Joriy yilning avgust oyida prezident shavkat mirziyoev ishtirokida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar


bilan, ana o‘sha iymonning zaifligidandir”



Download 346,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana27.09.2022
Hajmi346,68 Kb.
#850400
1   2   3   4   5
Bog'liq
“БИЗ ЁШЛАР ГИЁҲВАНДЛИККА ҚАРШИМИЗ”

bilan, ana o‘sha iymonning zaifligidandir”
Demak, o‘zining dini va Vatani uchun qayg‘uradigan har bir musulmon,
o‘zini iymonli deb hisoblaydigan har bir mo‘min bu yuklatilgan burchni
to‘laligicha bajarishi lozim. Chunki bu avvalo Alloh va uning Payg‘ambarining
amri so‘ngra o‘z xalqi uchun g‘amxo‘rlikdir!
Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim
olishga, izlanishga, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda,
o‘smirlarni aldov yo‘li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar
ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostig‘ini quritayotgan giyohvandlikka
qarshi har bir inson o‘zi kurashmog‘i, tashqi ta’sirlardan himoyalanmog‘i
lozim.Sog‘lom avlod o‘tmishi qadim, tuprog‘i oltin, osmoni musaffo
O‘zbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sog‘lom muhitda, ezgu
tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy
xurujlar va qora illatlar o‘pqoni ularni o‘ziga jalb qila olmasin.
GIYOHVANDLIK VOSITALARI
Giyohvandlik vositalari
– maxsus ro‘yxatga kiritilgan va davlat tomonidan
nazoratga olingan, giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi sintetik vosita (preparat)lar
va o‘simliklar. Giyohvandlik vositalari ro‘yxati BMTning 1988 y. gi
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi kovensiyasida, shuningdek,
giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Davlat komissiyasining qaroriga (1995 y. 1 apr.) 1-sonli ilovada berilgan. Bu
moddalar sirasiga marixuana, nasha, kannabis smolasi, nasha moyi, qoradori,
morfiy, geroin, kodein, efedron, kokain va boshqa(lar) kiradi. Giyohvandlik
vositalaridan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishi
kerak. Ular bilan erkin muomala qilish taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining
1999 y. 19 avg. dagi «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»
gi qonuniga binoan, ularni veterinariya, ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ekspertlik
faoliyatida, jismoniy shaxslarga berish va boshqa(lar) maqsadlarda muomalada


bo‘lish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay,
oz miqdorda, g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish
uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan (O‘zR MJK, 56-modda). O‘zbekiston
Respublikasi JKda tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni ekish yoki
yetishtirish (270-modda), qonunga xilof ravishda egallash (271-modda), o‘tkazish
maqsadini ko‘zlab tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish (273-modda),
giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga jalb etish (274-modda), ularni i. ch.
yoki foydalanish qoidalarini buzish (275-modda), o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay,
qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa(lar) harakatlar
(276-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. «Giyohvandlik vositasi bo‘lgan
o‘simliklarni ekish» deyilganda ularning urug‘ini maxsus tayyorlangan yerga
sepish yoki ko‘chatini o‘tkazish tushuniladi va shu harakatlarning o‘zi shaxsni
jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. «Giyohvandlik vositasi bo‘lgan
o‘simliklarni yetishtirish» deyilganda har qanday yerda ekilgan yoki o‘zi o‘yib
chiqib, o‘sib yotgan shunday o‘simliklarni parvarish qilish (sug‘orish, chopish,
o‘g‘it berish va h. k.) tushuniladi. «G. v. ni qonunga xilof ravishda egallash»
deyilganda ularni o‘g‘rilik, firibgarlik, o‘zlashtirish, talonchilik, mansabni
suiiste’mol etish, tovlamachilik, bosqinchilik kabi yo‘llar bilan egallash tushuniladi.
Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlagan, olgan,
saklagan, tashigan shaxs, agar shunday harakatni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa
va ular miqdori ko‘p bo‘lmasa, o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olib kelib,
giyohvandlik vositalarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi (273-modda). Bu
moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga yo‘l ko‘ygan yuridik
shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Giyohvandlik vositalari ishlab chiqarish va ular bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilish og‘ir jinoyatchilikka jinoiy biznesni keltirib chiqaradi.

Document Outline


Download 346,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish