Jo`rayeva A


Krеbs siklining biоkimyoviy funktsiyalari



Download 26,61 Mb.
bet115/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Krеbs siklining biоkimyoviy funktsiyalari



  1. Integrativ – Krebs sikli uglevodlar, lipidlar va oqsillar katabolizmi yo`llarini birlashtiruvchi o`ziga xos metabolik “kollektor” hisoblanadi.

  2. Amfibolik – Krebs sikli 2 tomonlama vazifani bajaradi: katabolik, ya`ni atsetil qoldiqlarini parchalanishi va anabolik, Krebs sikli substratlari boshqa moddalar sintezi uchun foydalaniladi. Masalan, oksaloatsetat asparagin kislota va glyukoza sintezida, 2-oksoglutarat glutamin kislota sintezida, suktsinat gem sintezida foydalaniladi.

  3. Energetik – Krebs sikli reaktsiyalarida 1 molekula atsetil-KoA ga 1 molekula ATF hosil bo`lishi to`g`ri keladi.

  4. Vodoroddonor vazifasi – Krebs sikli nafas olish zanjiri uchun asosiy vodorod generatori hisoblanadi. Krebs siklida 4 juft vodorod atomlari hosil bo`lib, ulardan 3 jufti NAD bilan va bir jufti FAD bilan bog`langan.

Krebs siklining oxirgi vazifasiga alohida to`xtalib o`tish zarur. Avvalo, eslatish lozimki, Krebs siklini sirka kislota qoldig`i, ya`ni atsetil-KoA yoki siklning boshqa oraliq mahsulotlari, ya`ni di- va trikarbon kislotalar bilan “oziqlantiruvchi” hamma jarayonlari Krebs siklining ishini va uning nafas olish zanjiri uchun vodorod generatori vazifasini ta`minlaydi. Bunday jarayonlarga yog` kislotalari va piruvatning oksidlanishi (atsetil-KoA manbalari), aminokislotalarning uglerod skeletini parchalanishi (atsetil-KoA va dikarbon kislotalar manbai) reaktsiyalari kiradi. Atsetil-KoA yoki Krebs sikli metabolitlarining boshqa moddalardan hosil bo`lishini tormozlovchi jarayonlar Krebs siklini ishdan chiqaradi. Buning natijasida nafas olish zanjiri energiya hosil bo`lishida foydalaniladigan vodorod kirishining asosiy manbaidan mahrum bo`ladi.
Krebs sikli biokimyoviy vazifalarining ko`rsatishicha, uning bevosita komponentlari bo`lgan sirka kislotasi yoki istalgan moddasi yaxshi energiya manbai bo`la oladi va ularni ovqat bilan qimmatli energetik modda sifatida iste`mol qilish mumkin. Bu moddalar hujayra ichiga kirib, mitoxondriya ichida joylashgan Krebs siklining fermentlar sistemasiga yetib borishi kerak. Atsetat hujayrada faollanishi va atsetil-KoAga aylanishi mumkin, demak, bu taxmin sirka kislotasi uchun to`g`ri. Bunday taxmin siklning mitoxondriya membranasi orqali kira oladigan izositrat, 2-oksoglutarat, suktsinat, malat uchun ham tegishli. Ulardan energetik jihatdan qimmatli preparatlar sifatida tibbiyot maqsadlarida foydalanish o`rganilmoqda. Shu sababdan gipoksiya (to`qimalarda kislorod yetishmasligi)da glikoliz muhim energetik vazifani bajaradi. U hamma hujayra va to`qimalarda amalga oshadi. Mitoxondriyalari bo`lmagan eritrotsitlarda glikoliz ATF hosil qiladigan va uning yaxlitligini hamda funktsiyasini ushlab turadigan yagona jarayondir.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish