Uchlamchi strukturaning asosiy xususiyatlari. Polipeptid zanjirini uchlamchi strukturasini konformatsiyasini unga kiradigan aminokislotalarning yon radikallarini xususiyatlari (ularning birlamchi va ikkilamchi struktura uchun ahamiyati yo`q) va muhit belgilab beradi. Oqsil polipeptid zanjirini taxlanishi davomida kamroq energiya sarflashga harakat qilinadi. Shuning uchun qutbsiz R- guruhlar suvdan ―qochib‖, polipeptid zanjirning gidrofob qoldiqlari qismi joylashgan joyni, ya’ni oqsillarning uchlamchi strukturasining ichki qismini hosil qiladi. Globulyar oqsilning ichki markazida suv molekulalari deyarli bo`lmaydi. Aminokislotalarning qutbli (gidrofil) R-guruhlari gidrofob yadroning tashqi tomonida joylashib, suv molekulalari bilan o`ralgan holatda bo`ladi.
1.11-rasm. Laktatdegidrogenaza I da polipeptid zanjirning domenda taxlanishi.
Oqsilning to`rtlamchi strukturasi. Ko`pchilik oqsillar to`rtlamchi strukturaga ham egadirlar. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoviy joylashuvi oqsil molekulasining to`rtlamchi strukturasini tashkil etadi. Bu kabi oliy tuzilish daraja ayrim polipeptid zanjirlarining fazoviy konformatsiyasi
(shakli)ni tasvirlaydi. Molekula massasi 30-50 mingdan ortiq oqsillar aksari bir nechta bir xil (yoki har xil) zanjirlardan tuzilgan. Ushbu zanjir protomer deb atalib, butun molekulaning bir qismi (subbirligi) ni tashkil qilsa ham to`la biologik faoliyatga ega bo`lmaydi. Mana shunday subbirliklar to`planib, to`la
funksional faol oqsil birligi (oligomer)ni yaratadilar. Nokovalent bog`lar orqali barqaror saqlanadigan bunday tuzilma – oligomer oqsilning to`rtlamchi strukturasini tashkil qiladi. Gemoglobin tuzilishi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Qonda kislorodni tashuvchi mazkur murakkab oqsil to`rt subbirlikdan iborat
bo`lib, ular alfa va beta-polipeptid zanjirlari (globin)dan va oqsil bo`lmagan temir tutuvchi gemdan tashkil topgan. Biologik faol gemoglobin molekulasi ikkita alfa- va ikkita beta-subbirlikdan tuzilgan. Gemoglobin molekulasi ma’lum sharoitlarda, tuzlar, siydikchil ishtirokida yoki pH keskin o`zgarganda orasidagi vodorod bog`lari uzilib, alfa va beta-subbirliklarga dissotsiyalanadi. Muhitdan tuzlar va siydikchil chetlatilgach, qaytadan to`la molekula yig`ilishi mumkin.
To`rtlamchi strukturaga ega bo`lgan oqsillar qatorida piruvatdegidrogenaza fermenti kompleksi 72 subbirlikdan, RNK-polimeraza 5 subbirlikdan, laktatdegidrogenaza 4 subbirlikdan iborat.
Ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi strukturalar birlashib, oqsillar fazoviy strukturasi makrostrukturani yoki oqsillarning konformatsiyasi, tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |