Жорий назорат саволлари вариант-6 Hududiy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va tamoyillari


Yalpi mintaqaviy mahsulot o’sish sur’atlarini prognozlash



Download 248,96 Kb.
bet10/12
Sana17.08.2021
Hajmi248,96 Kb.
#149512
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ЖОРИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ минтака иқтисодиёти (3)

5.Yalpi mintaqaviy mahsulot o’sish sur’atlarini prognozlash.
Yalpi mintaqaviy mahsulot (YaMM) ni hisoblashning ikki xil usuli mavjud: inersion(ekstropolyatsiya) va mobilizatsion.(;jadval-1 qarang).

O‘zbekiston Respublikasining hududlar bo‘yicha uzoq muddatli ishlab chiqarish(2020 yilgacha).


Ekstropolyatsiyaning inersion turi.

1-turi. Ekstropolyatsiya- usuliga asoslangant holda hududlar iqtisodiyotini real sektorida asosiy ko‘rsatkichlarni o‘sishni asosida YaMM ni o‘sishidir. YaMM ning bir qancha kamchiliklari mavjud, bularga misol qilib iqtisodiyotni real sektorida to‘lanmaslikni o‘sishi, hududlar aholisini to‘lov qobiliyatini o‘sishida real o‘zgarishlarni yo‘qligi hisoblanadi.

Bundan tashqari, YaMM ni o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi nechta faktorlar mavjud:

-Demografik holat;

-Suv resurslarini defitsiti, sugoriladigan yerlarning hosildorligini pasayishi, alohida hududlarda ekologik muammolarni mavjudligi;

-Iqtisodiyotni hom ashyoga asoslanganligi va alohida hududlarga yetarlicha ko‘p mahsulotni import qilish;

-Хududlarda bank sektori va fond bozorlarining yetarlicha rivojlanmaganligi;

Investitsion resurslarni chegaralanganligi yoki past darajasi YaMM o‘sishiga ko‘rsatadi. Makroiqtisodiyotni boshqarish tizimini hozirgi holati va institutsional va strukturaviy reformalarning sekin o‘sishi iqtisodiyotni tez o‘sishini ta‘minlay olmaydi.

YaMM bu turi chet el va mahalliy investitsiyasi ko‘p bo‘lgan hududlarda juda ko‘p imkoniyatlar yaratadi. Milliy investirlarga mahalliy bozorlarni investitsiyalarni o‘sishini jalb qilish turi yordamida rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish hududlar aholisini yashash sharoitini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotga kuchlarni jalb qilish ssenariysini bajarilishi quyidagilarni ko‘zda tutadi: -iqtisodiyotni hududiy ratsional strukturasini shakllantirishni;

-hududlarni rivojlanish jarayoniga davlatni to‘g’ridan-to‘g’ri aralashuvini chegaralanganligini:

-hududlarda texnik va texnologik asossida iqtisodiyotni modernizatsiyalashmavjud mineral hom-ashyo resurslaridan foydalanib hududlarni tabiiy iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni;

-pul-kredit siyosati va investitsiyalarini taqsimlanish sohasida hududlardagi tengsizlikni oldini olish:

-hududlardagi material va moliyaviy resurslarga yetib borishni kengayishi; -hududlarda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish va shuningdek, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalarni kengaytirish;

-mahalliy hom ashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish:


c
O‘zbekiston mintaqalardagi iqtisodiy krizis sharoitlarida ishlab chiqarish jarayonining amalga oshirilishi tobora yomonlashib borardi va quyidagilarda namayon bo‘lardi:

federatsiya sub‘etlarining nafaqat resurs balki tovar bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mintaqaviy xo‘jaliklarning ahamiyatli mexanizatsiyasi bo‘lib o‘tardi.

O‘zbekistonga kiruvchi mintaqalarining sanoat va ijtimoiy rivojlanish templarining differensiatsiyasi oshib borardi.

Bu holatlarning asosiy iqtisodiy sabablari davlat tomonidan o‘tkazilayotgan makroiqtisodiy siyosat bilan belgilangan. Ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O‘zbekistonda mahsulotga ixtisoslashgan mintaqalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

1) Yoqilg’i-energetik kompleks – I tur. 2) Metallurgiya kompleksi – II tur.


  1. Хimik-o‘rmon kompleks – III tur.

  2. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash – IV tur.

  3. Qurilish materiallari, shisha sanoatlari – V tur.

  4. Yengil sanoat – VI tur.

  5. Oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati – VII tur.

Тashqi savdo bo‘yicha davlat monopoliyasidan voz kechish

O‘zbekistonning tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan mintaqalari bilan uzoq xorij mamlakatlarining o‘zaro almashinuvining kuchayishiga ko‘maklashdi. Bunga oxirgi yillarda yoqilg’i-energetika va xom ashyo kompleksini qo‘llab-quvvatlanishini ta‘minlovchi davlat iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘naltirilganligi ham ko‘maklashdi.

Yakuniy iste‘molni qondiruvchi mashinasozlik va ishlab chiqarish (elektroenergiya va yoqilg’i iste‘molidan tashqari) deyarli davlat yordamisiz qoldi va faqat o‘z imkoniyatlariga va mintaqa imkoniyatlariga tayanishi mumkin edi. Aynan IV va V tur mintaqalarida (mashinasozlik, yengil sanoat) ishlab chiqarish keskin pasaydi. Buning sabablari: kooperatsion aloqalarning uzilishi mudofaa sanoati konversiyasining samarasiz o‘tkazilishi bo‘ldi.

Тashqi savdo faoliyatining liberallashtirilishi va O‘zbekiston eksportining xom-ashyoga yo‘naltirilganligi shuni aniqlab berdiki, umumiy pasayish miqyosida tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan hududlar eng katta yashab qolish potensialiga ega.

O‘tkazilgan tasniflarga mos holda ularga uch guruh mintaqalar kiradi. Bu mintaqalarda yonilg’i-energetika, metallurgiya va kimyo-o‘rmon komplekslari ustun turadi.

Alohida olingan mintaqalar rivojlanishining prognoz baholari, ularda iqtisodiy o‘sishning mintaqaviy multiplikatori va ulardan amaliyotda samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlab berish bilan bog’liq. Shunday qilib asosan, xom-ashyoli yoki agrar mintaqalari uchun o‘sish multiplikatori qayta ishlovchi, to‘ldiruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning hamda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishidan tashkil topadi.

Asosan VPK korxonalariga ega bo‘lgan mintaqalar o‘sishiga impulsni konversiya berishi kerak, shu jarayonda mintaqa masshtabida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlovchi xarbiy va fuqaro sanoatlari o‘rtasidan texnologik aloqalar o‘rnatiladi.

Har holda mintaqalarning rivojlanishi ma‘lum strukturaviy qayta o‘zgarishlar va iqtisodiyotdagi siljishlar bilan bog’liq.

Mintaqaviy xo‘jalik butun bir xo‘jalik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy kompleks bo‘lib, u respublika, viloyat xududida joylashgan korxona, tashkilot, uyushmalarning bo‘ysunishi va tarmoqlarning tarkibidan qat‘iy nazar shakllanishidir. Mamlakatdagi barcha korxonalarni ya‘ni senat, qishloq xujaligi ishlab chiqarishi, qurilish, transport, aloqa va madaniy-maishiy xizmat kursatadigan korxona va tashkilotlarni 3 ta katta guruxga ajratish mumkin:

Markaziy;

Munitsial;

Maxalliy;

Хududiy boshqaruv organlari shu xududda joylashgan barcha korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan uy va ijtimoiy-madaniy qurilish, maxalliy yullar qurilishi, xalq iste‘mol mollari va oziq - ovqat ishlab chiqarish ustidan nazorat olib boradi. Mintaqaviy darajada tartibga solishning ob‘ektlari quyidagilar xisoblanadi: davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, axoli va korxonalarni soliqqa tortish, maxalliy byudjetlarni shakllanishi, axolining ijtimoiy ximoyasi va boshqalar.

Oxirgi yillarda mintaqalar darajasida qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tuzish buyicha ish olib borilmoqda. Mintaqa rivojlanishining konsepsiyasini ishlab chiqarishni ikkita bosqichga ajratish mumkin: mavjud muammolar yechimiga yunaltirilgan maqsadlarni shakllantirish va ularni aniq yechimlar kurinishida aniqlashtirish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning maqsad va yunalishlarini aniqlash va shu asosda mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.

Mintaqada rivojlanishning maqsad, konkret muammolar, omillarning uziga xosligi masalani yechimini umumlashtirishga yul quymaydi, shu bilan birga barcha mintaqalarga xos bulgan qator maqsad va masalalar mavjud, bularga: ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash; rivojlangan bozor munosabatlarini shakllantirish; kompleks ijtimoiy masalalarni yechish; atrof- muhitni himoyalash va boshqalar.
3. Hududiy byudjetdan tashqari fondlar, hududiy o'z-o'zini moliya bilan ta'minlash, hududlarning moliyaviy resurslari;

O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi moliya, budjet sohasida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir.

O’zbekiston demokratik davlat qurishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yar ekan, bunda davlat budjetini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari asta - sekinlik bilan shakllanib va rivojlanib borayotgan bir paytda davlatning doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag’larga ega bo’lish zaruriyati kuchayib boradi.

Demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi mahalliy davlat boshqaruv organlari va ularning faoliyati hisoblanadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, muayyan mulk va moliya - budjet huquqiga ega bo’lishi shart. Mahalliy hokimiyat idoralari hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o’z vakolatlari doirasida davlat moliya faoliyatini amalga oshiradilar.

Hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismi - bu mahalliy budjet hisoblanadi.

“Mahalliy davlat hokimiyat idoralari to’g’risida”gi Qonunning 2 - moddasiga muvofiq viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, kredit resurslari shuningdek, Respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi”

Mahalliy budjetlar orqali xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalarini, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarini, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar moliyalashtirib boriladi. Shu bilan birga mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining deyarli 100 foizi mahalliy budjetlar tomonidan moliyalashtiriladi.

 Budjetning bosh funktsiyasi davlatning yashab turishiga moddiy sharoit yaratish, ishlab chiqarish munosabatlarini, takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun milliy daromadni qayta taqsimlashda xizmat qiladi. Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy budjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi. Iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bevosita bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosini ta’minlashda yordam beradi.

Mahalliy budjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi.

Mahalliy budjetlar daromadlarining shakllanishidagi ushbu yo’nalishni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: “Davlat budjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, budjetning ijrosidan manfaatdorligini va bu boradagi mas’uliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu narsa mahalliy budjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantiradi, joylarda budjet intizomini mustahkamlaydi”1

O’zbekistonda olib borilayotgan islohotning chuqurlashishi mahalliy hokimiyat organlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-budjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy budjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq. Ya’ni davlat iqtisodni, ijtimoiy infrastrukturani, ishchi kuchini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni joylarga berib bormoqda, mahalliy budjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv davlatning joylarda maqsadga muvofiq bo’lgan vazifalarini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasi mahalliy budjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun daromadlarga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun mahalliy budjet daromadlarini shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini tahlil qiladigan bo’lsak, avvalambor daromadlarning shakllanishiga e’tibor berish lozim. Mahalliy budjet daromadlarining manbalari tarkibiga mahalliy soliqlar va yig’imlar, umumdavlat soliqlardan ajratmalar, subventsiyalar, dotatsiyalar, ssudalar, meros olish, hadya etish bo’yicha umumdavlat mulkiga o’tgan mablag’lar, jismoniy, yuridik va chet el davlatlardan qaytarilmaydigan mablag’lar, davlat mulkini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar hamda boshqa daromadlar kiradi.




Download 248,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish