Ko`p shaklli fermentlar. Fermentlarni bir turda, bir to`qimada, hatto bir hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda uchrashi aniqlangan. Bu fermentlar ayni bitta reaktsiyani kataliz qilsalar ham bir - birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining optimumi, kataliz qiladigan reaktsiyaning sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro farqlanadi.
Ko`p shaklli fermentlarning paydo bo`lish tabiati xilma - xil bo`lib, oxirigacha o`rganilmagan. Izofermentlar kelib chiqishi fizik - kimyoviy farqlari
bo`yicha oqsil molekulasining birlamchi strukturasidagi nasliy xossaga bog`liq. Fermentning nasliy bo`lmagan modifikatsiyalariga shaklli fermentlar deyiladi.
Izofermentlar modda almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib, turli to`qimalarda kechayotgan metabolizmni ichki va tashqi omillarga moslashtirish imkoniyatini yaratadi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va to`qimalarda, hattoki organoidlarda bir xil bo`lmaganligi sababli biokimyoviy reaktsiyalar yo`nalishini o`zgartirish xususiyatiga ega.
Oligomer tuzilishga ega bo`lgan izofermentlar kompleksning faolligi ular strukturasidagi ayrim subbirliklarni bir - biriga nisbatan joylashishiga bog`liq. Keyingi yillarda ko`pchilik fermentlarni izofermentlari borligi aniqlangan: misol sifatida odam va hayvon hujayralaridagi gliserataldegidfosfatdegidrogenaza, piruvatdegidrogenaza, geksokinaza fermentlarini keltirsa bo`ladi.
Bu guruhga mansub fermentlardan birinchilar qatorida laktatni oksidlanish- qaytarilish reaktsiyasini kataliz qiluvchi laktatdegidrogenaza yaxshi o`rganilgan:
Laktat + HAD+ Piruvat + HADH + H+
Laktatdegidrogenaza organizm turli organlarida besh xil izoenzim ko`rinishda uchrab, to`rtta polipeptid zanjirdan iborat. Izofermentlarning bir- biridan polipeptid zanjirlaridan aminokislota tarkibi va birlamchi strukturasi bo`yicha farqlanadi. Ular M zanjir (ing. «muscle» - muskul so`zidan) va H - zanjir (ing. «heart» - yurak so`zidan olingan) tuzilgan. Binobarin, faol ferment 4 ta subbirliklarning 5 xil kombinatsiyalaridan iborat: H4, H3M, H2M2, HM3, M4 LDG lar sanog`i bo`yicha quyidagi izofermentlar - LDG1, LDG2, LDG3, LDG4, LDG5, ga to`g`ri keladi. Skelet muskullaridagi LDGning izoshakli asosan 4 M - zanjirlaridan, yurak muskul to`qimasidagisi esa asosan H - zanjirlardan tashkil topgan. Ba`zi kasalliklarda LDGning izoferment tarkibini o`zgarishi undan tashxis maqsadlarida foydalanishga asos bo`lgan. Qon zardobida izoferment shakli miqdorini o`zgarishiga qarab qaysi a`zo kasallanganligi, patologik jarayon qaysi ahvolda ekanligi to`g`risida fikr yuritsa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |