Oqsillarning tarkibidagi elementlar. Birinchi belgisi oqsildagi elementlar tarkibiga bog`liq (oqsil quruq massasiga nisbatan % larda):
uglerod………..51-55 vodorod 6-7
kislorod……….21-23 oltingugurt………………0,3-2,5
azot……………15-18 anorganik moddalar…….0-0,5
Ko`pchilik o`simlik, hayvon va mikroblar oqsili tarkibida azot miqdori boshqa elementlardan farqli o`laroq doimiy – taxminan 16 %; ushbu raqam bo`yicha oqsilning miqdorini hisoblash mumkin: tahlil natijasida topilgan azot miqdorini 6,25 koeffitsiyenti (100:16=6,25) ga ko`paytiriladi. Lekin ba’zi oqsillar uchun bu ko`rsatkich mos kelmaydi. Masalan, protamin tarkibida azot miqdori 30% ga yetadi, shunga ko`ra oqsilni elementar tarkibi bo`yicha azot tutuvchi boshqa moddalardan aniq ajratish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |