Fosfatidilxolinlar. Fosfatidilxolin (letsitin) triglitserinlardagi uchta glitserin- ning bittasini gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan, fosfat kislota o`z navbatida azot asosi –xolin [HO–CH2–CH2–N+(CH3)3] bilan efir bog` orqali bog`lanadi.
Fosfatidilxolin qon lipoprotеidlari tarkibiga ham kiradi. Xolin vitaminsimon modda sifatida moddalar almashinuvida nerv–mushak sinapslarida qo`zg`alishning o`tishini ta`minlovchi mediator – atsetilxolin sintezida manba xizmatini bajaradi. Xolin fosfolipidlar sintezi uchun ham zarur, jigarda esa yog` infiltratsiyasi (to`planishi) ga to`sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |