Jo`rayeva A


Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari



Download 26,61 Mb.
bet23/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

1.4. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari


Oqsillarning amfoterlik va buferlik xossalari. Oqsil molekulasida juda ko`p sonli musbat va manfiy zaryadli guruhlar mavjud. Oqsil zaryadini hosil bo`lishida polipeptid zanjiri oxirlaridagi erkin amino va karboksil guruhlaridan tashqari peptid bog`ini tashkil qilishda ishtirok etmagan asosli guruhlar, dikarbon kislotalarining karboksil guruhlari va sulfgidril turkumlari ham ishtirok etadi. Oqsillar strukturasida ham manfiy, ham musbat zaryadli guruhlarning mavjudligi ularning aminokislotalarga o`xshash amfoterlik xususiyatiga ega ekanligini bildiradi. Agar oqsil qurilishida kislotali aminokislotalar miqdori ko`p bo`lsa unda uning kislotalik xossasi ishqoriy aminokislotalarning miqdori ko`p bo`lganda asoslik xossalari ko`proq namoyon bo`ladi.
Suvli eritmada oqsillarning ishqor va kislota guruhlari orasida protonlarning ko`chishi tufayli tarkibida ko`p –NH3 (+) va COO(-) guruhlarini tutuvchi amfion (NH3)*R*(COO-)m hosil bo`ladi. Agar manfiy va musbat zaryadlarining soni barobar bo`lsa, oqsil molekulasining zaryadi amaliy jihatdan nolga teng bo`lib, elektr maydonida harakatlanmaydi, ammo pH ishqoriy bo`lganda protein ortiqcha COO- guruhlarga ega bo`ladi va elektroforezda manfiy ion sifatida anodga qarab harakat qiladi:


NH3+ NH2
R + NaOH- -------- R + Na+ + H2O
COO- COO-

Aksincha, pH kislotali bo`lganda oqsil ortiqcha NH3+ guruhlarga ega bo`ladi va musbat ion sifatida katodga qarab harakat qiladi:




NH3+ NH3+
R + H+ Cl- -------- R + Cl-
COO- COOH
Oqsilning musbat va manfiy zaryadlari yig`indisi nolga teng bo`lib, elektr maydonida na katod va na anod tomonga siljimaydigan pH kattaligi oqsillarning izoelektrik nuqtasi deb aytiladi. Turli oqsillarning izoelektrik nuqtasi pH ning har xil o`lchamiga to`g`ri keladi, chunki oqsil molekulalarida ishqor va kislota tabiatiga ega bo`lgan guruhlar miqdori teng emas, pH ning turli kattaliklarida ularning dissotsiatsiya darajasi baravarlashib, molekula umuman elektroneytral holatga keladi.



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish