Jo`rayeva A


Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi



Download 26,61 Mb.
bet4/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. Biologik kimyoning kimyo fanlari bilan umumiy o`xshashlik tomonlari bor. Bu ayniqsa, ularning tabiiy moddalarni o`rganishda qo`llaniladigan usullari uchun taalluqlidir. Ammo biologik kimyo va kimyo fanlari oldidagi vazifalari turlichadir. Organik va fizik kimyo fanlarini ko`proq kimyoviy birikmalarning tuzilishi va xossalari, masalan ularning elektron strukturalari, bog`lanish tabiati va hosil bo`lish mexanizmi, izomeriyasi, konformasiyasi va boshqalar qiziqtiradi. Biologik kimyo uchun esa barcha kimyoviy moddalarning biologik (funksional) vazifalari va tirik organizmdagi fizik-kimyoviy jarayonlarni kechishi, shuningdek turli kasalliklarda bu vazifalarning buzilish mexanizmlarini tushunish asosiy vazifa hisoblanadi.
Biologik kimyo bir qancha aralash fanlar asosida tashkil topgan bo`lib, tirik tabiatni o`rganishda ular bilan uzviy aloqalarni saqlab qolgan. Shu bilan birga u moddalarni tuzilishi va ular vazifalari o`rtasidagi bog`liqlikni, kimyoviy birikmalarning tirik organizmda almashinuvini, tirik sistemalarda energiyaning hosil bo`lish yo`llarini tadqiq qilishda o`ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanadi. Biologik kimyo tirik organizm to`qima, hujayralaridagi fizik-kimyoviy jarayonlarning boshqarilish yo`llarini, genetik axborotning ko`chirilishini molekulyar mexanizmlarini o`rganishni o`zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi.
Biokimyoviy tadqiqotlarning asosiy usullari. Biokimyoning ish ob’yekti tirik organizm bo`lganligi sababli undan biror moddani ajratib olishda murakkab usullardan foydalaniladi. Odatdagi fizik-kimyoviy tahlillar uchun bir qator qo`shimcha jarayonlarni bajarish lozim bo`ladi. Biologik materialdan moddalarni ajratib olish jarayoni tartibi taxminan quyidagicha:
1. Gomogenlash.
2. Ultrasentrifugalash.
3. Ekstraksiya.
4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya).
Ajratib olish va tahlil qilish usuli biologik moddalarni xususiyatlariga bog`liq. Ajratib olingan biologik materiallarni tekshirishda, qo`yilgan maqsadga binoan moddalarni tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini o`rganiladi. Ularni miqdoriy aniqlashda turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullaridan, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron qobig`ini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Qo`llaniladigan usullar biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak.
Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun biologik materialni osonlik bilan olish mumkin. Klinikada bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari ishlatiladi.
Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o`zgartiruvchi moddalar qo`shilmaydi, bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to`sqinlik qilayotgan bo`lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to`xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uchhlorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli, sulfat kislotalari yoki termik ta`sir qo`llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho`kmaga tushadi.
Gomogenlash. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to`qima, organ tarkibiy qismlarida joylashgan organoidlar yoki ularning bo`lakchalarida, masalan, membranalarida o`tkaziladigan bo`lsa, unda hujayra yoki to`qimani avval maydalash kerak bo`ladi. Buning uchun ko`pincha to`qimani gomogenizator yordamida mexanik parchalash usuli qo`llaniladi. Gomogenizator ko`rinishi bo`yicha shisha stakanga o`xshash bo`lib, hajmlari har xil. Ushbu stakanga qaychi bilan maydalangan to`qima bo`lagi va olinayotgan hujayralar bo`lakchasini intaktligini saqlovchi muhit suyuqligi (odatda saharoza, kaliy xlorid) solinadi. Elektr toki yordamida stakandagi gomogenizator dastasining aylanishi natijasida hujayra membranasi parchalanadi, struktura bo`lakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda gomogenat to`qimani farforli hovonchada shisha kukuni yoki kvarts qumi bilan maydalab olinadi.
Gomogenatlar tarkibi bo`yicha to`qima, hujayra bo`laklarining o`lchovi, shakli, kimyoviy tuzilishi jihatidan har hil bo`lgan murakkab aralashmasidan iborat. Biokimyoviy tadqiqotlar o`tkazish uchun ularni molekula og`irligi bo`yicha taqsimlash va ajratib olishda bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Sentrifugalash - markazdan qochuvchi kuch ta`sirida suyuqlik tarkibidagi og`ir qismlarni engil qismlaridan ajratish usuli. Aralashmadagi og`irligi katta bo`lgan bo`lakchalar birinchi navbatda cho`kadilar. Ular ajratib olingach, cho`kma usti suyuqligini (supernatant) qayta katta tezlikda sentrifugalab, boshqa qimslarini ham ajratish mumkin. Aralashmadagi komponentlarni aniqlash maqsadida o`tkaziladigan sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning shaklli elementlarini ajratishda, siydikdagi hujayralarni cho`ktirib, ajratib olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Klinik-biokimyoviy laboratoriyalarda qo`llaniladigan kichik hajmdagi sentrifugalarning maksimal aylanish tezligi daqiqasiga 6000 dan oshmaydi. Maxsus biokimyoviy tadqiqotlarda oqsillar va nuklein kislotalarining molekula og`irligini aniqlashda va zichligi bo`yicha farqlanuvchi zarrachalarni bir-biridan ajratishda yuqori tezlikdagi (aylanish tezligi daqiqasiga 70000 gacha) ultrasentrifugalar qo`llanganligi uchun analitik sentrifugalash deb ataladi.
Zarrachalarni cho`kish tezligi markazdan qochish kuchini ortishi bilan o`lchanadi va u g (gravitatsiya doimiyligi 980 sm∙s-2) birligida ifodalanadi. Amaliyotda g har bir ultrasentrifugani nomogrammasida ko`rsatilgan qo`llanma bo`yicha tuziladi. Masalan, qon shaklli e`lementlari 300-400 g da 20-30 daqiqa sentrifugalanganda cho`kadi va h.k. Differentsial sentrifugalash yordamida subhujayra qismlari - yadro, mitoxondriya, lizosomalar, mikrosomalar va boshqalar ajratiladi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish