyev sherxan farhodovich


XALQ CHOLG’ULARI ORKESTR IJROSI UCHUN TAKOMILLASHTIRILGAN ASBOBLAR XUSUSIDA



Download 4,8 Mb.
bet15/35
Sana14.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#800024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Desertatsiya (3) (2) 90 bet Sherxon

1.3 XALQ CHOLG’ULARI ORKESTR IJROSI UCHUN TAKOMILLASHTIRILGAN ASBOBLAR XUSUSIDA
Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan - o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri XX asrning birinchi yarmida paydo bo‘lib, bir necha o‘n yillarni o‘z ichiga olgan shakllanish, rivojlanish, mukammallashish jarayonini o‘z boshidan kechirgan. Tajriba sifatida kiritilgan talaygina cholg‘ular: hozirgi g‘ijjagimizning kattalashgan ko‘rinishlaridagi – g‘ijjak-bas, g‘ijjak-kontrabas, temperasiyaga solishning hech ilojisi bo‘lmagan an’anaviy qadimiy cholg‘umiz – surnay (lekin partiturada nomi saqlanib qolgan) amaliyotdan o‘tmasdan, o‘z-o‘zidan o‘sha davrda tuzilgan musiqiy badiiy jamoalarimizning asosiy tarkibidan chiqib ketgan. Lekin an’anaviy surnayimizni epizodik cholg‘u sifatida (karnay, sibizg‘a, changqobuz kabi) kompozitorlar partituraga kiritishgan, bundan keyin ham asarlarning maxsus, folklorga yaqin bo‘laklarida kiritishlari mumkin. Sanab o‘tilgan cholg‘ularning o‘rniga - g‘ijjak-qobuz bas, g‘ijjak-qobuz kontrabas yangitdan yaratilib amaliyotdan o‘tdi, surnay o‘rniga evropa cholg‘usi hisoblanmish – goboy yoki uning ham o‘rniga dirijyorlar bayan-akkordeon (tembr jihatidan yaqin registrlari borligi uchun) kabilarni O‘zXChO (O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri) tarkibiga kiritib kelmoqdalar.
Musiqa cholg’ularini rekostruksiya qilish va takomillashtirishda ularni yangi texnologiyalar asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kritish bilan yasashni anglatadi .Unda asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash,cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish tembir nozikliklariga erishish, o’n ikki bosqichli ravon suratlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni kashf etish,tovush qatorlarini kengaytirish nazarda tutilgan edi. Rekanstruksiyaga muxtoj bo’lgan musiqa cholg’ularini takomillashtirish cholg’ularni mustaxkamligini, chidamliligini, ayrim qisimlari sezgirligini oshirish, tovush hosil qilish sifatini zamonaviy yuksak texnik va badiiy talablariga javob bera oladigan darajada yaxshilash ko’zlangan.Musiqa ijrochiligida umumiy taraqqiyot bilan bog’liq bulgan xolda cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji uchun katta imkonyatlar yaratilishiga turtki bo’ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga qiziqish uyg’ona boshladi. Ushbu davrda xamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllari tashkil etilib shakillanib bordi.Bu esa xalq cholg’ulari asboblarini takomillashtirish yo’lida ilmiy izlanishlariga sababchi bo’ldi. Ilk bor 1887 yilda V.V Andreyev xalq cholg’ularini takomillashtirish va xalq cholg’ulari orkestirini tuzish g’oyasi bilan chiqgan. Iqtidorli musiqa ustalari V.V.Ivanovva F.Spaserbskiy bilan xamkorlikda V.V.Andreyev xromatik balalayka pikolodan kontrabasgacha bo’lgan orkesrtdagi 12 bosqichli bo’lingan xillarini yasashdi.20-yillar o’rtalarida taniqli arman cholg’uchisi V.G.Buni Erevanda rekonstruksiya qilingan xalq cholg’ularidan iborat ansambl tuzdi.Uning tarkibiga tutek ,duduk ,zurna, soz,tor,kemoncha turkumlari va urma zarbli cholg’ular kirgan. 1934 yilda orkestr O’zbekiston shaxarlari bo’ylab safarda buldi. Orkestr raxbari V.Buni San’atshunoslik ilmiy- tadqiqot institutida xalq cholg’ularini rekonstruksiya qilish tajribalari bilan o’rtoqlashadi.Qozoq bastakori cholg’ushunos rekonstruksiya qilish tajribalari bilan o’rtoqlashadi.Qozoq bastakori A.K.Jubanov xam qobizning turdosh oilasi xromatik dombra, daupaz, kichik baraban va uchburchak turkumlaridan tuzilgan rekonstruksiya qilingan orkestr tuzdi. Bastakor Uzeir Xojibekov radio qumitasi qoshida faoliyat ko’rsatgan nota asosidagi birinchi Ozorbayjon xalq cholg’ulari orkestrini tuzdi. Orkestr kamoncha ,tor,duduk, zurna, def,nog’ora kabi cholg’ulardan iborat bo’lib, uning badiiy raxbari va dirijoryori Uzyer Xojibekov bo’lgan. O’zbek xalq cholg’ulari xilma –xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nixoyatda qiyin vazifa bulgan. Shu sababli xam xalq cholg’ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish ko’p ovozli ansambl va orkestrlar tuzish bir necha yillab davom etgan. Ananaviy cholg’ularning eski namunalari o’rniga yangi zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga javob bera oladigan yangi zamonaviyroq namunalari paydo buldi. Yangi namunalar paydo bo’lgach, mavjud musiqa cholg’ularini yanada takomillashtirishga urunishlar bo’lgan. Bu borada chang, g’ijak kabi cholg’ulariga qo’shimcha torlar qo’shilgach bu ularni tovush doirasini anchagina kengaytirilishiga olib keldi. Ko’pincha g’ijjak o’rnida uning vertikal xolati saqlangan holda to’rt torli skripka qo’llanila boshlangan. 1920-1930 yillarning boshlarida musiqa cholg’ulari ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor,tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratadi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishlagan. O’sha davrda mavjud changlar kichik diapazon va diatonik tovush qatoriga ega bo’lib, unda professional bastakorlar asarlarini ijro etish imkoni qiyin bo’lgan. Izlanishlar natijasida M. Xarratov changning yuqori registrini qo’shimcha torlar va xarraklar xisobiga kengaytirdi. Bu o’zgarishlar o’zbek xalqi musiqashunoslariga maqul bo’ldi. Milliy ansambllarimizga muxtoj bo’lgan cholg’ular sarasidan bo’lmish dutor bas (katta dutor ), g’ijjak bas (katta gijjak) xamda g’ijjak alt namunalarini Yunus Rajabiy va Usta usmon Zufarov xamkorlikda kashf qilishadilad. Bu cholg’ular yakka tartibda bir ovozli ansambl cholg’ulari sarasiga qo’shilishi natijasida tovush kengligi o’rganilib orkestr guruhi tarkibiga mujassamlashtirish imkonini yaratadi. Ushbu holatlab bo’yicha xalq cholg’ulari rekonstruksiya qilish va takomillashtirishda yuzasidan maxsus ustaxonalar ochilishiga xam turtki buldi. Bu borada Namangan viloyatida xalq sozandasi Usta Ro’zimat Isaboyev musiqa ustaxonasini tashkil etib ijrochilar tomonidan keng qo’llanilgan bir necha yarim xromatik chang cholg’ularini yasab ustaxonaga boshchilik qilgan.Buxoro viloyati sozandlar Usta Hojiota , Usta Najmiddin Nasridinov, Usta Tohirjon Davlatov Usta Marufjon Toshpo’latov dutor, tanbur, afg’on ruboblarin takomillashtirish yuzasidan yetarli darajada atroflicha ishlar oborishgan. Toshkentda esa elga taniqli bo’lgan sozanda Xayrulla Ubaydullayev, Usta Qayum surnaychi qo’shnay, sunray cholg’olarini takomillashtirishga kirishgan (t jali…….) Avvallari cholg‘ular xalq ustalari tomonidan buyurtma bergan sozandaning gavda tuzilishidan kelib chiqqan holda hech qanday chizmasiz yasalardi1.Ular faqatgina cholg‘u shakli va unga ishla-nadigan bezaklarni qog‘ozga tushirishgan xolos2.Shunga qara-may Usta Usmon Zufarovning erkaklar uchun mo‘ljallab yasagan 21-sonli an’anaviy dutori hozirgi kunda ham zamonaviy ijrochilik amaliyoti talablariga to‘liq javob berib, sozgar ustalar uchun etalon-namuna sifatida xizmat qilmoqda.
Keyinchlik cholg‘ularning o‘n ikki bosqichdan iborat xromatik tovushqatorli (teng temperatsiyalashtirilgan) turlarini va ularning oilasini yaratish masalasi tug‘iladi. Chunki o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini ijro etish uchun mo‘ljallangan milliy cholg‘ularda professional kompozitorlar yaratgan asarlarni ijro etish imkoni mavjud emas edi. Aniqroq aytganda, o‘zbek xalq cholg‘ularidan ko‘p ovozli orkestr tuzish va turli millatga mansub bo‘lgan asar-larni ijro etish uchun bu cholg‘ularda temperatsiyalashgan jihatlar yetishmas edi. Shu tufayli bir xil o‘lchov va bir xil tovushqatorga ega bo‘lgan cholg‘ular va ularning oilasini yaratish masalasi davr talabiga aylangan edi
30- Yillarning o’rtalariga kelib o’zbek cholg’ularini sistemali tarzda takomillashtirish ishlari avj ola boshlaydi. Ijodiy yutuqlarga erisha boshlangach O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi professor,cholg’ushunos olim A. I. Petrosyants rahbarligi ostida bir guruh usta-konstruktorlar Usmon Zufarov, A.A.Kevxoyants, S.E.Didenko ,V.V.Andreyev ,V.A.Romanchenko dutor va tanbur cholg’ularini rekonstruksiya qilishga urinishganlar. Aytish joizki sof yarim ton hosil qiluvchi, xromatik teng yarim tovush qatoriga ega bo’lgan o’n ikki bosqichli ravon suratga bo’lingan tovush qatori qabul qinqildi. Biroz vaqt o’tgach g’ijjaklarning kvarta kvinta soz turkumi yaratildi , vaqt o’tishi bilan ruboblar takomillashtirilib pirima kichik ruboblari ixtiro qilindi. Natijada 1938 yilning noyabr oyida,O’zbekiston Davlat Filarmoniyasi qoshida yuqorida qayd etilgan orkestr asosida o‘n ikki bosqichli teng temperatsiyalashtirilgan hamda nota orqali ijro etadigan orkestr tashkil topdi. Orkestrning badiiy rahbari va bosh dirijyori etib O‘zbekiston san’at arbobi, Davlat mukofotini sovrindori, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Ashot Ivanovich Petrosyans tayinlanadi. Yangi musiqa cholg’ularini amalda sinab ko’rish maqsadida A.I Petrosiyants tashabbusi bilan Toshkent musiqa blim yurtida tashkil etilgan uquv cholg’u orkestrida ijro qilinib sinovdan uqazilgan. O’zbek Davlat filarmoniyasida A.I.Petrosiyants raxbarlik qilgan O’zbek xalq cholg’ulari orkestrida cholg’ularni rekonstruksiya qilishda xaqiqiy tajriba maydonchasini o’tadi. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrida g’ijjakchi S. Aliyev, jo’navoz S. Gabrielyan, bastakor G.Voskonyan qayta ishlagan o’zbek xalq kuylari orkestr repirtuarida katta o’rin egalladilar.Takomillashtirilgan o’zbek xalq cholg’ulari O’zbekiston Davlat filarmoniyasida yangi tarkib topgan orkestridan o’ziga munosib o’rin egalladilar. Ijodiy uyg’onishlar izlanishlar natijasida 1943-yilda San’atshunoslik institute qoshida o’zbek musiqa cholg’ularini rekostruksiya qilish va takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ekspremental(tajribaxona) labaratoriyasi tashkil etildi va yuqorida nomlari tilga olingan ustalar bilan bir qatorda usta U.Zufarov, T.Maxmudov va Z.Sodiqovlar ham bu ishga jalb etiladilar. Asta-sekin laboratoriyaga sozgarlik san’atiga qiziqqan X.Muhiddinov, A.Abdug‘ofurov va M.Turdiyev kabi yoshlar ham shogird bo‘lib ishga kirishadi. Shu tariqa ustalar safi kengayishi munosabati bilan orkestr tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha cholg‘ular oilasi yaratiladi ayni damda uning qoshida cholg’ular muzeyi ochish xaqida xam qaror imzoladilar. V.A.Uspenskiy va V.M. Belyayev tajribaxona raxbari va ilmiy hodimi etib tayinlanadilar.Shu asnoda yangicha chizmalar, namunalar ishlab chiqishga doir faol ishlar olib borilib, shular asosida o’zbek xalq cholg’ularini yasashga kirishiladi 1944-yildan boshlab tajribaxonaga A.I.Petrosiyants bevosita raxbarlik qila boshlaydi. Musiqa ustaxonasiga xalq ustalari U.Zufarov, Z.Sodiqov, I.Mahmudovlar taklif qilinadilar. Bunda ko’zlangan maqsad An’anaviy xalq cholg’ulari asosida prima, sekunda, alt, namunaviy dutor, dutor bas, dutor kontrabas (kamerli va mizrobli) dotorlar oilasi turkumi yaratiladi. Shu asnoda g’ijjak cholg’ulari xam soprano, alt, bas, kontrabas yangi turdosh oila bilan xam boyitiladi. Vaqtlaar utishi mobaynida chang turkumlari ,ruboblarning xam turkumlarini yaratishadilar.Usha kezlarda Bolalar musiqa va san’at maktablariga va havaskor cholg’u orkestrlariga mo’ljallangan kichik ko’rinishdagi cholg’u asboblari xam rekonstruksiya qilina boshlangan.O’zbek xalq cholg’ularini takomillashtirish yo’lidagi tinimsiz izlanishlardan maqsad quyidagi vazifalarda iborat edi.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish