Uch karbon (trikarbon) kislotalar sikli birinchi bo`lib angliyalik bioximik
G.Krebs* tomonidan ochilgan.
Nafas olish zanjirida vodorod generatori vazifasini bajaruvchi asosiy fermentativ sistema Krebs sikli hisoblanadi.
Krebs o`zining tajribalari va Sent-D`yerdining ma`lumotlari asosida hujayrada oksidlovchi siklik reaktsiyalar sistemasi borligini taxmin qildi va uning birinchi mahsuloti limon kislota (sitrat) bo`lganligi uchun limon kislotali sikl deb atadi. Ushbu sikl uchkarbon kislotalar sikli deb ham ataladi. Keyinchalik sikl sirka kislota qoldig`i (atsetil-KoA) oksidlanadigan asosiy fermentativ sistema va uning birinchi reaktsiyasi limon kislotasining sintezi ekanligi aniqlandi. Ammo, jarayon reaktsiyalari ketma-ketligini birinchi bo`lib aniqlab bergan olim sharafiga Krebs sikli deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |