Jo`rayeva A


Mediatorlarni hosil bo`lishi va parchalanishi



Download 26,61 Mb.
bet197/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Mediatorlarni hosil bo`lishi va parchalanishi – mediatorlar nerv to`qimalari va boshqa hujayralarda hosil bo`ladi. Nerv oxirlarida hosil bo`lgan neyromediatorlar nerv hujayralariga yoki periferik organ va to`qimalarga nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi. To`qima mediatorlari modda almashinuvini to`qimalararo boshqarilishida qatnashadi. Mediatorlarni hosil bo`lishida aminokislotalarni spetsifik dekarboksilaza fermenti ishtirokida dekarboksillanish reaktsiyasi bajarilib, koferment sifatida piridoksalfosfatdan (PALF) foydalaniladi.


R – CH – COOH dekarboksilaza R – CH2 – NH2 + CO2
│ (PALF) biogen amin
NH2
aminokislota


Dekarboksillanish mahsuloti – biogen aminlar yuqori faollikka ega. Ko`pchilik mediatorlar mana shu yuqori biologik faol moddalarga mansub birikmalardir.
Biogen aminlarni aminooksidazalar yordamida oksidlanishli dezaminlanishi ularni zararsizlantirish yo`llaridan biri.
O
//
R – CH2 – NH2 + O2 + H2O aminooksidaza R – C – H + NH3 + H2O2


Aminooksidazani 2 turi mavjud. Monoaminooksidaza–MAO va diaminooksidaza–DAO. MAO ning kofermenti – FAD hujayra mitoxondriyalari bilan bog`langan. DAO ning kofermenti – PALF piridoksalfosfat (reaktsiya uchun Cu+2 kerak) sitoplazmaga joylashgan. Mazkur fermentlar qonda juda oz miqdorda bo`ladi. MAO – I,II,III lamchi aminlarni faolsizlantiradi. DAO esa asosan gistamin, putressin, kadaverin kamdan kam alifatik aminlarni inaktivlaydi. Biogen aminlarning dezaminlangan mahsulotlari – aldegidlar aldegiddegidrogenazalar yordamida organik kislotalargacha oksidlanadi.
O
//
R – C – H + NAD·H+H+ + H2O → R – COOH + NAD+
Gistaminning hosil bo`lishi. Gistamin deyarli barcha to`qima va organlar tarkibida bor. Orqa miya va bosh niya osti qurilmalarida o`pka va teri to`qimalariga nisbatan ko`proq. Gistamin biriktiruvchi to`qimalarning semiz hujayralarida oqsil-geparin kompleksi ko`rinishida katta miqdorda hosil bo`ladi va semiz to`qimalarda to`plangan gistamin uni ozod qiluvchi deb nomlangan–(liberatorlar) moddalar ta`sirida ajralib chiqadi.
Gistamin gistidindekarboksilaza ta`sirida gistidindan sintezlanadi.
N – C – CH2 – CH – COOH N – C – CH2 – CH2
║ ║ ׀ ║ ║ ‌׀
C H CH NH2 CH CH NH2
\ / – CO2 \ /
NH NH
Gistidin Gistamin

Katta miqdorda oshqozon shilliq qavatida sintezlangan gistamin pepsin va xlorid kislota sekretsiyasiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi. Oz miqdorda qon plazmasi va boshqa biologik suyuqliklarda ham uchraydi.


Gistaminni quyidagi ta`sir qilish spektri mavjud: arteriola kapillyarlarni kengaytirib, qon bosimini tushiradi; kapillyarlar o`tkazuvchanligini oshiradi; oshqozon shirasi va so`lakni ajralishini kuchaytiradi bosh miya kapillyarlarini toraytiradi, bosh miya ichki bosimi ko`tarilishiga va bosh og`rig`i paydo bo`lishiga olib keladi; o`pka silliq mushaklarini qisqartirib nafas qisishi va bo`g`ilishga sabab bo`ladi;
Gistamin allergik reaktsiyalar mediatori, patologik jarayonlarda katta miqdorda ajratiladi. Bunday holatlarda antigistamin dori-darmonlar qo`llaniladi. Ba`zi antigen moddalar –oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar qabul qilinganda organizmda o`ta sezuvchanlik – sensibilizatsiya kuzatiladi. Ushbu antigenni organizmga bir necha daqiqa oralig`ida tushishi kuzatilsa, gistamin “shoki” deb ataluvchi hayot uchun o`ta xavfli jarayon ya`ni anafilaktik va allergik reaktsiyalar boshlanishi mumkin. Reaktsiyalar asosida semiz hujayralardan ajralib chiqayotgan gistamin yotishi aniqlangan. Shu kabi reaktsiyalarni oldini olish, davolashda asosan – sanorin, pifolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va boshqa antigistamin preparatlaridan foydalaniladi.




Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish