Jo`rayeva A


Krеbs sikli va uning biоlоgik ahamiyati



Download 26,61 Mb.
bet114/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

6.7. Krеbs sikli va uning biоlоgik ahamiyati

Uch karbon (trikarbon) kislotalar sikli birinchi bo`lib angliyalik bioximik G.Krebs* tomonidan ochilgan.


Nafas olish zanjirida vodorod generatori vazifasini bajaruvchi asosiy fermentativ sistema Krebs sikli hisoblanadi.
Krebs o`zining tajribalari va Sent-D`yerdining ma`lumotlari asosida hujayrada oksidlovchi siklik reaktsiyalar sistemasi borligini taxmin qildi va uning birinchi mahsuloti limon kislota (sitrat) bo`lganligi uchun limon kislotali sikl deb atadi. Ushbu sikl uchkarbon kislotalar sikli deb ham ataladi. Keyinchalik sikl sirka kislota qoldig`i (atsetil-KoA) oksidlanadigan asosiy fermentativ sistema va uning birinchi reaktsiyasi limon kislotasining sintezi ekanligi aniqlandi. Ammo, jarayon reaktsiyalari ketma-ketligini birinchi bo`lib aniqlab bergan olim sharafiga Krebs sikli deb atashadi.
Krеbs sikli dеb ataluvchi di – va uchkarbоn kislоtalar sikli – enеrgiya оzоd bo`lishining uchinchi bоsqichi, eng ko`p enеrgiya – taxminan 2/3 bilan ta`minlaydi. U ma`lum rеaktsiyalar sistеmasidan ibоrat bo`lib, ketma – ket fermentativ kataliz jarayoni bоrishida atsеtil – KоA dan karbоnat kislоta va vоdоrоd hоsil qilib to`la оksidlanadi. Krеbs siklini rеaktsiyalarini katalizlоvchi fеrmеntlar asоsan mitоxоndriyada jоylashgan. Sikl yopiq halqa shaklida bo`lib, butun jarayonning bоshlang`ich va оxirgi mahsulоti оksalоatsеtat kislоtasidir. Krеbs siklining barcha mоddalari reaktsiya jarayonini (limitlaydi) chеgaralaydi. Siklning faоlligi uning rеaktsiyalarda ishtirоk etuvchi kislоtaning minimal miqdоriga bоg`liq. Agarda kislоtalardan biri siklda оz miqdоrda ishtirоk etsa, qоlgan barcha kislоtalar, xuddi shunday miqdоrda istе`mоl qilinadi. Piruvatni оksidlanishidan hоsil bo`lgan atsеtil-KоA krеbs sikliga kiradi. Krеbs siklidagi rеaktsiyalarniborishi ularni qa`tiy kеtma – kеtligi bilan xaraktеrlanadi.
Piruvat, yog` kislotalari va aminokislotalarning oksidlanishidan hosil bo`lgan atsetil-KoA Krebs sikliga kiradi.
1 . Birinchi bosqichda limon kislotasi yoki sitrat sitratsintaza fermenti ishtirokida sintezlanadi.
Atsetil-KoA ning metil guruhidagi uglerod oksaloatsetat uglerodi atomi bilan o`zaro ta`sirlashganda. Oraliq mahsulot sifatida hosil bo`lgan sitril-KoA erkin sitratga gidrolizlanadi. Tioefir bog`i energiyasiga boy bo`lgan gidroliz reaktsiyasi tenglamani sitrat tomonga siljitadi va reaktsiya fiziologik sharoitda qaytmaydi. Sitril-KoA gidrolizida energiyaning yo`qotilishi atsetil fragmentining Krebs sikliga kirishi va sitrat hosil qilishini ta`minlaydi.
2 . Krebs siklining ikkinchi fermenti – akonitatgidrataza uchta trikarbon kislotalar – sitrat, sis-akonitat va izositratning qaytar reaktsiyalarini katalizlaydi.

Akonitatgidrataza sis-akonitatdagi qo`shbog`ga suvning protoni yoki gidroksilini birikishini katalizlaydi. Reaktsiyaning qaysi tomonga siljishi izositrat yoki sitratning sarf bo`lishiga bog`liq.


3. Sitratni parchalaydigan fermentlar mitoxondriya ichida yo`q, izositratning o`zgarishi esa 3-ferment izositratdegidrogenaza yordamida katalizlanadi. Hamma degidrogenazalar singari bu ferment ham substratdan ajralib chiqqan vodorod aktseptori – kofermentiga ega.
K rebs siklidagi haqiqiy izositratdegidrogenaza – NAD ga bog`liq ferment bo`lib, faqat mitoxondriya matriksida bo`ladi va izositratning degidrogenlanishini quyidagi tenglama bo`yicha kechadi.
Reaktsiyada 2-oksoglutarat bilan bir vaqtda oraliq mahsulot oksalosuktsinat ham hosil bo`ladi va ferment yuzasida uning dekarboksillanishi amalga oshadi.
Izositratdegidrogenaza katalizlaydigan reaktsiya Mn2+ yoki Mg2+ ionlari ishtirok etishini talab qiladi va qaytmas reaktsiya hisoblanadi.
4. 2-oksoglutarat PDK (piruvatdegidrogenaza kompleksi) ta`siriga
o`xshash 2-oksoglutaratdegidrogenaza polifermentli kompleksi tomonidan o`zgarishga uchraydi. Ularning ta`sir etish mexanizmidagi o`xshashlik tasodif emas, chunki ikkala ferment kompleksi ham α-ketokislotalarning oksidlanishini katalizlaydi.
5. Reaktsiya mahsuloti suktsinil-KoA energiyaga boy birikimalar qatoriga mansubligi sababli siklning keyingi bosqichida energiyaga boy bog`lari makroergik fosfat bo`glariga o`tadi, va reaktsiya substratli fosforlanish deb aytiladi. Shu jarayon mavjudligi tufayli ATF ning makroergik bog`larida energiya saqlanadi. Reaktsiya suktsinat-tiokinaza (“E”) bilan katalizlanadi:
a) Suktsinil-KoA + H3PO4 + E ↔ E-suktsinil ~PO3H2
b) E-suktsinil ~PO3H2 ↔ E ~PO3H2 + Suktsinat
v) E ~PO3H2 + GDF ↔ E + GTF
Bu reaktsiyada fosforil aktseptori sifatida GDF qatnashadi. Energiya oldin GTF ning fosfat bog`larida to`planadi, so`ngra mitoxondriyaning ichki membranasiga bog`langan nukleoziddifosfatkinaza fermenti yordamida fosforil GTF dan ADF ga o`tadi va ATF hosil qiladi: GTF + ADF ↔ GDF + ATF
6. Suktsinat suktsinatdegidrogenaza ishtirokida o`zgarishga uchraydi. Bunda suktsinatdan ajratilgan elektron va protonlarning aktseptori vazifasini FAD va tarkibida gem guruhi bo`lmagan (FeS) temiroltingugurt proteid bajaradi. FeS proteidi suktsinatdegidrogenaza subbirliklari bilan bog`langan va Krebs siklining mitoxondriya ichki membranasidagi yagona fermenti hisoblanadi. Suktsinatning degidrogenlanishidan hosil bo`lgan elektronlar FeS proteidining geminsiz temiri orqali reaktsiya elektron va protonlarining oxirgi aktseptori bo`lgan FAD ga o`tadi:

7 . Keyingi bosqichda proton va suvning gidroksil guruhini fumaratga stereospetsifik birikishi fumaratgidrataza fermenti ishtirokida amalga oshib, malat hosil qiladi.
Binobarin Krebs siklining mazkur fermenti stereokimyoviy substratli o`ziga xoslikka (spetsifiklikga) ega.
8. Krebs siklining yakunlovchi bosqichi oksaloatsetatning regeneratsiyasi hisoblanadi. Bu jarayon malatdegidrogenaza ishtirokida malatning oksidlanish yo`li bilan amalga oshadi.
K
rebs siklining malatdegidrogenaza fermenti NAD ga bog`liq ferment va bir nechta izofermentlarga ega.Shunigndek, NADF ga bog`liq malatdegidrogenaza ham mavjud bo`lib, u ko`proq mitoxondriyadan tashqarida, sitozolda joylashgan. Bu ferment degidrirlanish bilan bir vaqtda substratning dekarboksillanishini ham katalizlaydi:

Yuqorida keltirilgan ikki fermentni o`z-aro taqqoslash natijasida NADF ga bog`liq fermentni Krebs sikliga tegishli emasligini ko`rish mumkin, chunki bu ferment ta`sirida siklning tugallovchi oxiri mahsuloti bo`lgan oksaloatsetatni regeneratsiyasi amalga oshmaydi. NADF ga bog`liq malatdegidrogenaza NADF∙H2 ning sintetik jarayonlar uchun generator, yoki boshqa reaktsiyalarida sarflanadigan malatni o`rnini to`ldirish uchun kerak bo`ladi.


Shunday qilib, Krebs sikli umuman yopiq fermentativ ko`rinishda ifodalansa ham uning bir xususiyatiga e`tibor berish kerak: fermentativ reaktsiyalar suktsinatdan oksaloatsetatgacha qaytar. Shu sababdan mitoxondriyalarda bu jarayon teskari yo`nalishda ishlashi mumkin, ya`ni oksaloatsetat suktsinatgacha Krebs sikli metabolitlariga aylanishi mumkin. Bunday imkoniyat yordamchi reaktsiyalar ishtirokida boshqa substratlardan oksaloatsetat hosil bo`lganda yuzaga chiqadi.
Moddalar parchalanishi natijasida katta miqdorda atsetil-KoA hosil bo`ladigan (masalan, yog` kislotalari, piruvat, ayrim aminokislotalar jadal oksidlanganda) vaziyatlarda qo`shimcha oksaloatsetat molekulalari hosil bo`lishi mumkin. Agar oksaloatsetat va atsetil-KoA miqdorlari sitrat sintezi uchun yetarli bo`lmasa, atsetil qoldiqlarini Krebs sikli ishlatib ulgurmaydi va ular boshqa fermentativ jarayonlarda foydalaniladi.
Krebs siklida atsetil-KoA o`zgarishining umumiy tenglamasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Krebs sikli fermentlari
C H3 – CO ~ SKoA + 2H2O + H3PO4 + ADF


2CO2 + 3NAD∙H2 + FAD∙H2 + ATF + KoA-SH

Krebs siklidagi moddalarning aylanishi shunchalik maqsadga muvofiq tashkil topganki, bunda siklning fermentlari jarayon davomida vodorod ishlab chiqarish uchun mo`l bo`lgan suv molekulalaridan foydalanadi. Suv molekulalari vodorod manbai vazifasini bajarar ekan, aytish mumkinki, suv hayvon hujayrasida energetik vazifani ham bajaradi.


Оksalоatsеtat mavjud bo`lganda mitоxоndriya bir mоlеkula faоl sitratni ya`ni limоn kislatasini ikki mоlеkula CО2 ga ATF va 4 mоlеkula H2О – gacha parchalaydi, bunda 3 mоlеkula NAD H2, 1 mоlеkula FAD H2 hоsil bo`lib, nafas оlish zanjiriga o`tadi. Krebs siklida hоsil bo`lgan maxsulоtlardan nafas оlish zanjirida hammasi bo`lib 11 mоlеkula ATF hоsil bo`ladi, jami bo`lib Krebs siklida 11 + 1 (substrat fоsfоrlanishi) +12 molekula ATF hоsil bo`ladi.


* Ushbu ulug` kashfiyoti uchun G.Krebs 1953 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.(F.Lipman hamkorligida).Uch karbon kislotalar sikli uning nomi bilan–Krebs sikli deb ataladi (Krebsning limon kislotalar sikli).



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish